2. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish. Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri. Tayanch tushunchalar
Download 18.99 Kb.
|
1-MAVZU BOLA NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI FANINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri. Tayanch tushunchalar
- Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1-MAVZU: BOLA NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI FANINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI Reja: 1. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari: til, nutq, nutqiy faoliyat. 2. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish. 3. Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri. Tayanch tushunchalar: bilingvizm, til, nutq, nutqiy faoliyat, psixolingvistik adabiyot, kommunikatsiya, munosabat, emotsional aloqalar, vaziyatli-amaliy muloqot. 1. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari: til, nutq, nutqiy faoliyat. Til - bu ijtimoiy hodisadir. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan har bir xalqning ona tili uning milliy o‘ziga xosligi va ma’naviy madaniyatining yorqin ko‘rsatkichidir. Til tafakkur bilan monand bog‘langani holda ongni shakllantiradi. Nutq va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlik nafaqat psixologik jarayonlarning chuqur bosqichlarida, balki ijtimoiy hodisalar darajasida ham namoyon bo‘ladi. So‘zning insonga, uning xulq-atvoriga ko‘rsatadigan ta’siri barchaga yaxshi ma’lum. «Garchi til bilan tafakkur bir-birisiz yashay olmasa ham ular o‘zida aynan bir hodisani ifodalamaydi. Tafakkur - obyektiv borliqning intihosi, til esa - ifoda usuli, fikmi boshqa kishilarga berish va mustahkamlash vositasi. So‘z bilan tushuncha dialogik tarzda bir-birini taqozo etadi. Hozirgi paytda mamlakatimizda tillar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda ikki tamoyil mavjud: bir tomondan, milliy tillaming yanada rivojlanishi va takomillashuvi, o‘zga tomondan esa - o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi ahamiyatining oshishi ro‘y bermoqda. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va yuzaga kelgan iqtisodiy ehtiyojlar mamlakatdagi ko‘p sonli aholining ona tili bo‘lgan o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘rganishni shart qilib qo‘ydi, bu esa ko‘p millatli jamiyat sharoitida katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Tildan foydalanish - bu ijtimoiy faoliyatning muayyan turi sohasida kishilaming o‘zaro muloqotidir. Hozirgi davr nuqtayi nazaridan olib qaralganda quyidagilar eng muhim sohalar hisoblanadi: - xo‘jalik faoliyat sohasi; - ijtimoiy-siyosiy faoliyat sohasi; - maishiy soha; - uyushtirilgan muloqot sohasi; - badiiy adabiyot sohasi; - ommaviy kommunikatsiya sohasi; - estetik ta’sir ko‘rsatish sohasi; - xalq og‘zaki ijodiyoti sohasi; - ilm-fan sohasi; - ish yuritishning barcha turlari sohasi; - shaxsiy istiqbol sohasi; - diniy soha. Biz kо‘rib chiqayotgan jihatdan olinganda esa eng dolzarbi maishiy soha va uyushtirilgan ta’lim sohasidir. Ko‘p yillik amaliyot shuni ko‘rsatdiki, bolalikda bilingvizm (ikki tillilik) bola hayotida har bir tilning tutgan o'rniga, uning ikki tillilikdan qaysi vaziyatlarda va qay darajada foydalanishiga bog‘liq holda shakllanadi. Maktabgacha yoshda ikki tillilik shakllanishining quyidagi o‘ziga xos holatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: - bola tug‘ilgan paytidan boshlab ikki tilli oilada bir tildan o‘zga tilga o‘tib muomala qilish sharoitida tarbiyalanadi; - bola oilada ona tilida so‘zlashadi, undan tashqarida esa (qo‘shnilar, qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan) o‘zga tilni o‘zlashtiradi; - bola o‘zga tilni aniq maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarda va ulardan tashqari vaqtlarda maktabgacha ta’lim muassasasida egallaydi. Psixolingvistik adabiyotlarda yozilishicha, haqiqiy ikki tillilik faqat odam hech bo‘lmaganda bitta tilda har qanday fikrni mos tarzda ifodalashga qodir boigan taqdirdagina rivojlanadi. Agarda nutq bironta tilda ham to‘laqonli shakllanmagan bo‘lsa, bu holda fikr tuzilmasi buzilib ketadi va o‘z fikrini ifodalashga bo‘lgan intilish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, bu esa nafaqat psixologik ezilishlarga, balki muloqot sifatidagi chuqur yo‘qotishlarga va inson shaxsiga ziyon yetishiga olib keladi. Yarim tillilik deb ataladigan bunday hodisa, umuman olganda, jamiyat uchun ham ancha xavflidir, chunki bunda uning a’zolarining muayyan qismi hissiyotlarini boshqara olmaydi hamda o‘z hissiyotlari, ehtiyojlari, istak-xohishlarini tegishli tarzda so‘z shakliga keltira olmaydi. Agarda inson xohlagan narsasini ayta olmasa, u boshqalar bilan teng ravishda raqobatlashishga, kommunikatsiyaning odatdagi shakllaridan foydalanishga qodir bo‘lmay qoladi hamda u o‘z-o‘zini boshqarishning qandaydir boshqa shakllariga murojaat qilishga, ba’zan esa zo‘ravonlik qilish, kuch ishlatishga majbur bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda, ilk yoshdan boshlab individning nutqiy rivojlanishini tuzatishni to‘g‘ri tashkil etish zarurdir. «Ilk start» ona tilini qabul qilishga va keyinchalik har qanday boshqa tilni o‘zlashtirib olishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi». Til qanchalik oldin egallab olinsa, bilimlar ham shunchalik oson va to‘liqroq o'zlashtiriladi» (N.I.Jinkin). Bola tug‘ilgan paytidan boshlab ijtimoiy mavjudot hisosblanadi. Uning har bir yosh bosqichidagi ijtimoiy rivojlanishi o‘z xususiyatlariga, vazifa va mazmuniga ega bo‘lib, bularni amalga oshirish uchun pedagogika sohasidagi ishlarga tegishli shart-sharoitlarni yaratish darkor. 2. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish. Bola hayoti kattalarning hayoti va faoliyatiga qo‘shilib ketgan. Lekin shunga qaramasdan, ayni paytda bola ularga ta’sir ko‘rsatishning o ‘ziga xos insoniy vositalarining birontasiga ham ega emas. Bu esa rivojlanishning ushbu bosqichidagi asosiy irsiy (genetik) vazifani, ya’ni kichkintoylarda kattalar bilan muloqot qilishning metod va vositalarini shakllantirish vazifasini belgilab beradi. Emotsional-vositasiz muloqot ushbu yoshdagi asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bolani ajratib qo‘yish, kattalar bilan emotsional aloqalarning kamligi bola hayotining birinchi oylaridan boshlaboq uning yetarli darajada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin. Go‘daklik yoshida bolaning ayniqsa kattalar bilan muloqoti jadal rivojlanadi, dastlabki mehr qo‘yish shakllanadi, ijtimoiy kutishlar vujudga keladi (bola kattalardan muayyan hayotiy vaziyatlarga mos keluvchi harakatlarni kutadi), bola bilan kattalar o‘rtasidagi sherikchilikning ilk ko‘rinishlari shakllana boshlaydi. Bola o‘zining qo‘lidan hali hech narsa kelmasa-da, biroq kattalarning harakatlarini boshqarishni o‘rganadi. Bu hoi unda nutqning hali mavjud emasligidan qat’i nazar, ro‘y beradi. Uning ixtiyorida faqat ovoz munosabatlari va imo-ishoralargina mavjud. Dastlabki so‘zlar emotsional ifodaliligi, vaziyatga mosligi va kommunikativ yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Bunday nutq avtonom yoki vaziyatga oid nutq deb ataladi, u faqat bola atrofidagi muhit bilan yaxshi tanish bo‘lgan yaqinlarigagina tushunarlidir. So‘zni dastlabki tushunish muayyan vaziyatni qabul qilish bilan uyg‘unlashgandir. Ilk so‘zlar muayyan narsalarga taalluqli bo‘lib, umumlashtiruvchi xususiyatga ega emas (soat deganda faqat devorda osilib turadigan soatlar tushuniladi). So‘z bola xulqining umumiy ko‘rinishidan joy oladi va u imo-ishora, qo‘l harakatlari, qarash-nigohlar, ifodali vositalar bilan birgalikda bir so‘zli fikrni bildirishga olib keladi («Хауr», «Ber». «Ol»). Ilk so‘zlarning paydo bo‘lishi bolani rivojlantirishning ijtimoiy vaziyati o‘zgarganidan dalolat beradi.'Endi bolaning o‘zi o‘z istak-xohishlarini ma’lum qilishi mumkin, kattalar esa og‘zaki ko‘rsatmalar yordamida uning xulq-atvorini yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bolaning bu yoshda o‘zini-o‘zi anglab yetishini unga nisbatan kattalarning munosabati in’ikosi deyish mumkin. O‘ziga nisbatan ijobiy munosabat - shaxsning normal rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. O‘ziga nisbatan salbiy munosabat esa - bolaning ilk yoshda kattalar bilan emotsional-ijobiy muloqoti kam bo‘lganligi natijasidir. Bola bilan muloqot u bilan hamkorlik asosiga qurilishi lozim. Doimo kattalarning biron narsani majburlashlari bolada faol tadqiq etish va bilishga intilishni emas, balki sustlik, faqat atrof-muhitga moslashish istagini shakllantiradi. 3. Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri. Ilk yosh (1-3 yosh). Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda bola rivojlanishiga oid ijtimoiy vaziyat sezilarli darajada o‘zgaradi. O‘z yaqinlari bo‘lmish kattalar bilan birgalikda bolaning muloqot doirasiga birinchi navbatda kichkintoyning diqqat-e’tibor va g‘amxo‘rlikka bo‘lgan ehtiyojini qondirishi lozim bo‘lgan boshqa kattalar (maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari, tarbiyachi yordamchisi) ham kirib kela boshlaydilar. Bunday sharoitda ilk yoshdagi bolalarda kattalar bilan narsalar, o'yinchoqlar va ular bilan bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar xususida muloqot qilishga ehtiyoj oshadi. Bu yoshdagi bolada kattalar bilan emotsional va amaliy aloqalar o‘rnatish qobiliyati rivojlanadi, bu unga yangi hayotiy shart-sharoitlarga moslashishga: so‘zlar, iltimoslarni baholovchi fikrlarni va boshqa kishilarning emotsional munosabatlarini to‘g‘ri qabul qilishga yordam beradi. Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga kelishi bilan uning «bola - katta yoshli odam» munosabatlar tizimidagi emotsional aloqalariga «bola - tengdoshlar» munosabati ham qo‘shiladi. Bola hayotining uchinchi yilida kichkintoylar bir-birlariga faol taqlid qila boshlaydilar, o‘zlarini ko‘rsatishga intiladilar va shu bilan birga o‘ziga nisbatan munosabatni his qila boshlaydilar, dastlabki nutqiy dialoglar paydo bo‘ladi. Ilk yoshdagi bolalarda bolalar jamiyati endigina shakllana boshlaydi. Ular bo‘sh vaqtlarining ko‘p qismini bir-birlariga yaqin turgani holda asosan yolg‘iz o‘yinlarda o‘tkazadilar. Bolalar tashabbusi bilan vujudga keladigan o‘yin jamiyatlari - diadalar (ikkitadan bo‘lib o‘ynash) barqaror emas. Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi emotsional jihatdan yorqin bo‘yoqlarga bo‘yalgan bo‘lib, u yaxshi bola bo‘lish, kattalarning talablariga javob berish, ularning ma’qullashlariga erishishga intihsh bilan bog‘liqdir. Bola hayotining o‘zga yili nihoyasida bolalar o‘zlariga nisbatan umumiy baholarni beradi: «yaxshi», «katta» va boshq. Uch yoshga kelib «men» tizimi vujudga keladi. U bolaning o‘z ismi orqali («men Yulduzxonman», «men Kamronbekman») o‘zining qaysi jinsga mansubligi haqidagi tasavvurlarini (o‘g‘il bola, qiz bola), ma’qullash, tan olishlariga («men yaxshiman») va mustaqillikka ehtiyojini («men o‘zim») o‘z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida moslashish davrining yaxshi o‘tishi uchun tarbiyachi guruhda bolalar uchun emotsional jihatdan qulay muhitni ta’minlashi zarur. Katta yoshli odam o‘z hissiyotlarini ochiq va ishonib ifoda qilar ekan, u bu bilan bolani yaxshi ko‘rishini va uning uchun qayg‘urishini, uning tashvishlariga sherik bo‘lishga tayyor ekanligini tushunishga undaydi. Bolaning ham ijobiy (quvonch, zavq-shavq va boshq.), ham salbiy (qo‘rquv, tashvish, arazlash va boshq.) his-tuyg‘ularini erkin ifoda qilishiga ko‘maklashadi. Ijtimoiy xulq-atvor va muloqotning axloqiy negizi bolaning emotsional sohasi orqali shakllanadi. Tabiiy ravishda vujudga keladigan va ataylab yaratiladigan, katta yoshli odam bolaning yordami, g‘amxo‘rligi va diqqat-e’tiboriga muhtoj bo‘ladigan turli vaziyatlardan foydalanish zarur. Bunday vaziyatlarda katta yoshli odam o‘z his-tuyg‘ularini samimiy ravishda namoyon qiladi, bolaga ham ijobiy, ham salbiy emotsiyalarni ifodalash yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Uyushtirilgan birgalikdagi harakatlarda pedagog har bir bolaga erishilgan muvaffaqiyatlardan xursand bo‘lish, zavqlanish imkonini beradi, bolaning har bir mustaqil sa’y-harakatlarini qollab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi, bola qiynalib qolsa unga sezdirmasdan yordam beradi, ayni paytda unga salbiy baho berishdan o‘zini tiyadi. Salbiy baholar bolaning boshqa bolalar bilan o'zaro munosabatlariga ta’sir qiladi va bu hol guruhda emotsional jihatdan noqulay muhitni yuzaga keltirishi mumkin. Tarbiyachi doimo boshqa bolalar oldida bolaning har qanday yaxshi harakatlariga ijobiy baho berib borishi darkor. Katta yoshli odam bolada o‘ziga nisbatan qiziqish, birgalikdagi faoliyatda, o‘yinlarda ishtirok etish istagini hosil qilishi zarur. Ushbu maqsadda u sevimli ertaklar, badiiy adabiyotlar, she’rlardan olingan holatlarni o‘yin vaziyatlariga qo‘shadi. Bolalar bilan bunday mazmunli muloqotda ular bilan tarbiyachi o‘rtasida ishonchga asoslangan munosabatlar shakllana boshlaydi va bolalarda unga taqlid qilish istagi vujudga keladi. Uch yoshga kelib bola ijtimoiy rivojlanishning quyidagi ko'rsatkichlariga ega bo‘ladi: - vaziyatli-amaliy muloqot va kattalar bilan oddiy hamkorlikni egallay boshlaydi; - kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga muhtojlik; - tengdoshlar bilan nutqiy muloqot emotsional-amaliy muloqot shakliga ega; - eng oddiy shaklda tashabbuskorlik, mustaqillikni namoyish qila boshlaydi; - o‘z imkoniyatlariga ishona boshlaydi. Uch yoshli bolalardagi markaziy yangilik - «MEN» tizimining paydo bo‘lganligidir, u o‘z navbatida bolada o‘zi harakat qilishga ehtiyojni, irodali xulq-atvor elementlarinii vujudga keltiradi. «MEN» tizimining shakllanganligi o‘ziga-o‘zi baho berish va u bilan bog‘liq kattalar talablariga mos bo‘lishga intilish paydo bo‘ladi. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg‘ulotlarni didaktik o‘yinlar, ermak o'yinlar, sahna ko‘rinishlari shaklida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ular nafaqat ko‘ngilochar tusga, balki albatta ta’lim tusiga ega bo‘lishi lozim. Xulosa: Bola uchun maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan dastlabki kunlar va oylar juda murakkabdir - chunki bolaning onasi o’rniga boshqa notanish kattalarning paydo bo‘lishi, u o‘rganib qolgan odatiy turmush tarzini izdan chiqaradi. Bu ko‘pchilik bolalarda salbiy emotsiyalar, qo‘rquvni vujudga keltirib, ushbu holat butun organizmni qamrab olishi va uning rivojlanishini anchagacha susaytirib qo‘yishi mumkin. Bunday paytda uyquning, ishtahaning buzilishi, tozalik ko'nikmalarini vaqtincha esdan chiqarish, emotsional kechinmalar (yig‘loqilik, qo‘rquv, hujumkorlik, o‘jarlik va boshq.), sustlik, o'zi mustaqil ravishda ovqatlanishdan bosh tortish holatlari kuzatiladi. Agarda pedagog xushmuomala va sabr-toqatli bo‘lsa, bu holatlar 3-6 haftada o‘tib ketadi, ayrim bolalarda esa, bundan uzoqroqqa ham cho‘zilishi mumkin. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari haqida gapirib bering. 2. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qanday amalga oshiriladi? 3. Ilk bolalikda nutq rivojlanish davrlari haqida nimalarni bilasiz? 4. Uch yoshli bolalardagi markaziy yangilik nimadan iborat? 5. Uch yoshga kelib bola ijtimoiy rivojlanishning qanday kо'rsatkichlariga ega bo’ladi? 6. Uch yoshli bolalardagi markaziy yangilik nimadan iborat ekanligini ayting? 7. 3 yoshgacha bo'lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg‘ulotlarni aytib bering? Download 18.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling