Zichligi. Bu jihatdan tabiiy toshlar yengil va og‘ir turlarga bo‘linadi. Yengil toshlarga zichligi 1,8 g/sm3 kichik boigan vulqon tufi, tuf, pemza, chig‘anoqli ohaktosh kiradi


Download 13.72 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi13.72 Kb.
#1508907
Bog'liq
Zichlig57575757575

Zichligi. Bu jihatdan tabiiy toshlar yengil va og‘ir turlarga bo‘linadi. Yengil toshlarga zichligi 1,8 g/sm3 kichik boigan vulqon tufi, tuf, pemza, chig‘anoqli ohaktosh kiradi. Ular issiqlik izolyatsiyasi xususiyati yuqori boMgani uchun devorbop donali tosh va bloklar tayyorlaslida ishlatiladi. Og‘ir toshlarga zichligi 1,8 g/sm3 dan yuqori bo‘lgan granit, siyenit, gabbro 26 va bazalt kiradi.

Suvga chidamliligi. Suvga chidamlilik toshlaming suvda yumshash koeffitsiyenti - 0,6; 0,8 va 1,0 bilan belgilanadi. Doim suv ta’sirida bo‘ladigan joylarda bu koeffitsiyent 0,8 dan kam bo‘lmasligi, tashqi devor uchun esa 0,6 dan kam bo‘lmasligi kerak.

Yedirilish va ishqalanishga bardoshliligi. Toshlaming bu xususiyati ularning zichligi, mustahkamligi va tuzilishiga bogliq boMadi. Toshlar yo‘l qoplamalari, bino pollari, zinapoyalarda ishlatilganda toshlaming bu xususiyatlari katta ahamiyatga egadir. Mayda kristall tuzilishga ega bo‘lgan toshlar shliflanganda sirpanchiq boMgani uchun zinapoya va pollarda ishlatilmaydi.

Olovga bardoshliligi. Tabiiy toshlaming olovga bardoshliligi ularning mineral tarkibiga bog‘liq bo‘lib, olov ta’sirida buzilishi mumkin. Gipstoshi 100-120 °S, ohaktosh 900-1000 °S haroratda buzila boshlaydi. 0 ‘ta zich granitsimonlar, porfirlarda esa yuqori harorat ta’sirida yoriqlar hosil boMadi.

Xarsangtosh. Massasi 20—40 kg. uzun tomoni 50 sm. bo ‘Igan noto ‘g - ri shakldagi tog' jinslari xarsangtosh deyiladi. Xarsangtosh portlatish usulida, plitasimon xarsanglar esa ponalar va urib harakatga keltiriladigan mexanizmlaryordamida hosil qilinadi. Xarsangtosh magmatik va cho‘kindi tog* jinslariga ishlov berib olinadi. Cho‘kindi jinslar tarkibida giltuproq va pirit qo'shilmalari bo‘lmasligi kerak. Xarsangtoshning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 10 MPa dan suvda yumshash koeffitsiyenti 0,8 dan kam bo‘lmasligi kerak. Xarsangtosh isitilmaydigan bino va inshootlar qurilishida, chiqindilari esa maydalanib boton uchun to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.

Shag‘al. Shag‘al cho‘kindi tog‘ jinslami elab fraksiyalarga ajratib, gil va changdan tozalash uchun yuvib olinadi.

Chaqiqtosh. Xarsangtoshlami 5-70 mm. (150 mm. gacha) fraksiyada maydalab, chaqiqtosh olinadi. Mayda fraksiyadagi chaqiqtoshlami olish uchun xarsangtosh bir necha marta maydalanadi.

Qum. Qum 0,15-5 mm. fraksiyadagi barcha tabiiy tosh materiallarining qismidir. Qum tarkibida gil va chang miqdori me’yorlangan bo‘lib, me’yor-dan ortig‘i beton va qorishmalar xossalarini yomonlashtiradi. Shag‘al, chaqiqtosh va qum beton uchun to‘ldiruvchilar sifatida ishlatiladi. Bu materiallar tarkibida tabiiy radionuklidlar borligi haqida sertifikat bo‘lishi shart


Download 13.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling