2-mavzu: Autocad dasturi. Kompyuterda chizma chizishga doir ma’lumotlar. Qog‘oz formatini tanlash va burchak shtampini chizish


Download 0.51 Mb.
bet1/3
Sana12.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1264113
  1   2   3

2-mavzu: AutoCAD dasturi. Kompyuterda chizma chizishga doir ma’lumotlar. Qog‘oz formatini tanlash va burchak shtampini chizish



chop etish qurilmasi­ning chegara chizig’i
Odatda chizma AutoCAD ning Model qati oynasida chiziladi. Chizmani chop etishga taxlash esa Лист (Layouts) qati oynasida bajariladi. Лист qatiga birinchi marta o‘tilar ekan Modelda chizilgan barcha chizma bitta Ko‘rinish oynasi (Видовый экран) da joylashadi (1-rasm). Punktir chiziq chop etish qurilmasi­ning chop etish sohasini bildiradi, ya’ni punktir chiziqdan tashqarida joylashgan chizma chop etilmaydi. Chop etish chizig‘ining chegara chizig‘i tanlangan printer va plotterga bog‘liq. Lazer printerlari uchun 5-6 mm tashkil qilsa, purkagichli printerlar uchun uch tarafdan 5-6 mm va chop etishni tugash tomonidan esa 12-20 mm tashkil qiladi.

Qog’oz chegarasi

Ko’rinish oynasi chegarasi

1-rasm.
Model qatidan birinchi marta Лист qatiga o‘tilayotganda qog‘oz o‘lchamlari va chop etish qurilmasini va usullarini tanlash uchun Параметры листа muloqat oynasi chiqadi. (2-rasm). Bu muloqat oynasini Файл menyusining Диспетчер параметры листов bo‘limi orqali ham chaqirsa bo‘ladi.
Bu muloqat oynasining ayrim bo‘limlari bilan tanishaylik:

  • Принтеры/плоттеры bo‘limining Имя darchasidan chop etish qurilmasi tanlanadi. Qurilma xossalarini Свойства tugmasidan o‘zgartirish mumkin.

  • Формат листа bo‘limida chop etish qurilmasiga mos standart o‘lchamlar tanlanadi. Agar chop etish qurilmasi tanlanmagan bo‘lsa, unda ixtiyoriy standart qog‘oz o‘lchamini tanlash mumkin. Qog‘oz parametrlarini chop etish paytida ham tanlash yoki o‘zgartirish imkoni bor.

  • Ориентация чертежа bo‘limida tanlangan qog‘ozning vertikal (Книжная) yoki gorizontal (Альбомная) holatida joylashishi tanlanadi. Повернуть bayroqchasi qo‘yish bilan chizmani chop etish oxiridan boshlanadi.


2-rasm
- Печатаемая область bo‘limida chop etish uchun soha tanlanadi. U yerda 4 holdan biri tanlanadi (3-rasm).
Границы – chop etish qurilmasi ruxsat etgan chegara bo‘yicha listdagi barcha ob’yektlar chizmasini chop etadi.
Экран – chizmaning ekranda ko‘ringan qismini chop etadi.
Рамка – bu usul tanlanganda sichqoncha bilan ekranda chop etila­digan to‘rtburchak soha ko‘rstilishi talab qilinadi. Soha diagonal bo‘yicha ikki chekka nuqtalarini ko‘rsatish orqali tanlanadi. Ko‘rsatilgan soha chop etiladi.
Лист – listda joylashgan barcha chizma chop etiladi. Модель qatidan chop etish paytida List o‘rniga Limit (chizishi chegarasi) da joylashgan barcha chizma chop etiladi.
- Смещение от начало bo‘limida (2-rasm) qog‘oz pastki chap burchagidan tanlangan sohani X va Y yo‘nalishi bo‘yicha necha mm ga siljitib chop qilish ko‘rsatiladi. Центрировать tanlansa, chizmani qog‘oz o‘rtasiga joylashtirib beradi.
- Масштаб печати bo‘limida chop etiladigan sohani qog‘ozga joylashtirish uchun masshtab tanlanadi. Вписать belgilansa chizma ko‘rinishiga masshtabni AutoCAD o‘zi tanlab, to‘lasincha tanlangan qog‘oz formatiga joylab beradi. U tanlagan masshtab standartga mos kelmaydi. Масштаб degan joydan esa foydalanuvchi o‘zi standart kattalashtirish yoki kichiklashtirish masshtabini tanlaydi. Odatda chizma ko‘rinishi Лист qatida chop etishga tayyorlangach, masshtabi 1:1 tanlab chop etiladi. Chizmaning o‘ziga esa Listdagi ko‘rinish oynalarida (model muhitida) aniq masshtab tanlanadi (4-rasm).
Масштабировать вес линий orqali chiziq yo‘g‘onliklarini masshtabga qarab mos ravishda o‘zgartirish yoki o‘z yo‘g‘onligida qoldirish ko‘rsatiladi.
- Просмотр… tugmasi orqali chop etiladigan chizma qog‘ozda qanday joylashishini ekranda ko‘rish mumkin. Agar qog‘ozda joylashishi ma’qul bo‘lmasa, yana Параметры листов oynasiga qaytib qog‘oz parametrlari o‘zgartiriladi. Chop etish qurilmasi tanlanmagan bo‘lsa, pechat qilish va oldindan ekranda ko‘rish (Просмотр) imkoni bo‘lmaydi.
Ko‘rinish oynasining chegara chiziqlari qog‘ozga chiqmasligi uchun uni chop etilmaydigan (Defpoints) qatga o‘tkazish kerak.
Ko‘rinish oynasi uchun chizma masshtabini tanlash:

1. Ko’rinish oynasi yaratish uchun dialog oyna chaqiradi;
2. Diagonal bo’yicha ikki nuqta ko’rsatib to’rtburchakli Ko’rinish oynasi yaratish;
3. Bir necha nuqtalar ko’rsatib ko’pburchakli Ko’rinish oynasi yaratish;
4. Chizilgan yopiq konturli figurani Ko’rinish oynasiga aylantirish;
5.Ko’rinish oynasini chegaralarini qirqish orqaliyangicha ko’rinishga o’tkazish;
6. Aktiv Ko’rinish oynasidagi chizmaga masshtab tanlash;




1 2 3 4 5 6
4-rasm.

185

5-rasm
Chop etish uchun qog‘ozning barcha parametrlari tanlangach, ko‘rinayotgan puntir chizig‘i yaqinroq ichki tomonlari bilan qog‘oz uchun ramka chizig‘i va chap burchakda shtamp chiziladi. Ramka va burchak shtampi kesma chizish buyrug‘idan foydala­nib chiziladi. Burchak shampining o‘lchami 5-rasmda keltirilgan.Chizma uchun kerak bo‘ladigin chiziq turlari Linetype buyrug‘i bilan yoki Формат menyusidagi Типи линий… bo‘limi orqali ochiladigan muloqat oynadan tanlanadi (6-rasm). Bu muloqat oynadi faqat bir xil chiziq turi mavjud. Boshqa chiziq turlarini tanlash uchun muloqat oynasining Загрузить tugmasi bosiladi va barcha chiziqlar ro‘yxatining oynasi chaqirilib (7-a,rasm), u yerdan ketma-ket chizmada ishlatiladigan bir necha chiziq turi o‘rnatiladi. O‘rnatilgan chiziq turlaridan chizmada foydalanish imkoni bo‘ladi (7-b,rasm).

6-rasm

а)


б)

7-rasm

Tanlangan shtrix chiziqlar turi chizma masshtabiga to‘g‘ri kelmasa, shtrix chiziqlar uzun yoki qisqa bo‘lib ko‘rinadi, hatto to‘g‘ri chiziq bo‘lib ko‘rinadi. Unda chiziqlar masshtabini o‘zgar­tirish kerak. Chiziq uchun masshtab koeffisiyenti Глобальный масштаб yoki Текуший масштаб bo‘limidan tanlanadi (6-rasm). Gobalnыy masshtab – barcha chiziqlarga ta’sir etadi, Tekushiy masshtab – yangi chizilayotgan chiziqqa turiga tegishli bo‘ladi. Umumiy masshtab har ikkala masshtab koeffisiyentlarining ko‘paytmasiga teng.
O‘rnatilgan chiziq turini jihozlar panelidagi «tipi liniy» tugmasini bosib olishimiz mumkin (7-b, rasm). Xuddi shu yerdan Другой bo‘limidan yana chiziq tanlash uchun 7-a,rasmdagi oynani chaqirib olishimiz ham mumkin.
Chiziq yo‘g‘onligini tanlash
Chizmada chiziqlarga turlicha yo‘g‘onlik tanlashga to‘g‘ri ke­ladi. Chiziq yo‘g‘onliklari Формат menyusining Веса линий bo‘li­mi­dan chaqiriladigan Параметры веса линий muloqat oynasidan o‘rnatiladi (8-a,rasm). Bu oynani AutoCAD oynasining holat qatoridagi ВЕС tugmasiga «sichqoncha»ning o‘ng tugmasi orqali ham chaqirib olish mumkin. Odatda chiziq yo‘g‘onligi По слою, ya’ni chizilayotgan qat uchun o‘rnatiladi va uning yo‘g‘onligi По умолчанию bo‘limida tanlanadi. Jihozlar panelidagi Вес линий tugmasidan ham chiziq yo‘g‘on­ligini tanlash mumkin (8-b,rasm).

Tanlangan chiziq yo‘g‘onligi belgilangan ob’ktlar uchun taalluqli bo‘ladi. Agar birorta ob’yekt belgilanmagan bo‘lsa keyingi chizilayotgan elementlar tanlangan yo‘g‘onlik bilan chiziladi. Chiziq yo‘g‘onligi ekranda ko‘rinishi uchun holat qatoridagi ВЕС tugmasi bosilgan bo‘lishi kerak. Chiziq yo‘g‘onligi ekranda ko‘rinmas holatida turgan bo‘lsada, qog‘ozga chop etganda o‘z yo‘g‘onliklari bilan chop etiladi. Chiziq yo‘g‘onligini qog‘oz masshtabiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z yo‘g‘onligi bilan chop etish yoki qog‘oz masshtabini hisobga olib ham chop etish imkoni bor. Bu parametr chop etish paytida tanlanadi (2-rasmga qarang).
Matn uchun AutoCADning vektorli shriftlardan yoki Windows tizimidagi bor standart shriftlardan foydalanish mumkin. Vektorli shriftlarning tipi *.shx ko‘rinishida bo‘ladi (10-rasmga qarang). Vektorli shriftlarga yo‘g‘onlik xuddi chiziqqa qo‘llangandek qo‘llaniladi. Windows shriftlari uchun chiziq yo‘g‘onligini tanlab bo‘lmaydi.
Matn bir qatorli Однострочный yoki ko‘p qatorli Многострочный bo‘lishi mumkin.
Matn kiritish va kiritilgan matnni tahrirlash uchun jihozlar panelidagi tugmalardan foydalaniladi. Quyida matnni kiritish va tahrirlash uchun ishlatiladigan tugmalarning ayrimlari keltirilgan:



ko‘p qatorli Многострочный matn yozish buyrug‘ini chaqiradi; yozish sohasi (chegarasi) ko‘rsatilgach 9-rasmdagi oynani ochib beradi.



bir qatorli Однострочный matn yozish buyrug‘ini chaqiradi.



ko‘rsatilgan matnni tahrirlash imkonini beradi; agar ko‘p qatorli matn bo‘lsa, 9-rasmdagi tahrirlash oynasi ochiladi, bir qatorli matn esa joyida o‘zgartiriladi.



matn stilini yaratish uchun muloqat oynasini chaqiradi (10-rasm)

-

belgilangan matnni balandligini tayanch nuqtasiga nisbatan yangi qiymat berib o‘zgartirish

Bir qatorli matn yozish uchun chizmada boshlang‘ich nuqta sichqoncha yordamida ko‘rsatiladi, so‘ngra shrift balandligi va yo‘nalish qiyaligi navbatma-navbat kiritiladi. So‘ngra matn matni yoziladi. Yangi qatorga Enter bilan o‘tiladi. Enter ketma-ket bosilsa, matn yozish tugatilati. Ko‘p qatorli matn joylanishi uchun to‘rtburchak soha qarama-qarshi ikki nuqtasi orqali ko‘rsatiladi. Ekranda matn kiritish uchun muloqat oynasi paydo bo‘ladi (9-rasm). Bu muloqat oynasida oldindan yaratilgan matn stillaridan foydalanish; shrift turini va balandligini tanlash; matnga rang berish; matnni to‘rburchak sohaning chap, o‘ng yuqori, past, o‘rtasiga joylash; qatorlar orasi intervalini o‘zgarti­rish; qiya yozish; harflar oralig‘i masofalarini va enini o‘zgartirish; simvollar kiritish va boshqa imkoniyatlari mavjud. Bu o‘zgartirishlar matnning belgilangan qismiga ta’sir etadi. Matnni biror fayldan import qilib olish ham mumkin. Muloqot oynaning lineykasi yordamida abzas chegaralarini va matn yozilgan to‘rtburchak sohaning o‘lchamini o‘zgartiriladi. Undan tashqari matn sohasiga rang berish, chizmadagi fon ustiga yozish va bu fonning matnga nisbatan ko‘rinish darachasini foizlarda tanlash mumkin.
Buyruqlarni muloqat oynasidagi (9-rasm) tugmachalar (piktogrammalar) yordamida yoki matn yozilayotgan sohaga «sich­qoncha»ning o‘ng tugmasini bosib chaqirilayotgan menyudan bajarish mumkin.

9-rasm

Chizmada ko‘p qo‘llaniladigan ayrim belgilar quyidagicha tanlanadi: - diametr belgisi %%s orqali,  - gradus belgisi %%d orqali va  - plyus-minus belgisi %%p orqali yoziladi (bu yerda s, d, p harflari lotin tilida yozilishi kerak) .


Формат menyusining Текстовые стилы… bo‘limi orqali yangi stillar (namuna) yaratish yoki yaratilgan stillarni o‘zgartirish uchun muloqat oynasi chaqiriladi (10-rasm). Odatda Стандартный stili o‘rnatilgan bo‘ladi. Yaratilayotgan stillarga nom berib saqlab qo‘yiladi. Keyinchalik teks yozish va tahrirlash paytida bu stillardan foydalanish imkoni paydo bo‘ladi. Bundan tashqari stilga biror o‘zgartirish kiritilsa, chizmada shu stil bilan yozilgan barcha matn o‘z-o‘zidan mos ravishda o‘zgaradi. Matnni tahrirlash uchun matn ustiga sichqonchani ikki marta chertib olish kerak yoki - tugmadan foydalanish kerak.



10-rasm.
Bir qatorli matnni tahrirlashning yana bir qulay usuli matnni belgilab Свойства oynasidan foydalanishdir (Свойства oynasini Ctrl+1 tugmasi bilan tezda chaqirib olsa bo‘ladi). Olmani chizmaga qo‘yish juda ham qulay bajariladi, chunki chizmani chizish paytidayoq o‘lchamlari berib chizilgan bo‘ladi. Chiziqli va parallel razmer qo‘yish tartibi quyidagicha: buyruq berilgach o‘lcham qo‘yiladigan ikki nuqta ketma-ket «sichqoncha» bilan ko‘rsatiladi, so‘ngra o‘lchamning detal kontur chizig‘idan uzoqlik masofasi ko‘rsatiladi. Yoy uzunligi, radius va diametr o‘lchamini qo‘yish uchun buyruq berilgach ob’yekt ko‘rsatiladi so‘ngra ob’yektdan o‘lcham­gacha (yoy uchun) yoki o‘lchamning joylashish o‘rni (radius va diametr uchun) ko‘rsatiladi. Burchak o‘lchami qo‘yish uchun avval kesishuvchi ikki chiziq ko‘rsatiladi so‘ngra burchakdan o‘lchamning uzoqligi ko‘rsatiladi.
Chizmaga qo‘yiladigan o‘lchamlarning asosiy turlari 11-rasmda keltirilgan.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling