2-amaliy tibbiy kimyo fani uchun


Download 45 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi45 Kb.
#155831
Bog'liq
tibbiy kimyo amaliy 2
2-maruza matni(1), 5 6147418503587561693, 4 kurslar uchun joriy, 2 5336824227687303523, 2 5336824227687303523, 2 5336824227687303523, 2 5336824227687303523, 1-МАВЗУ УЧУН ТЕСТ(1), 8, 2 5316711321041895944, 8-sinf-Geometriya.-8-nazorat-ishi.-Vektorlar, Microsoft Word счсчс, Microsoft Word счсчс, Курс иши иқтисодиёт назарияси фан сифатида ривожланиши

PowerPlusWaterMarkObject3


2-amaliy TIBBIY KIMYO fani uchun

1.

Tirik organizmdagi hayotiy jarayonlarda bevosita ishtirok etuvchi yoki



shu moddalar tarkibiga kiruvchi elementlar biologik faol yoki biogen

elementlar deb ataladi. Biogen elementlarning sinflanishi ularning elektron tuzilishi, organizmdagi miqdori, bajaradigan vazifalarining ahamiyati va boshqa qator tushunchalarga asoslangandir. Biogen elementlar elektron tuzilishi bo‘yicha s, p va d elementlarga ajratiladi.

Organizmdagi miqdori bo‘yicha biogen elementlar quyidagicha sinflanadi:

Makrobiogen elementlar — organizmdagi umumiy miqdori 1% va undan ortiq bo‘lgan elementlar. Bularga O, C, H, N, Ca, P misol bo‘ladi;

Oligobiogen elementlar — organizmdagi miqdorlari 0,01—1% ni tashkil

etadigan elementlar. Bunday elementlarga Mg, Fe, K, Na, Cl, S kiradi; ,

Mikrobiogen elementlar — organizmdagi miqdori 0,01% dan kichik bo’lgan elementlardir (Au, Se, Bi, Hg, Br, I va boshqalar).

Elementlarning bunday sinflanishi ba’zi hollarda shartli hisoblanadi. Bunga

sabab inson yashayotgan atrof-muhitdagi elementlarning miqdor ulushlarining farqidir. Masalan muhitda nikel miqdori ortiq bo‘lsa, uning organizmidagi ulushi ham yuqori bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida uning mikrobiogen elementlarga mos keladigan miqdorlargacha etib borishga va demak, sinflanishining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

Elementlar tirik organizmlarda bajaradigan vazifalarning ahamiyatliligi

bo‘yicha quyidagi uch asosiy sinfga bo‘linadi.Hayotiy zarur bo‘lgan elementlar. Bunday elementlarga barcha makrobiogen va ko‘pchilik mikrobiogen elementlar kiradi va ular bo‘lmasligi yoki miqdorining keskin kamayishi hayotiy jarayonlarning to‘xtashi yoki

sezilarli darajada buzilishiga olib keladi.Hayotiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan elementlar. Bunday elementlarga tirik organizmlarda doimiy ravishda uchraydigan, ammo qanday biokimyoviy jarayonlarda bevosita ishtirok etishi oxirigacha aniqlanmagan elementlar kiradi. Bunday elementlarga Cr, Ni va Cd larni misol tariqasida keltirish mumkin. Jumladan, organizmdagi xrom miqdorining kamayishi

qondagi qand miqdorining nisbatan ortishiga olib keladi. Ammo shu bil an bir qatorda hanuzgacha xromning qand metabolizmida bevosita ishtirok etishini isbotlaydigan biror-bir dalil ma’lum emas.

Biologik ahamiyati oxirigacha aniqlanmagan elementlar. Bu sinf

elementlari boshqa sinf elementlari singari tirik organizmda doimiy ravishda uchraydi. Ammo ulardan farqli ravishda organizmda qanday molekulalar tarkibiga kirishi, biror-bir biologik ahamiyatga ega ekanligi aniqlanmagan. Biologik vazifasi mutloq noaniq bo‘lgan bunday elementlarga Bi, U, Ru larni keltirish mumkin.

2.


HCl - (8,2—8,4% suvli eritma) —oshqozon shirasining kislotaliligi

kamayib ketganda ishlatiladi. Tarkibida temir saqlagan dorivor moddalarning so‘rilishi va o‘zlashtirilishini kuchaytiruvchi modda sifatida shu preparatlar bilan birgalikda qo‘llaniladi.



Brom. Mikrobiogen p - element bo‘lib, uning asosiy depolari vazifasini

gipofiz, qalqonsimon bez, taloq, aorta tomir devorlari hamda buyrak usti bezi bajaradi. Organizm ozuqa moddalari tarkibida tushgan bromning umumiy miqdorining 1/5 qismini o‘zida tutib qola oladi. Brom ta’sirida qalqonsimon bezning faolligi kamayish hollari kuzatiladi. Jumladan, uzoq vaqt brom saqlovchi moddalarning organizmga tushishi bu bez tarkibidagi yod miqdorining kamayishi oqibatida uning gipertrofiyasi (kattalashib ketishi) va gipoterioz xolatlarini keltirib chiqaradi. Bu element markaziy nerv sistemadagi tormozlanish holatlarini kuchaytiradi. Tibbiyotda bromli moddalar NaBr va KBr tinchlantiruvchi vositalar sifatida ishlatiladi. Bulardan tashqari tarkibida brom bo‘lgan quyidagi moddalar ham qo‘llaniladi.



Bromkamfora – tinchlantiruvchi va yurak ishini yaxshilovchi modda sifatida

nevrasteniya va yurak nevrozlarida ishlatiladi.



Yod. Bu elementning odam tanasidagi umumiy miqdori 20-25 mg ni tashkil

etadi. Bu miqdorning yarmiga yaqini mushaklarda, 1/10 qismi terida, 1/17 qismi suyaklarda saqlanadi. Qalqonsimon bezdagi yod miqdori ~6 mg ni tashkil etadi. Yodning qondagi o‘rtacha (normal) miqdori 12,6 mkg% ni tashkil etadi. Gipoterioz holatida bu miqdor 5 mkg% gacha kamayishi mumkin. Miksedema kasalligida esa bu miqdor yana ham kam bo‘ladi. Yodli gormonlar organizmning o‘sishi, fiziologik va psixik rivojlanishiga bevosita ta’sir etadi.Yodning etishmovchiligi endemik bo‘qoq kasalligini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Yer kurrasida 1960 yilga qadar bo‘qoq kasalligi bilan og‘rigan 200 mln. ga yaqin odam bo‘lgan. Bu kasallikning kelib chiqishi faqat yod miqdorining kam bo‘lishigagina emas, balki boshqa biogen elementlarning miqdoriga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, yod kam bo‘lgan biogenokimyoviy provinsiyalarda mis miqdori ham kam bo‘ladi. Shu sababli endemik bo‘qoq kasalligini davolashda yodli preparatlar bilan bir qatorda misli moddalardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Tarkibida yod saqlagan va tibbiyotda ishlatiladigan moddalar

quyidagilardir:



Yodning spirtdagi 10% eritmasi - antiseptik modda sifatida teri yuzasi, yara atrofini ishlashda qo‘llaniladi.

Lyugol eritmasi — 1 qism J2 + 2 qism KJ + 17 qism H2O - tomoq va og‘iz bo‘shliqlarini ho‘llash (dezinfeksiyalash) maqsadida ishlatiladi.

CHJ3 - yodoform - sepki va surtki dorilar tarkibiga antiseptik modda sifatida kirib, yiring bog‘lagan yaralarni davolashda qo‘llaniladi.

3.

Toksiko-farmakologik ta’sir. Biogen elementlarning biotik miqdoridan

ancha yuqori bo‘lgan konsentratsiyalarda ishlatilishi fiziologik to‘siqlarning (hujayra membranalari va boshqalar) «funksional buzilishi» orqali o‘tadi va ko‘p hollarda zaharlovchi ta’sir ko‘rsatadi.

4.

CaCl2·6H2O - qalqonsimon bezning faolligi kamayganda, kalsiemiya

hollarida, turli allergik kasalliklarda, tomir sistemasining o‘tkazuvchanligini pasaytirishda (nur kasalligi, pnevmoniya, plevrit va h. k.), turli teri kasalliklarida (qichima, ekzema, psoriaz va h. k.) qo‘llaniladi. Kuchli qon oqish jarayonini toxtatish, magniy tuzlari bilan zaharlanganda esa antidot sifatida ishlatiladi.

5.

Rux yetishmovchiligida past bo’ylik (nanizm) va ortiqchaligida bo’yning o’ta o’sib ketishi (gigantizm) kasalligi kuzatiladi.



Temir yetishmovchiligi anemiya kasalligiga olib keladi.

Mis yetishmovchiligi anemiyaga olib keladi.Misning ortiqchasi jigarda to’planishi Vilson kasalligiga olib keladi.



Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling