2. Ishlab chiqarish uchastkasida texnika xavfsizlik qoidalari
Download 437.14 Kb.
|
Odilbek Kurs ishi
Mundarija 1. KIRISH 2. Ishlab chiqarish uchastkasida texnika xavfsizlik qoidalari 3. Payvandlash uchastkasida sisterna vagonlarini ishlab chiqarishda payvandlanadigan detalning strukturasi 4. Ishlab chiqarish jarayonida payvandlash uskunasini tanlash 5. Ishlab chiqarish jarayonida payvandlash rejimini tanlash va hisoblash 6. Ishlab chiqarish jarayonida ishning bajarish tartiblari 7. Payvandlash choklarini tekshirish usullarini tanlash va jihozlash 8.Xulosa 9. Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Mamlakatni 2019-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2020-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturi”ning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamarsining kengaytirilgan majlisida avtomobil sanoati borasida ham to’xtalib o’tdi. O'zbekistonning avtomobil sanoati bugun - eng yuqori jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beruvchi, kezi kelganda esa yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun qayta moslashtiriladigan noyob va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o'nlab zamonaviy korxonalar demakdir. Mahalliy avtomobilsozlarimiz yaratgan avtomobillar bugun dunyodagi ko'plab davlatlarning yo'llarida o'zbek avtomobillarining ishonchliligini, sifatini va qudratini namoyon etib harakatlanmoqda. Payvandlash texnikasi va texnologiyasi hozirgi ishlab chiqarishda yetakchi o`rinlardan birini egallaydi. Ulkan supertankerlarni korpusi va inson ko`zining to`r pardasi, yarim o`tkazgich asboblarning kichkina detallari va jarohlik operatsiyalarida odam suyaklari payvandlanadi. Hozirgi mashina inshoatlarning ko`pgina konstruksiyalarini masalan, kosmik reketalarni suv osti kemalarini, gaz va neft quvrlarini payvandlash yordamisiz tayyorlashning imkoni yo`q. Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish usullariga, jumladan payvandlash texnologiyasi tobora yangi talablar qo`ymoqda. Kecha yaqinda g`alati hisoblangan materiallar payvandlanmoqda. Bularga titan, noibiy berelliyli qotishmalar, molibden, volfram, o`ta mustahkam turli qotishmalar kiradi. Elektronikaning bir necha metr qalinlikdagi detallari va og`ir jixozlarning bir necha metr qalinlikdagi detallari payvandlanadi. Payvandlash ishlari bajariladigan sharoitlar doimo murakkablashib bormoqda: suv ostida, yuqori haroratda, yuqori vakuumda, radiatsiya oshgan sharoitda, vaznsizlikda payvandlashga to`g`ri keladi. Payvandlashda yig`ishdan keying ikkinchi texnologik jarayon bo`lib qolgani bejiz emas, buni kosmonavtlarimiz dunyoda birinchi bo`lib qosmosda sinab ko`rdilar. Eramizdan 8-7 ming yil oldin eng sodda payvandlash usullari mavjud bo'lib, asosan mis buyumlar payvandlanar edi. Bunda mis avval qizdirilib, so'ng bosim bilan payvandlanar edi. Mis, bronza, qo'rg'oshin kabi metallardan buyumlar tayyorlashda o'ziga xos quyma payvandlash bilan bajarilar edi. Birikadigan detallar qoliplanib, qizdirilar va tutashadigan joyiga oldindan tayyorlangan erigan metall quyilar edi. Temir va uning qotishmalaridan buyumlarni tayyorlashda temirchilik o'chog'ida «payvand tobi» darajasigacha qizdirib, so'ng toblash natijasida buyumlar tayyorlanardi. Bu usul temirchilik o'chog'ida payvandlash deb nom olgan edi. Payvandlash usullari juda sekin rivojlangan, shuning uchun ko'pgina payvandlash jihozlari, qurilmalari va texnik usullari o'zgarishi yuz yillar davomida sezilarli darajada o'zgarmagan. Texnika sohasida keskin o'zgarishlar XIX asr oxiri XX asr bosh- larida sezila boshladi. 1802-yilda rus olimi akademik V.V. Petrov birinchi bo'lib yoy zaryadsizlanishini tadqiqot qildi va ochdi. Olim 1803-yilda yozgan «Galvanik-voltli tajribalar haqida yangiliklar» kitobida yoyli zaryadsizlanish yordamida metall erishini bayon qilgan. Yoyli zaryadsizlanish yuqori darajali issiqlik manbai va yuqori darajada yorituvchanligi bilan amaliy qo'llanishga tez kiritil- madi, chunki yoy ta'minlanishi uchun zarur bo'lgan tok kuchla- nishini yetkazib beruvchi manba yo'q edi. Bunday manbalar faqat- gina XIX asr oxirida paydo bo'ldi. Yoy zaryadsizlanish ochilishi davrida elektrotexnika endigina tashkil etilayotgan, elektrotexnik sanoati esa yo'q edi. 1821-yilda ingliz yetakchi fizigi M. Faradey elektromagnetizmni eksperimental tadqiqot qilishida elektromagnit induksiyani ochdi va shu orqali elektr yurituvchi va elektr generatorning qurilmalar prinsipini yaratdi. Ingliz fizigi D. Maksvell matematik hisoblashlar bilan jara- yonda hosil bo'ladigan elektromagnit maydon xususiyatlari borasida olib borgan tadqiqotlari natijasida tenglama ishlab chiqdi. 1888 - 1890-yillarda rus muhandisi N.G. Slavyanov eriydigan metallni elektrod bilan yoyli payvandlashni taklif etdi. XX asr boshlaridan buyon elektr yoyli payvandlash usuli metallarni biriktirishda yetakchi sanoat usuli bo'lib kelmoqda. Fransuz olimi Anri Lui Le Shatelye gaz aralashmalarini yonishini tadqiqot qilish natijasida gaz yordamida payvandlashni ishlab chiqdi. 1895-yilda u Fransiya Fanlar Akademiyasiga atsetilen va kislorod aralashmasi yordamida yuqori haroratli alanga hosil qilish haqida hisobot berdi. XX asr boshlarida birinchi marta yonuvchi gazlarni kislorod aralashmasida payvandlash uchun qo'llab ko'rdi. Birinchi atsetilen-kislorod gorelkasi konstruksiyasini Edmon Fushe ishlab chiqdi va unga Germaniyada 1903-yilda patent oldi. 1904-yilda Fransiyada kesish uchun atsetilen-kislorod gorelkasini qo'llashni sinab ko'rishdi. Birinchi bo'lib gaz yordamida payvandlash 1906-yilda Moskva texnika bilim yurtida amalga oshirildi. 1911-yildan boshlab Rossiyada avtogen ishi rivojlanishi asoschisi sifatida Peterburgdagi «Perun» zavodi hisoblanadi, bu zavodda gaz payvandlash va kesish uchun apparatura tayyorlanib, birinchi gaz payvandchilar o'qitilishi boshlangan edi. Andijon mexanika zavodi sho‘ba korxonasi “О‘zbekiston temir yo‘llari” davlat unitar korxonasi “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” korxonasi tarkibida faoliyat ko‘rsatadi. Andijon mexanika zavodi 1987 yilda tashkil etilgan bo‘lib, tarkibida maydoni Andijon shahrida 7.66 ga va Paxtaobod shahrida 28.84 ga 2 ta zavoddan tashkil topgan umumiy maydoni 36.5 ga teng Andijon mexanika zavodi sho‘ba korxonasining bosh korxonasi Andijon shahrida joylashgan bo‘lib, o‘zida nostandart, ehtiyot qismlar, yopiq vagonlar ta’miri uchun yog’ochni qayta ishlash va xalq iste’mol mollari I ishlab chiqarish bo‘linmalaridan tashkil topgan. №1 – sonli yig’uv mehanik tsexi temir yo‘l transporti korxonalari uchun extiyot qismlar, detallar hamda nostandart jixozlar tayyorlash uchun ihtisoslashgan. №2 – sonli yig’uv mehanik tsexi yuk vagonlari va nostandart jihozlar detallariga aniq ishlov berishga ixtisoslashtirilgan. №3 – sonli temir presslash tsexi metallarni qizdirib qoliblab temir yo‘l transporti harakatidagi tarkibi va er usti inshootlariga kerakli bo‘lgan detallarni etkazib berishga ihtisoslashgan. Yog’ochni qayta ishlash tsexi yuk vagonlarini yog’och mahsulotda bo‘lgan qisimlarini hamda xalq iste’mol mollari tayyorlashga ihtisoslashgan. Yordamchi bo‘linmalar zavodda quyidagilar: Kompressop bo‘linmasi, transport bo‘linmasi, ta’mirlash – mexanika bo‘linmasi, ishlab chiqarishga tayyorlash bo‘linmasi, elektriklar bo‘linmasi va ta’mirlash – qurilish bo‘linmasi. “О‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasi tarkibidagi Andijon mexanika zavodi sho‘ba korxonasi Pahtaobod bo‘limi 2 – zavod xisoblanib, uning quyidagi bo‘limlari mavjud. № 1 sonli Vagon – ta’mirlash tsexi belgilangan reja bo‘yicha vagon – sisternalar, poluvagonlar, yopiq vagonlar, platformalar, avtomobil tashuvchi vagonlar va boshqa vagonlarni ta’mirlash ishlari, hamda texnik sharoitda kelib chiqqan holda yopiq vagonlar, yarim ochiq vagonlar va platformalarni mukammal ta’mirlash ishlarini bajaradi. № 2 sonli Vagon – ta’mirlash tsexi vagon sisternalarni mukammal ta’mirlash, platformalarni sement tashuvchi vagonlarga modernizatsiya qilish va yangi 4 o‘qli vagon sisternalarni ishlab chiqarishga ihtisoslashgan. Gildirak – rolik tsexi yangi gildirak juftliklarini tayyorlash va ta’mirlashga ihtisoslashgan. Avtonazorat bo‘limi yuk vagonlarni avtomatik to‘xtatish moslamalari sinovdan o‘tkazish uchun kerakli jihozlar va sinov uskunasi bilan jihozlangan. Telejka, kuch qaytarish – tortish moslamalari ta’mirlash sexi quyidagi bo‘linmalardan iborat: Telejka va avtosepkani yuvish bo‘linmasi; telejka detallarni qismlarga bo‘lish va defektasiya qilish bo‘linmasi; telejka detallarni ustki qismini payvandlash bilan qayta tiklash bo‘linmasi; pritseplar jamlamasini tekshirish bo‘linmasi; triangellar ta’mirlash va sinovdan o‘tkazish bo‘linmasi; telejkalarni yig’ish bo‘linmasi; avtosepkalarni qismlarga bo‘lish va defektatsiya qilish bo‘linmasi; avtosepka ustki qismlarini payvandlash yo‘li bilan qayta tiklash bo‘linmasi; payvandlash yo‘li bilan qayta tiklash qismlarga mexanik ishlov berish bo‘linmasi; avtostsepkani yig’ish bo‘linmasi. Bundan tashqari filialda bo‘yash bo‘limi, drobistro‘y va mexanik tayyorlov bo‘linmasi mavjud. Download 437.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling