Sudralib yuruvchilar
Download 411.3 Kb.
|
SUDRALIB YURUVCHILAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teri hosilasi
- Nerv sistemasi
- Hazm sistemasi
SUDRALIB YURUVCHILAR Qon aylanish sistemasi Yuragi 3 kamerali, yurak qorinchasi rtasidan parda bilan 2 qismga b linadi. Lekin parda bolma va qorincha orasidagi tosiqqa yetib bormaydi. Arterial sistemasida zgarishlar yuz beradi. Awalo, yurak qorinchasidan mustaqil holda uchta qon tomiri chiqadi. Yurak qorinchasining chap qismidan ong aorta yoyi chiqadi. ong aorta yoyidan uyqu va mrov osti arteriyalari chiqadi. Yurak qorinchasining rta qismidan chap aorta yoyi chiqib, yurakning pastidan ng aorta yoyi bilan q shiladi va orqa aortani hosil qiladi. Nihoyat, yurak qorinchasining ng qismidan opka arteriyasi chiqadi va venoz qonni opkalarga olib boradi. Teri hosilasi Sudralib yuruvchilarning teri qoplamalarilari amfibiyalarning teri qoplamalaridan keskin farq qiladi va havo muhitida yashashga moslashgan belgilarga ega. Epidermisining tashqi qavati shox tuzilmalar tangacha va qalqonchalar bilan qoplangan. Bularning shakli, soni va joylashishi sudralib yuruvchilarni aniqlashda katta rol oynaydi. Kaltakesaklarning terisi tanaga yopishib turadi. Terida bezlar yoq. Faqat kaltakesak sonlarining ichki tomonida qator joylashgan son teshikchalari boladi. Bu teshikchalardan kopayishi vaqtida ipsimon moddalar eshilib chiqadi. Nerv sistemasi bosh miyasining oldingi katta miya yarimsharlari nisbatan katta bo`lib, kulrang miya moddasidan iborat po`stlog’i bor. Miya yarimsharlari orqa tomonga o`sib, oraliq miyani berkitib qo`yadi, yuqori tomondan qaraganda faqat oraliq miya o`simtalari – epifiz va tepa organlarini ko`rish mumkin. Boshtepa toq ko`zining rudimenti tuzilishi jihatdan ko`zga o`xshash bo`lib, yorug’lik ta`sirini qabul qilish qobiliyatiga ega. Oraliq miyaning pastki qismiga ichki sekretsiya bezi – gipofiz yondashgan. Reptiliyalarning miyachasi amfibiyalarning miyachasiga nisbatan ancha katta, chunki sudralib yuruvchilarning harakati xilma-xil va murakkab. Uzunchoq miya vertikal tekislikda keskin bukiladi, bu hol barcha amniotalarga xos. Bosh miyadan 11 juft bosh miya nervlari chiqadi. Orqa miyada oq va kulrang moddalar bir-biridan ajralib turgani aniq ko`rinib turadi. Orqa miyadan orqa miya nervlari chiqadi va tipik yelka hamda chanoq chigallarini hosil qiladi Hazm sistemasi Xameleonlar tilining uchi ayrili emas balki enli bo`ladi. Hozirgi yashab turgan sudralib yuruvchilar, asosan hayvonlar bilan oziqlanadi. Faqat ayrim toshbaqalar va iguanalar o`simliklar bilan oziqlanadi. Oziq ko`p sonli o`tkir tishlar bilan qurollangan jag’lari yordamida ushlab olinadi. Tishlar jag’ va tanglay suyaklariga birikadi, faqat timsohlarning tishlari maxsus chuqurchalarda (alveolalarda) joylashadi. Hozirgi sudralib yuruvchilarning tishlari deyarli bir xil, faqat ba`zi ilonlarda ixtisoslashgan yirik juft zahar tishlari taraqqiy etadi. Tishlar, asosan oziqni ushlash va tutib turish vazifasini bajaradi. Timsohlar va toshbaqalar katta o`ljadan bir bo`lagini uzib olish qobiliyatiga ega. Ko`pchilik sudralib yuruvchilar oziqni butunlay yutadi. Ilonlarning jag’ apparati tuzilishi unga og’zini katta ochishga moslashgan. Shuning uchun ham ilonlarning bosh skeletida chakka yoylari yo`qolib ketgan, jag’ apparati esa oshiq-moshiq sistemasiga aylangan, ya`ni ilonlarning yuqorigi va pastki jag’lari harakatchan. Og’iz bo`shlig’ida so`lak bezlari bo`lib, uning shilliq sekreti og’izdagi oziqni ho`llash va yutish uchun xizmat qiladi. Zaharli ilonlarda ba`zi bir so`lak bezlari zahar ishlab chiqaradigan bezga aylangan. Download 411.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling