Nizomiy nomidagi tdpu tabiy fanlar fakulteti Kimyo kechki 102- guruh talabasi Mardiyev Yorqunjonning Anorganika kimyo fanidan mustaqil ishi


Download 9.85 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi9.85 Kb.
#1472765
1   2   3   4
Bog'liq
Nizomiy nomidagi tdpu tabiy fanlar fakulteti Kimyo kechki 102- g-fayllar.org

Ittriy elementi

Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 39, atom massasi 88,9059. Tabiiy Ittriy ning bitta barkaror izotopi 39Y maʼlum. Yer poʻstida massa jihatidan 2,0-10~3%, dengiz suvida 3-10~4 mg/l Ittriy bor. Ittriy boshqa nodir metallar bilan birgalikda ksenotim, fergyusonit, evksenit, gadolinit va b. minerallar tarkibida uchraydi. Ittriy — oqish kumushrang metall. Zichligi 4,45 g/sm3. Suyuqlanish temperaturasi 1528°, qaynash temperaturasi 3320° atrofida. Brinell boʻyicha kattikligi 628 MPa, unga mexanik ishlov berish oson. MPa, unga mexanik ishlov berish oson. Ittriy havoda yupqa mustahkam oksid parda bilan qoplanadi. Metall holdagi Ittriy ilk bor Ittriy Vyoler tomonidan 1828 yilda ajratib olingan.


Ittriy qaynoq suvda havo kislorodi taʼsirida sekin oksidlanadi, mineral kislotalar bilan oson (ftorid kislotadan tashqari) reaksiyaga kiri-shadi. Quyida Ittriyning eng muhim birikmalari haqida maʼlumot keltirilgan.
Ittriy (Sh)-o ks id. Y2O3 — rangsiz kris-tallar. Suyuqlanish temperaturasi 2430°, qaynash temperaturasi 4300° atrofida; zichligi 4,85 g/sm3. Suvda erimaydi, mineral kislotalarda yaxshi eriydi. Ittriy ning nitrat, oksalat, karbonat va b. tuzlarini 800—1000° da parchalash usuli bilan olinadi. Ittriy (Sh)toksid maxsus optik shi-shalar, issiqbardosh, oʻta oʻtkazuvchan va shaffof keramik mahsulotlar, lyuminoforlar, ittriy-temir va b. ittriyli granatlar olishda qoʻllaniladi. Ittriy (Sh)-ftori d — rangsiz kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 1155°, qaynash temperaturasi 2230°; kristallogidratlar hosil qiladi. Metallotermik usulda Ittriy olish uchun ishlatiladi.

Lantan va uning birikmalari

La — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 57, atom massasi 138,9055; nodir-yer elementlaridan. Tabiiy Lantan (kimyoviy unsur) ikkita izotopdan tashkil topgan: 139La (99,911%) va radioaktiv 138La (0,089%, T1/22-10" i.). Atom radiusi 0,187 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsiyey son keltirilgan) La3+O,117 nm (6), 0,124 nm (7), 0,130 nm (8), 0,136 nm (9), 0,141 nm (10), 0,150 nm (12). Yer poʻstidagi miqdori massasi jihatdan 2,9-10~3%, dengiz suvida 2,9’10~6 mg/l. Boshqa nodir yer elementlari bilan birga monatsit, bastnezit, loparit va apatit tarkibida uchraydi va ulardan ajratib olinadi.



Download 9.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling