Rux, kadmiy, simob ishlatilish soxalari va qo`llanilishi


Download 0.49 Mb.
bet3/6
Sana10.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1086556
1   2   3   4   5   6
Kollektiv flotatsiya: bunda barcha sulfidlar ajratib olinadi:
ZnS, PbS, CdS, CoS, FeS, CuS, FeS2.
Sellektiv Flotatsiya: Faqat ZnS ajratib olinadi.
Olingan sulfidli Zn boyitmasida 50-55 % Zn mavjud bo‘ladi. Uni oksidlovchi kuydirish jarayoniga ytuboriladi. Bizning mamlakatimizda Zn ning miqdori boyitmada 52 % ni tashkil etadi.
Keyingi jarayon bu oksidlovchi kuydirish jarayoni:
Maqsad: sulfid ko‘rinishidan oksid ko‘rinishiga o‘tkazish. Chunki ZnS suvda va H2SO4 da amalda erimaydi. ZnO esa H2SO4 da eriydi.
Demak, ZnS ni kuydirishdan maqsad keyingi gidrometalurgik jarayonga tayyorlash ekan. Kuydirish jarayoni “Qaynar qatlam” pechida 900-1000 ͦC haroratda olib boriladi. Optimal harorat 960 ͦC. Pech tubidagi soplolardan 12 – 14 MPa bosimda (23 – 30 % O2 li) havo purkaladi. Chiquvchi gazlarda 14 – 18 % SO2 va SO3 bo‘ladi. Pechning “Qaynar qatlam” deb atalishiga sabab xomashyoni havoda muallaq kuydirilganligi sababli, pastdan berilayotgan havo qatlamning har joyidan aralashtiradi va bu xuddi qaynayotgandek tuyiladi. Pechning ruscha atamasi “кипяший слой” yoki KC deb yuritiladi.

Qaynar qatlamli kuydirish pechi


Kimyoviy reaksiyalari:
2ZnS + 3O2 = 2ZnO + 2SO2
4FeS2 + 11O2 = 2Fe3O4 + 8SO2
2PbS + 3O2 = 2PbO + 2SO2
Zararli birikmalari: ZnO·SiO2 – rux silikati tanlab eritishda H2SO4 erib eritmada kalloid eritma hosil qiladi va eritma filtratsiyasini yomonlashtiradi.
ZnO·Fe2O3 rux ferriti H2SO4 da erimaydi. Natijada 15% atrofida Zn chiqindi – kek tarkibida qolib ketadi. Oksidlovchi kuydirish natijasida rux kuyindisi olinadi (60-70% Zn; ZnO - ogarok ko‘rinishida).
Kuydirish jarayonidan so`ng tanlab eritish jarayoni boradi. Olingan kuyindini H2SO4 da tanlab eritiladi. Tanlab eritish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  1. bosqich: neytral tanlab eritish (silikatlardan qutulish uchun). Bunda eritmaning muhiti kuchsiz kislotali (pH = 4 – 6);

  2. bosqich: nordon (kislotali) tanlab eritish. Bunda eritmaning muhiti kuchli kislotali (pH = 1– 2). Jarayonning kimyoviy reaksiyasi (ximizmi):

ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O

Rux kuyindilarini tanlab eritish reaktori (agitator)

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling