2-dars. Iqtisodiy tahlilning metodi va usullari


Download 48.69 Kb.
bet1/6
Sana03.12.2023
Hajmi48.69 Kb.
#1797676
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-dars. Iqtisodiy tahlilning metodi va usullari-fayllar.org


2-dars. Iqtisodiy tahlilning metodi va usullari

2-DARS. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA USULLARI
1. Iqtisodiy tahlil metodi, uning o’ziga xos xususiyatlari

2. Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan usullar


2.1. Taqqoslash usuli
2.2 Nisbiy va o’rtacha miqdorlardan foydalanish
2.3 Iqtisodiy tahlilda guruhlash usuli
2.4 Iqtisodiy tahlilda balans usuli
2.5 Zanjirli o’rin almashtirish usuli
2.6. Mutlaq farqlar usuli
2.7. Nisbiy farqlar usuli
2.8. Indeks metodi
2.9. Korrelyatsion tahlil usullari
2.10. Integral usul va uning iqtisodiy tahlilda qo’llanishi
1. Iqtisodiy tahlil metodi, uning o’ziga xos xususiyatlari.

Keng ma’noda metod – real voqelikni o’rganishdagi yondashuv uslubi, tabiat va jamiyatni tadqiq etish uslubi. Dialektika metodi umumiy tadqiqot metodi sanalib, birinchidan, barcha hodisalar o’zaro aloqadorlikda va o’zaro shartlangan tarzda o’rganilishi, ikkinchidan barcha hodisalar harakatda, o’zgarish va rivojlanishda o’rganilishini anglatadi.


Dialektika har bir jarayon, har bir hodisani yaxlit va qarama-qarshiliklar kurashi sifatida ko’rib chiqishni uqtiradi. Bundan ichki qarama-qarshiliklarni, har bir hodisa, har bir jarayonning salbiy va ijobiy jihatlarini o’rganish zarurati kelib chiqadi. Bu ham tahlilning o’ziga xos qirralaridan biridir. Masalan, ilmiy texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi o’sishi, rentabellik va boshqa ko’rsatkichlar oshishida ijobiy natija beradi, lekin bunda uning atrof-muhitni ifloslantirish, ishsizlikning ortishi va boshqa salbiy jihatlarini ham hisobga olishimiz lozim.
Tahlilda dialektik metoddan foydalanish korxonalar xo’jalik faoliyatini o’rganish barcha o’zaro aloqalarni hisobga olgan holda olib borilishi lozimligini anglatadi. Agar boshqalaridan ajratilgan holda ko’rib chiqilsa, hech bir hodisa to’g’ri tushunilishi mumkin emas. Ma’lumki, yangi texnika joriy qilinishi bilan ishlab chiqarish xarajatlari, demakki, mahsulot tannarxi ham ortadi. Lekin bunda mehnat unumdorligi o’sadi. Bu esa, o’z navbatida, mehnat haqini tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirishga imkon beradi. Demak, u yoki bu iqtisodiy hodisani tushunish va to’g’ri baholash uchun uning boshqa hodisalar bilan barcha o’zaro aloqadorligi va bog’liqligini o’rganish zarur. Bu tahlil metodining metodologik qirralaridan biri sanaladi.
Tahlilning muhim metodologik jihatlaridan biri shuki, u nafaqat sabab-oqibat aloqalarini o’rnatishga, balki ularga miqdoriy tavsif berishga imkon beradi, ya’ni faoliyat natijasiga omillar ta’sirini aniqlashni ta’minlaydi. Bu iqtisodiyot holatini aniq baholab, uning natijalari bo’yicha xulosa hamda tavsiyalarni asoslashga imkon beradi.
Tahlilda sabab aloqalarini o’rganish va o’lchashni induktsiya va deduktsiya metodi bilan amalga oshirish mumkin.
Iqtisodiy tahlilda dialektik metoddan foydalanish har bir jarayon, har bir iqtisodiy hodisani tizim sifatida, o’zaro bog’liq ko’plab elementlarning majmui sifatida ko’rib chiqish lozimligini anglatadi. Bundan tahlil ob’ektlarini o’rganishga tizimli yondashuv zarurati kelib chiqadi, bu ham uning xarakterli jihatlaridan biri sanaladi. Tizimli yondashuv o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni elementlarga maksimal detallashtirish (xususiy tahlil), ularni tizimlashtirish va sintezni nazarda tutadi.
Hodisalarni detallashtirish o’rganilayotgan ob’ektda eng muhim va asosiy jihatlarni aniqlash uchun zarur darajada olib boriladi. U ob’ekt va tahlil maqsadiga bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib, tahlil metodi korxonalar faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida reja ko’rsatkichlari tizimi, hisob, hisobot va boshqa axborot manbalarini maxsus usullar asosida qayta ishlash yo’li bilan korxonalar faoliyati natijalariga omillar ta’sirini tizimli, kompleks o’rganish, o’lchash va umumlashtirishni o’zida aks ettiradi.
Tahlilda tadqiq etiladigan omillar turli alomatlari bo’yicha tasniflanishi mumkin, bu natijaviy ko’rsatkichlar miqdorini shakllantirishda har bir omilning o’rni va ahamiyatini aniqroq baholashga imkon beradi.

Tasnifiy belgisi


Omillar guruhi


Tabiatiga ko’ra


Tabiiy-iqlim


Ijtimoiy-iqtisodiy
Ishlab chiqarish-iqtisodiy

Natijalarga ta’sir darajasiga ko’ra


Asosiy
Ikkinchi darajali



Xo’jalik sub’ektiga bog’liqlik darajasiga ko’ra


Ob’ektiv


Sub’ektiv

Tadqiqot ob’ektiga nisbatan


Ichki
Tashqi



Tarqalish darajasiga ko’ra


Umumiy
O’ziga xos



Faoliyat natijalariga ta’siri davomiyligiga ko’ra


Doimiy
Vaqtinchalik



Ta’sir xarakteriga ko’ra


Ekstensiv


Intensiv

Aks ettirilayotgan hodisalar xususiyatlariga ko’ra


Miqdoriy


Sifat

O’z tarkibiga ko’ra


Sodda
Murakkab



O’z tabiatiga ko’ra omillar tabiiy-iqlim, ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish-iqtisodiy kabilarga ajratiladi.

Tabiiy-iqlim omillari qishloq xo’jaligi, kon sanoati, o’rmon xo’jaligi va boshqa tarmoqlar faoliyat natijalariga ulkan ta’sir ko’rsatadi. Ularning ta’sirini hisobga olish xo’jalik sub’ektlari faoliyat natijalarini aniqroq baholashga imkon beradi.


Ijtimoiy-iqtisodiy omillarga xodimlarning uy-joy sharoiti, korxonalarda ommaviy-madaniy, sport va sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish, xodimlarning ta’lim hamda madaniy jihatdan umumiy darajasi va boshqalar kiritiladi. Ular korxonaning ishlab chiqarish resurslaridan yanada to’liq foydalanish va ularning mehnat samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.
Ishlab chiqarish-iqtisodiy omillar korxonaning ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish to’liqligi va samaradorligini, uning faoliyatining yakuniy natijalarini belgilab beradi.
Xo’jalik faoliyati natijalariga ta’sir darajasiga ko’ra omillar asosiy va ikkinchi darajali omillarga ajratiladi. Ikkinchi darajalilardan farqli o’laroq asosiy omillar natijaviy ko’rsatkichga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Turli omillar ichidan asosiy, hal qiluvchisini ajrata olish mahorati tahlil natijalari asosida to’g’ri xulosalar chiqarishni ta’minlaydi.
Xo’jalik sub’ektiga bog’liqlik darajasiga ko’ra omillar ob’ektiv (odamlar xohish va irodasiga bog’liq bo’lmagan, masalan, tabiiy ofatlar) va sub’ektiv (yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatiga bog’liq) omillarga ajratiladi.
Tadqiqot ob’ektiga nisbatan omillar ichki va tashqi, ya’ni mazkur korxona faoliyatiga bog’liq va bog’liq bo’lmagan omillarga tasniflanadi. Tahlilda korxona ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan ichki omillar tadqiqiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Tarqalish darajasiga ko’ra omillar umumiy (iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga ta’sir qiluvchi) va o’ziga xos (iqtisodiyotning alohida tarmog’i yoki korxonalar sharoitida ta’sir qiluvchi). Bunday bo’linish alohida korxonalar, ishlab chiqarish tarmoqlarining o’ziga xos xususiyatlarini to’liq hisobga olish va ularning faoliyatini yanada aniq baholashga imkon beradi.
Faoliyat natijalariga ta’siri davomiyligiga ko’ra doimiy (o’rganilayotgan hodisaga vaqt bo’yicha uzluksiz ta’sir ko’rsatuvchi) va vaqtinchalik (ayrimlarining ta’siri davriy hisoblanadi, masalan, yangi texnika, mahsulotlarning yangi turlari, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini o’zlashtirish va hokazo) omillar farqlanadi.
Ta’sir xarakteriga ko’ra omillar intensiv (ishlab chiqarish jarayonida mehnat qizg’inligi, sa’y-harakatlar darajasini tavsiflaydi, masalan, qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirish, qoramollar mahsuldorligini oshirish, mehnat unumdorligini oshirish) va ekstensiv (natijaviy ko’rsatkichning sifat jihatidan emas, balki miqdoriy o’sishi bilan bog’liq, masalan, ekin maydonini kengaytirish yo’li bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, hayvonlar bosh sonini ko’paytirish, ishchilar sonini oshirish va hokazo) omillarga bo’linadi.
Tarkibiga bog’liq ravishda omillar bir necha elementdan iborat murakkab (kompleks) va tarkibiy qismlarga ajratilmaydigan sodda (elementli) turlarga ajratiladi. Murakkab omilga mehnat unumdorligini, sodda omillarga hisobot davrida ish kunlari sonini misol sifatida keltirish mumkin.





Download 48.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling