2 Amaliy mashg’ulot ishi matlab-communications da aloqa kanalini kodlash jarayoni asosida modellashtirishni o‘rganish


Download 0.7 Mb.
Sana15.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1199032
Bog'liq
972-18 Turdiyev Anvar


972-18 gurux talabasi Turdiyev Anvarning
2 Amaliy mashg’ulot ishi
MATLAB-COMMUNICATIONS DA ALOQA KANALINI KODLASH JARAYONI ASOSIDA MODELLASHTIRISHNI O‘RGANISH

  1. ISHDAN MAQSAD

Ushbu laboratoriya ishi quyidagilarni o’rganishga mo’ljallangan:



  • Ma’lumot uzatish tizim va tarmoqlarida mavjud kodlash usullari bilan tanishish;

  • Mavjud kodlash usullarini shovqinbardoshliligini taqqoslash va tahlil qilish.




  1. QISQACHA NAZARIY MA’LUMOT



Kod deb – istalgan ko‘rinishdagi axborotni masofadan turib uzatish uchun qulay shaklda ifodalashga mo‘ljallangan shartli belgilar (simvollar) yoki signallar tizimiga aytiladi. Bu belgilar yoki signallar to‘plamiga kod alfaviti deyiladi. Koddagi elementlar yoki belgilar soni har doim chegaralangan bo‘ladi. Bu elementlardan kodli kombinatsiyalar tuziladi.
Shovqinli kanalda kodlash haqida Shennonning asosiy teoremasi:

  • Har qanday xabar manbaining mahsuldorligi kanalni o‘tkazish qobiliyatidan kichik, shunga ko‘ra hosil qilingan xabar manbai barcha axborotni yetarlicha kichik xatolik ehtimollik bilan uzatishga imkon beruvchi kodlash usuli mavjud bo‘ladi.

  • Agar xabar manbaining mahsuldorligi kanalni o‘tkazish qobiliyatidan katta bo‘lsa, u holda axborotni yetarlicha kichik xatolik ehtimollik bilan uzatishga imkon beruvchi kodlash usuli mavjud emas.

Axborot qismini uzunligi k kod asosi va xabar alfaviti hajmi orqali aniqlanadi. Tekshiruvchi qismini uzunligi r kerak bo‘ladigan to‘g‘rilash qobiliyati bilan aniqlanadi.
Kod uzunligi n=k+r.
Shovqinbardosh kod deb – xato qabul qilingan razryadlarni aniqlaydigan va to‘g‘rilaydigan kodga aytiladi.
Bunday kodlar quyidagi prinsipga asoslanib tuziladi: n razryadli kodli kombinatsiyalar soni N ta bo‘lsin.
Lekin axborot uzatish uchun esa faqatgina ulardan Nr tasi ishtirok etadi va ular ruxsat etilgan kombinatsiyalar deyiladi.
N – Nr tasi esa man qilingan kodli kombinatsiyalar deyiladi.
Agar kodli kombinatsiyalarda kombinatsiyadagi razryadlar soni bir xil bo‘lsa, bunday kodlar teng taqsimlangan kodlar deyiladi.

  1. TOPSHIRIQNI BAJARISHGA KO’RSATMALAR

Ushbu ishni bajarishda quyida ko’rsatilgan bloklardan foydalanish zarur:



  • tasodifiy sonlar generatori - Communication Blockset bloklar kutubxonasidagi Comm Sources → Random Data Sources bloklar guruhidan «Random Integer Generator» bloki;

  • sonlarni bitlarga o’zgartiruvchi - Communication Blockset bloklar kutubxonasidagi Utility Blocks bloklar guruhidan «Integer To Bit Converter» bloki;

  • bitlarni sonlarga o’zgartiruvchi - Communication Blockset bloklar kutubxonasidagi Utility Blocks bloklar guruhidan «Bit To Integer Converter» bloki;

  • Xemming koderi - Communication Blockset bloklar kutubxonasidagi Error Detection and Correction → Block guruhidan «Hamming Encoder» bloki;

  • Xemming dekoderi - Communication Blockset bloklar kutubxonasidagi Error Detection and Correction → Block guruhidan «Hamming Decoder» bloki;

  • ikkilik simmetrik kanal - Communication Blockset bloklar kutubxonasidagi Channels guruhidan «Binary Symmetric Channel» bloki;

  • xatolarni hisoblovchi - Communication Blockset bloklar kutubxonasidagi Comm Sinks guruhidan «Error Rate Calculation» bloki;

  • displey – Simulink bloklar kutubxonasidagi Sinks guruhidan «Display» bloki.

Tasodifiy sonlar generatori [0; 15] intervalidagi butun sonlarni hosil qilishi lozim, buning uchun «Random Integer Generator» blokini «M-ary number» parametrini 16 ga sozlash talab etiladi.


Kodlash uchun [0; 15] intervaldagi sonlarni 4 bitdan qilib ifodalash lozim, buning uchun «Integer To Bit Converter» va «Bit To Integer Converter» bloklaridagi «Number of bits per integer» parametrini 4 ga sozlash talab etiladi.
Xatolar sonini bilish uchun «Error Rate Calculation» blokidagi «Output data» parametriga Port ga sozlash talab etiladi.
«Hamming Encoder» va «Hamming Decoder» bloklaridagi Codeword length» va «Message length» parametrlari mos holda belgilanadi.














Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling