1-ish. Mushak to‘qimalaridan oqsillarni ajratish


Download 15.04 Kb.
Sana26.03.2023
Hajmi15.04 Kb.
#1296297
Bog'liq
4-lab M.G. SAFIN,D.G‘.HAYITOV, YU.S.RUZIYEV


1-ish. Mushak to‘qimalaridan oqsillarni ajratish
Miofibrillalar – qisqaruvchi mushak hujayralari uchun xos birikmalardir. Ular miozin va aktin kabi qisqaruvchi oqsillar, tropomiozin va troponin kabi boshqaruvchi oqsillardan iborat. Miofibrill oqsillari suvda erimaydi, ammo bu oqsillarni 0,5 mol tuz eritmasi yordamida ajratib olish mumkin. Sarkoplazmaning (mushak hujayrasi gialoplazmasi) ko‘pchilik oqsillari suvda yoki kuchsiz tuz eritmasida eriydi. Bu fraksiyada mushak oqsillaridan tashqari boshqa a’zolarda uchraydigan oqsillar ham uchraydi. Mushak to‘qimalariga 5% li kaliy xlorid eritmasi ta’sir ettirilganda miofibrill va sarkopolazma oqsillari ajraladi. Kerakli biomaterial: mushak to‘qimasi.
Kerakli jihozlar:sentrifuga, sentrifuga tarozisi, sentrifuga probirkalari, chinni hovoncha, shisha kukun, oddiy probirka va shtativlar, shisha tayoqcha, pipetka, filtr qog‘ozi, doka va voronkalar,
Kerakli reaktivlar: kaliy xloridning 5% li eritmasi, natriy gidroksidning 0,1 M eritmasi, uchxlorsirka kislota (UXSK)ning 10% li eritmasi.
Ishni bajarish tartibi.Mushak to‘qimasi yog‘lardan, payli qismidan, mushak pardasidan ajratib, tarozida 2 g tortib olinadi va yaxshilab qaychi bilan maydalab, havonchaga solinadi. Uning ustiga 2 ml 5% li kaliy xlorid eritmasi va shisha kukuni solib, yaxshilab yanchiladi. So‘ng aralashmaga yana 3 ml kaliy xlorid eritmasi qo‘shib, 5 daqiqa davomida yanchishni davom ettiriladi. Shu yo‘sinda aralashma gomogen holatga keladi, uni gomogenat deyiladi. Gomogenat ikkita sentrifuga probirkalargao‘tkaziladi, bunda shisha qum qoldiqlari havonchada qoladi. Probirkalardagi aralashmalar sentrifuga tarozisida ko‘chiriladi va 5% li kaliy xlorid ertimasiyordamida muvozanatlanadi. So‘ngra probirkalar sentrifugaga joylashtiriladi va 1000 g/daqiqa aylanish tezligida 5 daqiqa davomida aylantiriladi. Bunda cho‘kma usti suyuqligi (supernatant), ya’ni xaqiqiy gomogenat ikkita boshqa probirkalarga ko‘chiriladi va yana muvozanat holatga keltiriladi, 18 probirkalar tubidagi cho‘kma esa, faqat shisha koldiqlaridan iborat bo‘lganligi uchun tashlab yuboriladi. Supernatantli probirkalar sentrifugaga joylashtirilib 4000g/daqiqa aylanish tezligida 15 daqiqa davomida aylantiriladi. Bunda hujayra bo‘lakchalari, parchalanmagan hujayralar, biriktiruvchi to‘qima tolalari cho‘kmaga tushadi va u tashlab yuboriladi. Supernatant mushak oqsillarini ekstrakti hisoblanadi va uni keyingi tajribalarda oqsillarga xos reaksiyalarni bajarishda ishlatish uchun alohida idishga solib sovitqichga ko‘chiriladi.
Download 15.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling