2-mavzu. Biotexnologiyada gen muhandisligi Reja


Download 253.5 Kb.
bet1/13
Sana23.12.2022
Hajmi253.5 Kb.
#1044262
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-Mavzu


2-mavzu. Biotexnologiyada gen muhandisligi


Reja:
1. Mikroorganizmlar asosida biotexnologik jarayonlar yaratish usullari.
2. Gen muhandisligining moddiy asoslari. Nuklein kislotalar. Transpozonlar. Genom. Transkripsiya. Transduksiya.
3. Plazmidalar.
4. Bakteriofaglar. Genni ajratish usullari. Genni ko’chirib o’tkazish usullari.


Tayanch so’zlar: Biotexnologiya, prokariotlar, bakteriyalar, aktinomisetlar, rikketsiylar,eukariotlar, xromosomalari, lipoproteid, membranalar.


Mikroorganizmlar asosida biotexnologik jarayonlar yaratish usullari

Biotexnologiya sanoatida produsent sifatida prokariotlar – (bir hujayrali, yadrosi mukammal bo’lmagan organizmlar) – bakteriyalar, aktinomisetlar, rikketsiylar va tuban eukariotlar (bir va ko’p hujayrali, yadrosi mukammal, xromosomalari maxsus lipoproteid tabiatli membranalar bilan o’ralgan) – achitqi va miselial zamburug’lar, eng sodda jonivorlar va suv o’tlari hamda ularni har xil usullar (seleksiya, mutagenez, hujayra va gen muhandisligi) orqali olingan mutantlaridan foydalaniladi.


Bugungi kunda biotexnologik jarayonlarda tabiatda tarqalgan 100 mingdan ortiq turkumga mansub bo’lgan mikroorganizmlardan faqatgina bir necha yuztasi ishlatiladi xolos.
Mikrobiologiya sanoatida ishlatish uchun tavsiya etiladigan produsentlarga katta talablar qo’yadi, ularning umumiylari quyidagilardan iborat:

  • o’sish tezligining balandligi,

  • arzon oziqa muhitida o’sishi,

  • boshqa mikrofloraga va fagga chidamliligi,

  • yuqori hosildorligi.



2. Produsentlarni yaratish usullari

Mikroorganizmlarning tabiiy shtammlarini hosildorligi ko’pincha talab darajasidan past bo’ladi.


Hosildor shtammlar yaratish uchun yo’naltirilgan seleksiya – usulidan foydalaniladi (1-chizma).
Buning uchun kimyoviy mutagenlar yoki radiatsion nurlardan foydalaniladi. Seleksiya va tanlov ishlari ba’zida yillab vaqt egallaydi va natijada mikrob hosildorligini 100 va undan ham ko’proq marotabalab oshirish mumkin bo’ladi. Masalan, hozirgi davrda sanoat usulida ishlatib kelinayotgan penisillin antibiotigi sintez qiladigan produsentning faolligi dastlabki shtammlarga qaraganda 10 ming marotabadan oshib ketgan.
Yuqori faollikga yoki hosildorlikga ega bo’lgan shtamm yaratish uchun seleksioner, tabiiy shtammni genetik materiallarini o’rganish borasida o’ta murakkab, o’ta nafis ishlarni amalga oshirishi lozim bo’ladi. Bunda, genlarni rekombinasiyasi bilan bog’liq bo’lgan barcha usullardan, xususan: kon’yugasiya, transduksiya, transformasiya va boshqa genetik jarayonlardan foydalanishga to’g’ri keladi (2-chizma).






Download 253.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling