2-amaliy sifatni boshqarish tizimining paydo bo‘lishi, rivojlanish tarixi


Download 30.08 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi30.08 Kb.
#1479461
  1   2   3   4
Bog'liq
2- AMALIY


2-AMALIY


Sifatni boshqarish tizimining paydo bo‘lishi, rivojlanish tarixi (ISO standartlashtirish tashkiloti)


Sifatni boshqarish tizimining paydo bo‘lishi, rivojlanish tarixi (ISO standartlashtirish tashkiloti)
Tarixiy rivojlanish bosqichlari, KANARSPI, BIP, NORM, KS UKP tizimlarning yaratilishi, farq va asoslari, ISO tashkiloti va uning faoliyati ISO 9000 seriyali standartlarni ishlab chiqilish tarixi.
2001-yilda A.V.Glichevning “Osnovы upravleniya kachestvom produksii” (qayta ishlangan va to‘ldirilgan ikkinchi nashri. Moskva, RIA “Standartы i kachestvo”, 2001) kitobi nashrdan chiqdi. Ushbu bobning asosiy nizomlari A.V. Glichevning nomi keltirilgan kitobidan olindi.
Sifatni boshqarishga navbatma-navbat yondashish evolyusiyasi professor K. Lisetski K. Adametskiy nomidagi polsha iqtisod Akademiyasi tomonidan grafik usulda juda muvaffaqiyatli tasvirlangan (2-rasm).
Grafikni tahlil qilishda ikki holat yuzaga chiqadi: birinchi – 1970 dan 1998 yilgacha davrda sifatni boshqarishning muayyan shakllari va metodlari to‘g‘risida hech nima aytilmagan. Hatto, 1987-yilda 9000 seriyali ISO xalqaro standartlarining qabul qilinganligi to‘g‘risida eslatilmagan. Bu mutlaqo tushunarsiz. Ikkinchi – sobiq Sovet Ittifioqi olimlari va mutaxassislarining bu sohadagi yutuqlari to‘g‘risida eslatilmagan (“Nol nuqsonlar” tizimi mualliflarining biri – B.A. Dubovikov bundan mustasno). Vaholanki, “nol defektov” (nol nuqsonlar) Saratovda yaratilgan benuqson mehnat (BMT) va mahsulotni benuqson tayyorlash (MBT) tizimlarining rivojidir. Ikkinchi holatning sababi tushunarli – sovet olimlari va mutaxassislarining ilmiy ishlari kollektiv mehnat natijasi sifatida mamlakatda amaliy qo‘llanish uchun davlat standartlariga va boshqa me’yoriy-metodik materiallar tarkibiga kiritilgan. Maxsus adabiyotlarda bu ishlarning faqat kam qismi aks ettrilgan. SHuning uchun jahon ilmiy-texnik jamoasi, shu jumladan K. Lisetski ham etarli axborotga ega emas edi.
A.V. Glichev quyidagi mavzularga va ishlanmalarning mualliflariga havolalar qilib, K. Lisetskiyning sifatni boshqarishga yondashish evolyusiyasi grafigini to‘ldiradi va bundagi kamchiliklarni to‘ldiradi:
1955 y. – Benuqson mehnat Saratov tizimi – (BMT) yoki mahsulotni tayyorlash (MBT) (B.A. Dubovikov).
1958 y – “Birinchi buyumlardan boshlab sifat, puxtalik, ishonchlilik, boylik” – KANARSPI (T. Seyfi)
1971 – Motoresursni oshirish bo‘yicha ishlarni ilmiy tashkil etish YAroslavl tizimi – NORM (V. Doletskiy)
1975 y. – Sifatni boshqarish kompleks tizimi KS UKP (A.V. Glichev, E.T. Udovchenko)
1977 y. – sifatni boshqarish tarmoq (korporativ) tizimi (YU. Nikitin, V. Proleyko va b.)
1978 y. – Mahsulot sifatini boshqarish yagona davlat tizimi (asosiy prinsiplari) (V.V. Boysov, M.I. Kruglov va b.)
1980 y. – GOST “Sanoat birlashmasi va korxonani boshqarish” (M.I. Kruglov, A.V. Glichev va b.)
1987 y – 9000 seriyali ISO sifat tizimlari bo‘yicha standartlari
“Mahsulotni benuqson tayyorlash va uni birinchi taqdimda topshirish” va “Mahsulot sifatini boshqarish kompleks tizimi” (MSB KT) tizimiga asosan “Mahsulot sifatini boshqarish va boyliklardan samarali foydalanishni boshqarish kompleks tizimi” ishlab chiqildi (MSB va BSF KT) va Dnepropetrovsk oblasti korxonalarida muvaffaqiyatli foydalanildi, shuningdek “Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish kompleks tizimi” ISO KT ishlab chiqildi va krasnodar o‘lkasi korxonalarida muvaffaqiyatli foydalanildi.
O‘zbekistonda ham ikkita tizim ishlab chiqilib, muvaffaqiyatli foydalanilgan: CHkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodida “YUqori sifat, boyliklarni ko‘paytirish va puxtalikni oshirishni ta’minlash tizimi” (SOVKURPON –YUSBKPOTT) va Toshkent elektron texnika zavodida “YUqori sifat va puxtalikni ta’minlash tizimi” (SOVKIN – YUSPTT).
Bu tizimlar yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra K. Lisetskining grafigiga qo‘shilmagan.


      1. Download 30.08 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling