2. Mashina va mexanizmlarning xavfli zonalariga nimalar kiradi Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar qarshiliklari yig'indisi sifatida olinadi


Download 1.89 Mb.
bet1/2
Sana05.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1079786
  1   2
Bog'liq
amaliy ish 2




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI


Fanidan


2 amaliy ish


Bajardi:
Komyuter injiniringi ta’lim yo‘nalishi

021-19 guruh talabasi


Abdikulov sherzod




Qabul qildi: Qodirov F
Toshkent 2022
1. Inson organizmining elektor tokiga qarshiligi
2. Mashina va mexanizmlarning xavfli zonalariga nimalar kiradi

Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar qarshiliklari yig'indisi sifatida olinadi.


Inson organizmining tok ta’siriga ma’lum qarshiligi, shuning­ dek, tokning kuchlanishi ma’lum ta’sir darajasini belgilaydi, chunki inson organizmining qarshiligi o‘zgarmagan holda, kuchlanish ko'payishi natijasida: organizmdan oqib o'tgan tok miqdori oshib ketadi.


Teri, asosan quruq va o'lik hujayralaming qattiq qatlamlaridan tashkil topganligi sababli katta qarshilikka ega va u umuman inson organizmining qarshiligini ifodalaydi.


Organizm ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas. Odamning quruq, zararlanmagan terisi 2.000 dan 20.000 Om gacha va undan yuqori qarshilikka ega bo‘lgani holda, namlangan, zarar­ langan teri qarshiligi 40—5000 Om qarshilikka ega bo‘ladi va bu qarshilik inson ichki a’zolari qarshiligiga teng hisoblanadi. Aytil-ganlami hisobga olgan holda umuman texnik hisoblar uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan.

Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning miqdori uning asoratini belgilaydi, ya’ni oqib o‘tgan tok qancha katta bo'lsa, uning asorati ham shuncha katta bo'ladi.


Inson organizmi orqali 50 Gs li sanoat elektr tokining 0,6—1,5 mA oqib o'tsa, buni u sezadi va bu miqdordagi tok sezish chegara-sidagi elektr toki deb ataladi.


Inson organizmi elektor tokini o`tkazish hususiyatiga egan ekanligini hisobga olsak uni elektor toki kuchini ortib borishi inson hayotiga katta xavf hatarni vujudga keltiradi

2.
Mashina va mexanizmlarning inson hayotiga va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan holatlarni vujudga keltiradigan joylari xavfli zona deb ataladi. Xavfli zonada asosan mashina va mexanizmlarning ochiq holdagi aylanadigan va harakatlanadigan qismlaridan iborat.


1-rasm
Rasmda ifodalangan qurilmamizda aylanayotgan qirquvchi asbob yoki detal, qayishli, zanjirli va tishli uzatmalar, harakatlanuvchi stanoklarning ishchi stollari, konveyerlari, yuklami bir joydan ikkinchi joyga ko'chirib yuradigan yuk ko'tarish mashinalari va h.k. Aylanuvchi qismlar bilan ishchilarning kiyimidan yoki sochidan ilintirib olishi mumkin bo'lgan mexanizmlar, ayniqsa, xavfli hisoblanadi. Shuningdek, xavfli zonalar qatoriga mashina va mexanizmlarda ishlaganda elektr tokidan zararlanish, issiqlik, elektromagnit, ionlashgan nurlar, shovqin, titrash, ultratovush, zaharli gaz va bug'lar ta’siriga tushib qolish ham kiradi.


Stanoklarda ishlayotganda qirqimlarning uchib ketishi, ishlatilayotgan asbobning sinib otilib ketishi, detail yaxshi siqib ushlanmaganligi natijasida otilib ketib ishchilami jarohatlashi ham xavfli zonaga kiritiladi.


Xavfli zonalar doimiy, harakatlanuvchan va vaqti-vaqti bilan paydo bo'ladigan turlarga bo'linadi. Doimiy xavfli zonaga qayishli, zanjirli va tishli uzatmalar, stanoklarning qirqish zonalari va harakatlanuvchi valiklar kiradi. Harakatlanuvchan xavfli zonaga prokat qilish stanlari, potok liniyalari, konveyerlar, qirqish joyi o'zgarib turadigan agregat stanoklari va boshqalar kiradi. Vaqti-vaqti bilan paydo bo'ladigan xavfli zonalarga yuk ko'tarish kranlari, kran balkalar, tal va telferlar kiradi. Chunki bu qurilmalar hudud bo'ylab ish joylarini doimiy o'zgartirib turadi va qayerda ish bajarayotgan bolsa, shu yerda xavfli zona vujudga keladi.


3. 2.1. Mashg‘ulotning maqsadi:


Bu topshiriqning asosi insonni elektr tokining urish xavfining darajasini aniqlaydigan omillarini o‘rganish hisoblanadi. Tok zanjiriga insonni ulanish sxemalarining tahlili va yerga qisqa tutashuvda elektr tokining tarqalish jarayoni tushuntiriladi. Elektr xavfsizlikni ta’minlash uslublari sifatida izolyasiyaning himoyalash uslublari, yerga ulash, shaxsiy himoya vositalari, himoyaviy uzish, to‘sish (blokirovka) va signalizatsiya, yuqori kuchlanishni past kuchlanish tarmog‘iga o‘tishi va saqlanib koladigan zaryadlardan himoyalashlar o‘rganiladi. Elektr qurilmalarga xavfsizlik talablari, elektr qurilmalarning xavfsizlik nuqtai nazaridan sinflarga bo‘linishi, ishlab chikarish binolarining sinflarga bo‘linishi, elektr qurilmalarda bajariladigan ishlar tafsiflari va sinflarga bo‘linishi ko‘rib chiqiladi.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling