Rux, kadmiy, simob ishlatilish soxalari va qo`llanilishi


Download 0.49 Mb.
bet1/6
Sana10.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1086556
  1   2   3   4   5   6

Rux, kadmiy, simob ishlatilish soxalari va qo`llanilishi.
Reja:
1 Rux ishlab chiqarish texnologiyasi
2. Rux metali va qotishmalari ishlatilish soxalari.
3. Kadmiy elementi olinishi va qo`llanilish soxalari
4.Simob olinishi va ishlatilish soxalari.
5.Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar
Rux ishlab chiqarish texnologiyasi
Ishlab chiqarish xajmi bo'yicha rux, alyuminiy va misdan keyin uchinchi o'rinda turadi. Bir yilda dunyoda 5-7 mln.t rux ishlab chiqariladi. Olmaliq tog'-metallurgiya kombinati ishlab chiqarish imkoniyati 75-85 % larga foydalaniladi. Zavodning ishlab chiqarish imkoniyati bir yilda 100 ming tonnadan ziyodroqdir. Xorijiy davlatlarda rux ishlab chiqarish quyidagilarda mavjuddir: AQSH, Benilyuks, Qozog'iston va boshqalardir. Dunyo miqyosida ishlab chiqilgan ruxning o'zlashtirilishi quyidagichadir,%: oq tunika olish-36; latun va bronza olish-26; quymakorlik-26; rux prokati-3; kimyo mollari-6,5. Ruxni asosiy o'zlashtiruvchi davlatlar AQSH, Yaponiya, Olmoniya, Rossiya. O'zbekiston o'zini mahsulotini xorijiy davlatlarga eksport qiladi. Metall asosan mineral zahiralaridan olinadi. Ikkilamchi xom ashyodan foydalanish endi keng yo'lga qo'yilayapti. Rux xom ashyosining tavsifi-tabiatda rux asosan sulfid holatida uchraydi. Bir xil rux birikmalari-bu kislorod bilan bog'langan oksid zahiralaridir. Sanoatda keng tarqalgan va ishlab chiqarishda tushgan bu-kompleks rux-qo'rg'oshin sulfidli polimetalmis rudalardir. Bu rudalarda asosiy metallardan tashqari, yana mis, kadmiy, nodir va kamyob metallar bor. Zamonaviy rudalarda ruxning miqdori 1,5 %, rux-qo'rg'oshin rudalarda esa 1,0-1,5% Zn va 0,4-0,5% Pb bor. Bu rudalarni qayta ishlashdan oldin boyitiladi. Asosiy boyitish usuli-selektiv flotatsiyadir. Oldin rudadan kollektiv rux-qo'rg'oshin boyitmasi olinib, keyin u alohida rux va qo'rg'oshin boyitmalariga ajratiladi. Sulfidli rudalarda rux asosan sfalerit-ZnS shaklda uchraydi. Oksidlangan rudalarda rux karbonat ZnCO3 (smitsonit) va gidrotsinkiy ZnCO3 *
2 Zn (OH)2 va silikat (valletit Zn 2 SiO 4) turlarda uchraydi.

Rudada Zn 1-4% atrofida bo‘ladi. Asosan ZnS-sfalerit ko‘rinishida polimetallik rudalarda uchraydi.



Rux minerali - sfaleritning ko‘rinishi

Ruh minerali Surxondaryodagi “Xondiza” va Jizzaxdagi “Uchquloch” polimetallik konlaridan qazib olinadi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling