2-amaliy mashg‘ulot Rux va mis oksidini sulfat kislota bilan reaksiyasining standart entalpiyasini va Gibbs energiyasini hisoblash (2 soat)


Download 21.11 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi21.11 Kb.
#1744575
Bog'liq
2amal (1)


2-amaliy mashg‘ulot
Rux va mis oksidini sulfat kislota bilan reaksiyasining standart entalpiyasini va Gibbs energiyasini hisoblash (2 soat)
Rux metali dunyo miqyosida kombinatsiyalashgan usulda ishlab chiqariladi, ya’ni sulfidli rux boyitmasi dastlab pirometallurgik usulda “Qaynar qatlam” pechida 900 – 1000 oC haroratlar oralig‘ida kuydiriladi. Bunda rux sulfidi oksid ko‘rinishiga o‘tadi:
2ZnS + 3O2 = 2ZnO + 2SO2
Olingan yarim mahsulotni rux kuyindisi deb ataladi va uni gidrometallurgik qayta ishlashga beriladi. Bunda rux oksidini sulfat kislotada tanlab eritiladi. Kuyindini tanlab eritishning asosiy maqsadi kuyindi tarkibidagi rux birikmalarini iloji boricha eritmaga o‘tkazish va elektrolizga berish uchun toza eritma olishdir.
Eritishda sulfat kislotasini tanlashda quyidagilar hisobga olinadi:
1. Rux oksidi - ZnO ning yaxshi erishi;
2. Bo‘lajak elektrolitik tiklanishda qulaylik;
3. Rux zavodlarida sulfat kislotasining mavjudligi.
Rux oksidi sulfat kislotasining kuchsiz eritmasida yaxshi eriydi, rux sulfati esa suvda:
ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O
Bunda zaharli vodorod sulfid gazi ajralib chiqmaydi. Kuydirish davomida bir qancha rux silikati, ferrit va alyuminatlari paydo bo‘ladi. Bu birikmalar sulfat kislota eritmasida qiyin eriydi. Ularning erish qobiliyati harorat va sulfat kislotasining konsentratsiyasiga bog‘liq.
Masalan: ferritdan ruxni eritmaga o‘tkazish uchun sulfat kislotasining konsentratsiyasi 200-300 g/l va 80-900C harorat talab qiladi.
Bu jarayonning termodinamik ko‘rsatkichlarini hisoblash juda muhim bo‘lib, jarayonga ilmiy yondashishga yordam beradi.
Endi esa rux kuyindilarini tanlab eritish jarayonini termodinamik tahlil qilamiz. Bunda rux oksidining sulfat kislota bilan reaksiyasining standart entalpiyasini va Gibbs energiyasini aniqlaymiz.
ZnO ning H2SO4 bilan reaksiyasi tenglamasini tuzamiz:
ZnO(q) + H2SO4(s) = ZnSO4(s) + H2O(s)
Dastlab reaksiyaning entalpiyasini aniqlaymiz. Ma’lumotnomadan moddalarning standart entalpiyasi berilgan jadvaldan foydalanib ZnO, H2SO4, ZnSO4 va H2O uchun Δ H0298 qiymatini topamiz:
ZnO(q) Δ H0298 = - 350,6 kJ/mol;
H2SO4(s) Δ H0298= - 814,2 kJ/mol;
ZnSO4(s) Δ H0298 = - 981,4 kJ/mol;
H2O(s) Δ H0298 = - 285,83 kJ/mol.
Bulardan foydalanib, formula orqali reaksiyaning entalpiyasini topamiz. ΔH298(reaksiya) = ΣΔHreak.mah. – ΣΔHdast.modda. = (- 981,4 + (- 285,83)) – (- 350,6 + (- 814,2)) = - 1267,23 kJ + 1164,8 kJ = - 102,43 kJ
1-natija: Reaksiyaning standart entalpiyasi Δ H0298= - 102,43 kJ ga teng. Entalpiyaning (-) ishorasi reaksiyaning ekzotermik ekanligini bildiradi.
Endi reaksiyaning Gibbs energiyasini topamiz. Buning uchun ham ma’lumotnomalardan tegishli moddalarning standart sharoit uchun erkin energiyalarini qidirib topib, ulardan reaksiyaning erkin energiyasini hisoblaymiz:
ZnO(q) ΔG298 = - 320,7 kJ/mol;
H2SO4(s) Δ G298 = - 690,3 kJ/mol;
ZnSO4(s) Δ G298= - 870,12 kJ/mol;
H2O4(s) Δ G298 = - 237,25 kJ/mol.
Bulardan foydalanib, formula orqali reaksiyaning Gibbs energiyasini topamiz.
ΔG298(reaksiya) = Σ ΔGreak.mah. – Σ ΔGdast.modda. = (- 870,12 + (- 237,25)) – (- 320,7 + (- 690,3)) = - 1107,37 kJ + 1011 kJ = - 96,37 kJ
2-natija: Reaksiyaning standart Gibbs energiyasi ΔG298(reaksiya) = - 96,37 kJ ga teng. Gibbs energiyasining (-) ishorasi reaksiyaning standart sharoitda mustaqil ravishda borish ehtimolligi yuqoriligini ko‘rsatadi.
Mis metali dunyo miqyosida asosan pirometallurgik usulda ishlab chiqariladi. Chunki u rudasida sulfidli birikmalar ko‘rinishida uchraydi. Sulfidli birikmalar esa anorganik kislotalarda erimaydi. Lekin mis konining yuqori qismida misning oksidlangan birikmalari tenorit – CuO, ko‘prit – Cu2O va malaxit – Cu(OH)2 ∙ CuCO3 uchraydi. Ular gidrometallurgik qayta ishlash uchun yaroqli birikmalardir. Hozirgi kunda endi ochilayotgan yangi konlar ustki qatlamida misning oksidlangan birikmalari mavjudligi ularni turli kislotalar yordamida ajratib olishning yangi ilmiy usullarini ishlab chiqishni talab qiladi. Buning uchun mazkur birikmalarning turli kislotalarda eritish jarayonining termodinamikasini o‘rganish zarur.
1-masala. Quyida berilgan ma’lumotlardan foydalanib, mis (II)-oksidi (tenorit)ning sulfat kislotada tanlab eritilish reaksiyasinining entalpiyasi va Gibbs energiyasini aniqlang.

Modda

ΔH298, kJ/mol

ΔG298, kJ/mol

CuO

- 162

- 134,3

H2SO4

- 814,2

- 690,3

CuSO4

- 844,1

- 680,1

H2O

- 285,83

- 37,25

Download 21.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling