2 asfaltogen kislotalar spirtda, xloroformda eriydigan, benzinda yomon eriydigan smolasimon moddalar


Download 122.45 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi122.45 Kb.
#1094868
Bog'liq
BITUMLAR


BITUMLAR
BITUMLAR — uglevodorodlar va ularning azotli, kislorodli, oltingugurtli hamda tarkibida metall tutgan hosilalarining qattiq yoki smolasimon aralashmalari. Bitumlar suvda erimaydi, benzol, trixloretan va b. organik erituvchilarda toʻliq yoki qisman eriydi. Zichligi 950— 1500 kg/m3. Tabiiy Bitumlar — qazilma yoqilgʻilarning tarkibiy qismi. Ularga neft zaxiralarida mutanosiblikning buzilishi natijasida neftning kimyoviy yoki biokimyoviy oksidlanishidan hosil boʻladigan tabiiy hosilalari, mas, asfalt, keritlar, maltalar, ozokeritlar va b. kiradi.
Sunʼiy (mexanik) Bitumlar — neft, toshkoʻmir va slaneslarni kayta ishlash jarayonida hosil boʻladigan koldik mahsulotlar. Tarkibi tabiiy Bitumlarga yaqin. Neft Bitumlar iga eruvchanligi turlicha boʻlgan quyidagi guruhlar kiradi:
1) asfaltenlar (eng yuqori molekulali neft birikmalari) — xloroformda yaxshi eriydi, spirt, efir, atsetonda er. imaydi;
2) asfaltogen kislotalar — spirtda, xloroformda eriydigan, benzinda yomon eriydigan smolasimon moddalar;
3) neytral smolalar — neft moylari, benzol, efir, xloroformda eriydigan moddalar;
4) neft moylari; 5) karbenlar (yuqori molekulali moddalar) — asfaltenlarning oltingugurt ishtirokida zichlashuvi natijasida hosil boʻladigan moddalar; 6) karboidlar — organik erituvchilarda erimaydigan moddalar. Asfaltenlar Bitumlarning qattiqligi va yumshash haroratini, smolalar ularning elastiklik va yopishqoqlik xususiyatini, moylar esa sovuqqa chidamligini oshiradi.
T

orf, toshkoʻmir va slaneslarni spirtbenzol aralashmasi (1:1) bilan qayta ishlash jarayonida 10—12% miqdorida Bitumlar hosil boʻladi. Bunday Bitumlar sariq, jigarrang yoki qora rangli kattik moysimon yoxud smolasimon moddalar boʻlib, ularning elementar tarkibida 75—87% uglerod va 7—12% vodorod boʻladi. Bitumlar va ular asosida olingan mahsulotlar (asfaltbetonlar, asfaltpolimerbetonlar, ruberoidlar, bitum loklar, bitum emulsiyalar, germetiklovchi moddalar va b.) aerodromlar va avtomobil yoʻllari yuzasini koplashda, platinalar, kanallar va yoʻl qurilishida, quvurlar yuzasini qoplashda, elektr texnikasida, turli kabel va izolyatsiya materiallarini tayyorlashda, tom yopish materiallari sifatida va b. da qoʻllaniladi.
Download 122.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling