Nizomiy nomidagi tdpu tabiy fanlar fakulteti Kimyo kechki 102- guruh talabasi Mardiyev Yorqunjonning Anorganika kimyo fanidan mustaqil ishi
Download 9.85 Kb.
|
Nizomiy nomidagi tdpu tabiy fanlar fakulteti Kimyo kechki 102- g-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi :Kultaev Q
Nizomiy nomidagi tdpu tabiy fanlar fakulteti Kimyo kechki 102- guruh talabasi Ziyatova Nodirabegimning Anorganika kimyo fanidan mustaqil ishi Nizomiy nomidagi TDPU Tabiy fanlar fakulteti Kimyo kechki 102- guruh talabasi Mardiyev Yorqunjonning Anorganika kimyo fanidan mustaqil ishiTekshirdi :Kultaev QMavzu: III B va IV B guruh elementlariSc — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element; at. rakami 21, atom massasi 44,9559. Tabiatda Skandiyning fakat bir izotop i 45Sc borligi maʼlum. Skandiyning 10 ta sunʼiy radioaktiv izotoplari ichida (5nurlanuvchi izotop 46Sc (T1/2=83,9 kun)ning ahamiyati muhim. U radioaktiv indikator sifatida va tibbiyotda ishlatiladi. Skandiy nodir yer elementlar jumlasiga kiradi. Skandiyni 1879-yilda shved olimi SkandiyNilson Skandinaviyada (lot. scandia, elementning nomi ham shundan) gadolinit mineralidan olgan. Yer poʻstining massa jihatdan 610"4% ini tashkil qiladi. Skandiyning asosiy minerallari tortveytit Sc2SiO7 vasterrettit — Sc(PO4)2H2O nihoyatda kam uchraydi. Ulardan Skandiy olinmaydi. Skandiy och sariq tusda tovlanib turadigan yengil, yumshoq, bolgʻalanuvchan metall. Zichligi 3,020 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 1539±5°, qaynash temperaturasi 2700° atrofida. Skandiy kimyoviy xossalari jihatidan faol metallar jumlasiga kiradi. Havoda oksidlanishi tufayli xiralashadi. Xlorid va sulfat kislota eritmalarida yaxshi eriydi, oʻz birikmalarida, asosan, 3 valentli, ammo alohida sharoitlarda Skandiyning 2 valentli birikmalarini ham olish mumkin. Skandiy 450° da vodorod bilan gidrid (ScH2), 400—600° da galogen l ar bilan galogenidlar (maye., ScCl3) hosil qiladi. Azot bilan 600° dan yuqori trada reaksiyaga kirishadi. 800° da portlash natijasida Skandiy nitrid ScN vujudga keladi. Oltingugurt, selen va tellur bilan faqat yuqori trada reaksiyaga kirishadi. Skandiy tarqoq xrlda nodirer minerallaridan berill, volframitda va boshqa minerallarda ham uchraydi. Shuninguchun Skandiy volfram, qalay, uran va choʻyan korxonalarining chiqindilarini qayta ishlash yoʻli bilan olinadi. Sof Skandiy metali olish uchun ScCl3 yoki ScF, ni kalsiy bilan qaytariladi; bu jarayon natijasida hosil boʻlgan mahsulot 1600— 1700° da vakuumda haydaladi. Skandiyli ferritlar EHM uchun xotira elementlar tayyorlashda ishlatiladi. Skandiyning zichligi kichik, suyuqlanish temperaturasi yuqori boʻlganligi sababli undan raketa va samolyot yasash materiali sifatida foydalanish mumkinSkandiy va uning birikmalari radiotexnika va radioelektronikada, termoelektr generator, oksid katod va boshqa tayyorlashda, yadro texnikasida, metallurgiyada, shisha, keramika, kimyo sanoatida, tibbiyotda qoʻllanadi. Download 9.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling