2- mavzu: Biografiya (tarjimai hol) metodi. Rahbarning ish sharoitini bayon etish metodi. Hujjatlarni o‘rganish metod


Download 22.5 Kb.
Sana10.10.2020
Hajmi22.5 Kb.
#133211
Bog'liq
boshqaruv psixologiya 2


2- MAVZU:
1.Biografiya (tarjimai hol) metodi.

2.Rahbarning ish sharoitini bayon etish metodi.

3.Hujjatlarni o‘rganish metod.

4.Kuzatish metodi.

5.Kontent analiz metodi.

6.Anketa metodi.

1. O‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbexlar ham o‘rganilayotgan shaxsni to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.

2. Rahbarning ish sharoitini bayon etish metodining faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi ham deb yuritiladi. Bu metod psixologiyada inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo‘llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, tayyorlangan narsalar, tikkan qo’g’irchoqlar, to‘qib, so‘zlab berilgan hikoyalar, texnik konstruksiyalar chizmasini tushunish kabilarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli, texnik ijodi yuzasidan materiallar to‘plash mumkin. Mazkur metodida ijod mahsulini yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Tekshiriluvchi bilan tekshiruvchi o‘rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to‘g‘risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (rahbar, o‘qituvchi, murabbiy, psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat mahsulining shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, xususiyati bilan keskin tafovut qilishi nazarda to`tiladi.

3.Hujjatlarni o‘rganish metod - mehnat jarayoni ishchilar tarkibi, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasi to‘g‘risidagi ob’ektiv ma’lumotlarni yig‘ish metodi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar quyidagi hujjatlardan olinadi:

"Ishchilar harakatlarini tasvirlovchi texnologik kartalar, ishning bajarilish usullarini sifatiga qo‘yiladigan talablar;

"Insonga psixofiziologik va psixologik ta’sir ko‘rsatadigan asbob- uskunalarning texnik tavsifnomasi;

"Yoshi, staji, ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi, kadrlar qunimsizligi uning sabablari va hokazolar haqidagi ma’lumotlar;

"Ishlab chiqarishdagi avariyalar va travmalar shuningdek, ishchilar sog’lig’ining holati to‘g‘risidagi ma’lumot.

4. Kuzatish metodi- ma’lumotlarni psixik hodisalarning qayd etish yo`llari orqali to‘plashdan iborat. Kuzatish ikki turda bo‘ladi-formallashgan kuzatuv va erkin kuzatuv. Erkin kuzatuv tadqiqotning boshlang’ich bosqichlarida qo‘llaniladi, u o‘rganilayotgan masala mohiyatiga chuqurroq kirib borish imkonini beradi. Formallashgan kuzatuv standart dastur asosida olib boriladi hamda kuzatilayotgan voqealar bayonnomada qayd etilgan holda alohida elementlarga bo’linadi.

Kuzatilayotgan jarayonda tadqiqotchining ishtirok etish darajasiga ko‘ra, kiritilgan kuzatish va tomonli kuzatishga ajratiladi. Kiritilgan kuzatuvda tadqiqotchi guruh tarkibiga kirib, shu guruhning barcha faoliyat turlarini bajaradi. Tomonli kuzatishda tadqiqotchi kuzatilayotgan hodisalardan chetda turib kino yoki videokameraga tushirgan holda psixik hodisalarni tahlil etadi. Kasb psixologiyasining tadqiqot metodi sifatida kuzatish ish o‘rnini tashkil etish va umuman faoliyatdagi vaziyatga baho berish, sinovdagilarning kirishimlilik xususiyatlarini tahlil qilish, uning kasbiy xulqi, kasbiy ta’limi va malakasiga baho berishda qo‘llaniladi.

Psixologik kuzatish olib borishdan ko‘zlangan maqsadquydagilardan iborat:


  • kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob’ektni maqsadga muvofiq tanlash, uning oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish;

  • kuzatishning dasto‘rini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, chizgi tarzda ifodalanishini yaratish, yig’ilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish.

Kuzatishning ob’ekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega:

  • kuzatishning ob’ekti - inson, guruh, jamoa va shaxslararo munosabatlar, emotsional - hissiy kechinmalar, hayvonot olami, shaxsning faoliyati, ijodiyoti, muomalasi kabilarni o‘rganishdan iboratdir;

  • kuzatishning predmeti - insonning xilma - xil holati, jarayoni, harakatining kuchi, jadalligi, uzluksizligi, dinamikasi, o‘ziga xosligi, uning hamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir;

  • amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari: ma’nosi, mazmuni, mohiyati, yo’nalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik kurilishi va boshqalar;

  • noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomimika va vokal mimikasi (musiqa ma’nosini tana a’zolari orqali ifodalash);

  • vegetativ reaksiyalarning ko‘rinishi: rangning kizarishi, oqarishi, terlash, nafas olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi.

Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda to‘plangan ma’lumotlarni alomat, belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anagramma) va turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga keltirish.

5. Eksperiment, medodi odatda rahbar va xodim o’rtasidagi munosabatlar va ularningmehnat mahsulini tahlil qilish va boshqarish jarayonini o’rganadi. Eksperiment usuli - psixologik reallik mexanizmi va qonuniyatlarini o‘rganish bo‘yicha asosiy metod hisoblanadi. Uning asosiy mohiyati nazorat qilinadigan va boshqariladigan sharoitlarda yangi ilmiy bilimlarni olishga qaratilgan.

Eksperimentning asosiy nomutaxassislik vazifasi - sabab-natija aloqalarni o‘rganish va psixologik jaryonlar va hodisalarni tushuntirishdan iborat. Eksperiment o‘tkazishda farq va rozilik qoidasini qo‘llaydilar (J.S.Mill) A. B guruh voqealar guruhi ketidan D voqeasi kelsa ammo B, V ketidan A kelmasa, unda A, a, ning sababidir. Ikkala voqealar guruhidan birinchisi eksperimental sifatida ko‘rib chiqiladi, ikkinchisi - nazorat guruhi deb ko‘riladi. Ularni yagona farqlovchi voqea mustaqil o‘zgaruvchi deyiladi va u jarayonning davomida turli o‘zgarishlarga duch kelish mumkin. Eng tarqalgan eksperiment modeli quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan bo‘lib, unda tadqiqotchi tahlil natijalarida sub’ektiv baholardan foydalangan holda, ya’ni x2 x1 dan katta, u2 esa u1 katta degan xulosani ta’kidlab kolmasdan balki, xech bo‘lmaganda umumiy xollarda qay darajada kattaligini aniqlashi kerak bo‘ladi. Aks holda, eksperiment va nazorat guruhlaridagi o‘zgarishlarni tasdiqlashning o‘zi bo’lmaydi.

Eksperimental tadqiqotni kasbiy tanlov misolida ko‘rib chiqamiz. Korxonada mutaxassislar murakkab mexanik agregatlarni qabul qilishda ishlab to‘rgan muxandislar ko‘p deffektlarni utkazib yuborganliklari sabab, ishchilar orasidan nazoratchilarni tanlash zaruriyati kelib chiqadi. Eksperimentning mazmuni shundan iborat-ki nazoratchi uchun muhim bo‘lgan qobiliyatlarni tashhis qilib beruvchi (diqqatni jamlay olish, mustaqillik, sensor farqlash darajasi, keng fikrlash) test loyihalashtiriladi. Test tanlovchilar orqali nazoratchilarning eksperimental guruhi tuzildi. Eksperimental va nazorat guruhi ishlarini korreksion tahlil qilish asosida tasdiqlash, testning samaraliligini va nazoratchilarni tanlash va tayyorlash metodikasini aniqlash imkonini beradi.

Psixologik tadqiqotlarda eksperiment natijalarini miqdoriy ifoda qilish masalasi eng qiyin masala hisoblanadi. Shuning uchun miqdoriy ma’lumotlar, odatda, absolyut emas, balki nisbiy ahamiyatga ega. Ular ikki guruh darajasini tasdiqlash imkonini beradi, ammo har qaysining absolyut tavsifini aniqlay olmaydi. Shunday bo`lsa-da, psixologiya fani real o‘quv- boshqaruv faoliyatida o‘zgarishlarni kutmaydigan, imkoniyatlar beruvchi vaziyatlar yaratish orqali shaxsdagi o‘zgarishlarni o‘lchash uchun turli xil shakllarni yaratadi.

6. 6.Anketa metodi.

Anketa metodiboshqaruv psixologiyasi fanida keng qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari o‘rganiladi.



Boshqaruv psixologiyasi fanidaanketa metodi odatda 3 xil bo‘lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan iborat bo‘ladi, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketa sinaluvchiga havolaqilinganda kamida to‘rt-besh to‘g‘ri javoblari ballar yordamida bakolanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari qobiliyatlarini, o‘ziga, tengdoshlariga katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter hislatlari, xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.

Tarqatilgan anketalar yig`ib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasining ayrim tomonlarini o‘rganish uchun boy material to‘plash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisonaxususiyatga ega bo’lavermaydi. Bunga yo`l qo’ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi to‘g‘ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqish kerak.
Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling