2-bosqich 121-guruh talabasi Qurbonova Nigina Xojagon tariqati va uning yaratilishida Abduxoliq Ĝijduvoniy faoliyati


Download 1.03 Mb.
Sana07.02.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1173899
Bog'liq
2 5251412764282330813


2-bosqich 121-guruh talabasi Qurbonova Nigina
Xojagon tariqati va uning yaratilishida Abduxoliq Ĝijduvoniy faoliyati
Movarounnahrda vujudga kelib, taraqqiy topgan mazkur tariqat xorijiy oʻlkalardan birinchi boʻlib oʻsha paytlar Temuriylar davlati tarkibiga kirganligi sababli Markaziy Osiyo bilan yagona madaniy makonda joylashgan Xuroson oʻlkasiga kirib bordi. Buxoroga kelib, Xoja Alouddin Attorning xalifalaridan boʻlmish Mavlono Nizomiddin Xomush (vaf. 860/1456) huzurida soʻfiylik taʼlimini olib ketgan Saʼdiddin Koshgʻariy (vaf. 860/1456) xojagon-naqshbandiya tariqatining Xurosonning Hirot va boshqa shaharlarida keng tarqalib, mustahkam oʻrin egallashida katta rol oʻynadi.
Shunday boʻlsa-da, xojagon-naqshbandiya tariqatining bevosita muayyan tashkilot sifatida vujudga kelishi Xoja Yusuf Hamadoniyning (440/1048 – 535/1140) oʻz taʼlimotini yoyish va shogirdlar tarbiyalash maqsadida Oʻrta Osiyoga kelishi, Buxoro shahrida xonaqoh ochib, bu yerda oʻz soʻfiylik maktabiga asos solishi bilan bogʻliqdir . Garchi Hamadoniy koʻplab muridlar tarbiyalagan, jumladan, ulardan toʻrttasi – mazkur silsilaga ketma-ket rahbarlik qilgan Xoja Hasan Andaqiy , Xoja Abdulloh Barraqiy (vaf. VI/XII a.), Xoja Ahmad Yassaviy (vaf. 562/1166) va Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy uning asosiy shogirdlari hisoblangan boʻlsalar-da, ilk ikki shogirddan keyin silsila rahbarligini oʻz zimmasiga olgan Yassaviy va Gʻijduvoniylargina xojagon taʼlimotini rivojlantirib, mazkur silsilani soʻfiylik tariqatiga aylantirishga, yaʼni oʻz mustaqil tariqatlariga – xojagoniya hamda asli xojagon silsilasidan ildiz olgan yassaviya tariqatlariga asos solishga muvaffaq boʻldilar.Shunday boʻlsa-da, xojagon-naqshbandiya tariqatining bevosita muayyan tashkilot sifatida vujudga kelishi Xoja Yusuf Hamadoniyning oʻz taʼlimotini yoyish va shogirdlar tarbiyalash maqsadida Oʻrta Osiyoga kelishi, Buxoro shahrida xonaqoh ochib, bu yerda oʻz soʻfiylik maktabiga asos solishi bilan bogʻliqdir . Garchi Hamadoniy koʻplab muridlar tarbiyalagan, jumladan, ulardan toʻrttasi – mazkur silsilaga ketma-ket rahbarlik qilgan Xoja Hasan Andaqiy (vaf. 552/1157), Xoja Abdulloh Barraqiy , Xoja Ahmad Yassaviy (vaf. 562/1166) va Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy uning asosiy shogirdlari hisoblangan boʻlsalar-da, ilk ikki shogirddan keyin silsila rahbarligini oʻz zimmasiga olgan Yassaviy va Gʻijduvoniylargina xojagon taʼlimotini rivojlantirib, mazkur silsilani soʻfiylik tariqatiga aylantirishga, yaʼni oʻz mustaqil tariqatlariga – xojagoniya hamda asli xojagon silsilasidan ildiz olgan yassaviya tariqatlariga asos solishga muvaffaq boʻldilar.
Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy, umuman, xojagon-naqshbandiya tariqati, jumladan, uning xojagoniya bosqichi asoschisi sifatida ushbu tariqatning shariat va sunnatga qattiq rioya qilish, tavba va irodat bilan boshlanuvchi sayru suluk maqomlarini bosib oʻtish, zikri xafiy hamda sakkiz rashha (hush dar dam, nazar bar qadam, safar dar vatan, xilvat dar anjuman, yodkard, bozgasht, nigohdosht, yoddosht)dan iborat boʻlgan ilk asoslarini shakllantirib berdi
Xojagon-naqshbandiya manbalari ham aynan Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniyning ushbu tariqat asoschisi ekanligini taʼkidlaydilar. Jumladan, “Rashahot ayn al-hayot” muallifi Gʻijduvoniyni “xojagon zanjirining bosh halqasi”, “xojagon tabaqasining asoschisi va azizon silsilasining boshlovchisi” deb tanishtirar ekan, uning hayot tarzi barchaga oʻrnak va barcha guruhlar uchun maqbul ekanligini maʼlum qiladi
Xojagon-naqshbandiya tariqati nafaqat islom dunyosida vujudga kelgan ilk soʻfiylik taʼlimotlaridan biri, balki paydo boʻlgan vatani – Oʻrta Osiyodan boshqa koʻpgina oʻlkalarga ham tarqalib, mazkur oʻlkalar xalqlari madaniyatiga katta taʼsir oʻtkazgan eng nufuzli tasavvuf tariqatlaridan biri ham hisoblanadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling