2-Laboratoriya ishi O‘rnatilgan tizimlarni loyihalash vositalari bilan tanishish va ularda ishlashni o‘rganish (Arduino ide va vbb dasturlari). Kompyuterga vbb ni o’rnatish Ishdan maqsad


Download 420.67 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1263802
Bog'liq
2-laboratoriya ishi


2-Laboratoriya ishi
O‘rnatilgan tizimlarni loyihalash vositalari bilan tanishish va ularda ishlashni o‘rganish (Arduino IDE va VBB dasturlari).
Kompyuterga VBB ni o’rnatish
Ishdan maqsad: Arduino IDE va Virtual Bread Board (VBB) dasturlarini o’rnatish, imkoniyatlarini bilan tanishish.


1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish:
Arduino platalariga dastur o’rnatishda asosiy dasturlar - Arduino IDE, Virtual Bread Board (VBB), mBlock, FLProg dasturlari xisoblanadi. Bu dasturlar ichida Arduino IDE dasurida kodni o’zingiz hohlagan ko’rinishda yozishingiz mumkin. Boshqa dasturlar Virtual ko’rinishda dastur strukturasini va virtual apparat ta’minotini o’z ichiga oladi. Misol tariqasida quyidagi dasturni ko’rib chiqamiz.
Arduino IDE dasturi
Dasturni o’rnatish uchun uni maxsus saytdan yuklab olishimiz zarur:
https://biblprog.org.ua/ru/arduino_ide/download/
Arduino dasturini kompyuter xotirasiga o’rnatib bo’lganingizdan keyin keying dasturga o’tamiz.
Virtual Bread Board dasturi.
Ushbu dasturning imkoniyatlari juda kattadir. Chunki bu dastur apparat ta’minotidan tashqari dasturni virtual yig’ilgan sxema(plata)ga o’rnatish va simulyatsiya jarayonini vitual tarzda amalga oshirish imkoniyatini o’z ichiga oaldi.
Dasturni o’rnatish uchun uni maxsus saytdan yuklab olishimiz zarur:
https://soft.mydiv.net/win/files-VirtualBreadboard.html
Dastur faylini saytdan yuklab olgandan keyin quyidagi tartibda o’rnatamiz:
VBB.exe faylini ikki marta bosasiz.

1-rasm. Dasturni o’rnatish bosqichi



2-rasm. Dasturni o’rnatish bosqichi

Dasturni o’rnatin bo’lganingizdan keyin dastur oynasi ochiladi.



3-rasm. Dastur ishchi oynasi (Kirish)

NEW bo’limini tanlab OPEN tugmasi bosiladi va quyidagi ko’rinishda ishchi oynamiz xosil bo’ladi:



4-rasm. Dastur bosh ishchi oynasi

Menyular paneli quyidagilarni o’z ichiga oladi:


File;
Edit;
Tools;
Help.
Ishchi oynamizda elementlar paneli mavjud:

5-rasm. Elementlar paneli

Bu yerda bizga kerakli elementlar mavjud. Bundan tashqari elementlar paneli bo’limi ham mavjud bo’lib, kerakli bo’lim ustiga bossangiz turi, markasi, rangi kabi elementlar paneli mavjud:



6-rasm. Elementlar paneli (umumiy)

Biz kerakli plata yoki elementlarni ushbu panellardan foydalanib ishlatishimiz va simulyatsiyani amalga oshirishimiz mumkin.


Bundan tashqari ishchi oynada quyidagi qo’shimcha funksiyalar mavjud:

7-rasm. yordamchi elementlar paneli


2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
LED diod lampasini yonib o’chish amalini bajarish. Buning uchun bizga:
Arduino UNO platasi;
Maket platasi;
220 Om qarshilik;
va ulash uchun similar kerak bo’ladi.
VBB dasturi ishchi oynasini ochamiz va Arduino UNO platasini va maket platani ishchi oynaga joylashtiramiz:
LED diod lampaning oyog’i uzun tarafi «musbat», oyog’i kalta tarafi esa «manfiy» oyoqlari xisoblanadi. Biz «musbat» oyog’ini 3 portga, «manfiy» tarafiga resistor orqali GROUND portiga quyidagi tartibda ulaymiz:

8-rasm. VBB dasturida eng soda yig’ilgan sxema ko’rinishi
3. Tajribada olingan natijalarni ishlash.
Virtual Bread Board dasturi yordamida sxemalarni yig’ish:
1. 2 ta yonib o’chuvchi LED diod lampasining sxemasini yig’ing.
2. 3 ta yonib o’chuvchi LED diod lampasining sxemasini yig’ing.
3. 4 ta yonib o’chuvchi LED diod lampasining sxemasini yig’ing.
4. 5 ta yonib o’chuvchi LED diod lampasining sxemasini yig’ing.
5. 6 ta yonib o’chuvchi LED diod lampasining sxemasini yig’ing.


4. Hisobot mazmuni.
Laboratoriya ishining hisobotida quyidagilar kеltirilishi shart:
1. Ishning maqsadi.
2. O‘rganilayotgan laboratoriya ishidan tushuncha.
3. Sxemalar ko’rinishlarini word dasturida elektron shaklda tayyorlash.
4. Berilgan topshiriqlar bo’yicha yig’ilgan sxemalar.

5. Nazorat savollari.
1. Arduino IDE dasturi imkoniyatlari haqida nimalarni bilasiz?
2. VBB dasturi imkoniyatlari haqida nimalarni bilasiz?
3.Arduino UNO platasi haqida nimalarni bilasiz?
Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling