1. Oksidlar Asoslar Kislotalar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Oddiy moddalar


Download 118.45 Kb.
bet1/5
Sana31.10.2023
Hajmi118.45 Kb.
#1735625
  1   2   3   4   5
Bog'liq
anorganik-moddalarning-sinflari- (1)


Mavzu: Anorganika
Reja:
Kirish
1. Oksidlar
2. Asoslar
3. Kislotalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Oddiy moddalar. Anorganik moddalar ikkiga bo’linadi: oddiy moddalar va murakkab moddalar:
Tarkibi faqat bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Oddiy moddalarga misol sifatida davriy jadvaldagi barcha elementlarni olish mumkin. Masalan: K, Na, Al, H2, O2, O3, N2, S8, P4, C(grafit, olmos) va boshqalar. Oddiy moddalar tarkibiga ko’ra bir atomli (He, Ne, Ar, Xe, Kr), ko’p atomli (H2, N2, O2, O3, P4, S8) bo’lishi mumkin.
Oddiy moddalar ikkita guruhga bo’linadi: metallar va metallmaslar. Metall va metallmaslarni ajratish uchun 5 –element B dan 85-element At ga qarab diogonal o’tkazish kerak. Diagonalning pastida va diagonal ustidagi qo’shimcha guruhchalarda metallar joylashgan. Diagonal yuqorisidagi asosiy guruhchalarda bo’lsa metallmaslar keltirilgan (3-jadval).


1.Oksidlar
Biri kislorod bo’lgan ikki element atomlaridan tashkil topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi.
Oksidlarning umumiy formulasi RxOy. Oksidlarni nomlashda kimyoviy element nomi, kichik qavs ichida valentligi va oksidi deb nomlanadi. Cu2O - mis(I) oksidi, CuO mis(II) oksidi, BaO bariy oksidi, Mn2O7 marganes (YII) oksidi.
Oksidlar to’rt turga bo’linadi: asosli, kislotali, amfoter va betaraf yoki tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Bundan tashqari tarkibida kislorod tutgan boshqa birikmalar ham bor. Ularga peroksidlar va aralash oksidlar kiradi. Masalan, Na2O2, K2O2 va Mn3O4 , Pb3O4.

Download 118.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling