№2 Mа’ruzа Bitumli yoʻl emulsiyalari. Mastika va germetiklar(6 soat) Reja


Download 68.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi68.37 Kb.
#1829055
  1   2   3   4
Bog'liq
2 Mа (1)



№2 Mа’ruzа 
Bitumli yoʻl emulsiyalari. Mastika va germetiklar(6 soat) 
Reja: 
1.Toshkoʻmir qatroni va uning xossalari.
2.Torf va yogʻoch qatronlari va ularning xossalari.
3.Qatronning fizik-mexanik xossalari.
4.Yoʻl qatronlarini tayyorlash.
5.Bitumli yoʻl emulsiyalari ning tasnifi, tarkibi va tashkil etuvchilari.
6.Bitumli yoʻl emulsiyalarini tayyorlash.
7.Ishqorli emulsiyalarning hosil boʻlishi.
8.Bitumli yoʻl emulsiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi.
9.Emulgatorlar. Emulgatorlar turlari.
10.Faol qoʻshimchalar va ularning turlari.
11.Avtomobil yoʻllari qoplamalari choklari uchun mastikalar, mastikalarning xossalari.
12.Gidroizolyatsiya materiallar.
13.Gidroizolyatsion materiallar turlari va xossalari. 
Bitumlar tabiiy bitum, neft bitumlari va asfaltli jinslar turlari bo‘ladi. Tabiiy 
bitumlar neftni er qatlamlarida filtrlanishi natijasida hosil bo‘ladi, tozaligi bilan neft 
bitumlaridan farqlanadi, ammo oz miqdorda uchraydi. Neft bitumlari neftni organik 
sintez qilish natijasida olinadi. Qatronlar toshko‘mir (qo‘ng‘ir ko‘mir), yog‘och va sh.k. 
dan koks va pista ko‘mir olish jarayonida hosil bo‘ladi. Bitum va qatronlar termoplastlar 
bo‘lib, suvda erimaydi, lekin organik erituvchilarda osongina eriydi, atmosfera muxiti 
ta‘sirida «eskiradi», ya‘ni bog‘lovchilik xossalari kamayadi. Ular suv o‘tkazmaydi, 
kislota, ishqor, tuz eritmalariga, gazlarga chidamli va yog‘och, tosh, metall va boshqa 
materiallarga puxta yopishadi.
Bitumlar. Bitum tarkibida moy, smola, asfaltenlar, karbenlar va karboidlar bor. 
Bitumda moy 60% gacha, smola esa 30% gacha bo‘ladi. Asfaltenlar bitumlarga qattiqlik 
beruvchi moddalardir. Karben va karboidlar uglerodli qattiq moddalardir. Bitum 
qattiqligi (0,5-22 mm), yumshash xarorati (40-95
0
S), cho‘ziluvchanligi (1-40 sm) bilan 
farqlanadi. Uning zichligi 0,8-1,3 g

sm
3
, issiq o‘tkazuvchanligi 0,5-0,6 Vt

(m

0
S), 
alangalanish xarorati 230-240
0
S, suvda eruvchanligi 0,2-0,3% (massaga nisbatan) teng. 
Bitum ishlatish soxasiga nisbatan qurilish, tombop va yo‘lbop to‘rlarga bo‘linadi. 
Bitumlar bino va inshootlarning er osti va usti qismlari gidroizolyatsiyasida, o‘rama 
gidroizolyatsiya 
materiallari, 
mastikalar, 
pastalar, 
germetiklar, qorishmalar va 
asfaltbetonlar tayyorlashda ishlatiladi. 

Download 68.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling