2-amaliy mashg’ulot mavzusi
Download 0.78 Mb.
|
1 2
Bog'liqZardo’zlik texnologiyasi. Zardo’zlik uchun gazlama va ip tanlash, kartonga naqsh tushurish hamda zardo’zlik buyumini tayyor holga keltirish. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zardo ’ zlikdagi chok turlari.
- Guldo ’ zi choki.
2-amaliy mashg’ulot mavzusi: Zardo’zlik texnologiyasi. Zardo’zlik uchun gazlama va ip tanlash, kartonga naqsh tushurish hamda zardo’zlik buyumini tayyor holga keltirish. Zardo’zlikda naqshlar muhim o’rin tutadi. Chunki, zardo’zlik xalq amaliy san‘atining qo’l choklari orqali hosil qilingan naqshlar asosida badiiy ishlov berish turidir. Zardo’zlikda ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko’ra quyidagi to’rt guruhga ajratiladi: 1. Islimiy (o’simliksimon) naqshlar – egri chiziqli o’simlik elementlaridan iborat. 2. Geometrik (girih) naqshlar – to’g’ri chiziqli elementlaridan tashkil topgan. 3. Murakkab (gulli girih) naqshlar – islimiy va girih elementlarining aralashuvidan iborat. 4. Ramziy naqshlar – hayvonot va insoniyat olamidagi shakllarni qayta ishlab hosil qilingan naqshlar. Zardo’zlik texnologiyasiga ko’ra islimiy naqshlar guldo’zi usulida, geometrik naqshlar esa zamindo’zi usulida hosil qilinadi. Murakkab naqsh turlarida esa ikkala tikish usulidan ham foydalaniladi. Guldo’zi tikish usullarida zar ip kartondan qirqilgan gul naqshlari ustidan tikiladi. Zardo’zlikdagi chok turlari. Zardo’zi usullari ikki turga bo’linadi: 1. Tikish choklari – naqshlar usti va tagini to’ldirib tikishda qo’llaniladi; 2. Bezatish choklari – bo’sh qolgan o’rinlarni to’ldirishda hamda tikish usullari kamchiliklarini tuzatish maqsadida qo’llaniladi. Tikish choklari zardo’zlikning asosiy usullaridan bo’lib, o’zining murakkabligi bilan boshqa usullardan ajralib turadi. Tikish choklari zar iplarni turli baxyalar yordamida turlicha ko’rinishlarda naqshlar ustiga, siddilar ustiga yoki to’g’ridan to’g’ri mato ustiga mustahkamlash bilan hosil qilinadi. Tikish choklari ulardan foydalanish o’rniga, ularda ishlatiladigan zar iplarning tuzilishi va baxyalarning ko’rinishiga ko’ra ikki turga ajratiladi: 1. Zardo’zi-guldo’zi choki. 2. Zardo’zi-zamindo’zi choki. Guldo’zi choki. Bundа tikilаyotgаn nаqshning tаgi оchiq qоlib, fаqаt gul nаqshlаrning konturlari zаr bilаn tikilаdi. Guldo’zi tikish usuli o’zigа хоs bo’lib, bu quyidаgi bоsqichdа bаjаrilаdi: nаqqоsh tоmоnidаn nаqsh chizilаdi; nаqsh nusхаsi qаlin qоg’оz kаrtоn yoki teriga tushirilib, аndozаsi tаyyorlаnаdi; andoza sidirg’а bахmаl mаtоgа ko’klab chiqilаdi yoki yelimlаnаdi; kаrtоn nusхаni zаr ip bilаn qоplаb tikib chiqilаdi. Birоz bo’rtmа nаqsh gul hоsil bo’lаdi. Bu usuldа tikkаndа nаqshlаrning tаgi tikilmаsdаn qоlаdi. Zamindo’zi-guldo’zi texnikasi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling