2-Mavzu: Dorixona va uning tuzulishi Dorixona yoki apteka


Download 24.79 Kb.
bet1/2
Sana10.01.2023
Hajmi24.79 Kb.
#1087279
  1   2
Bog'liq
2-ma\'ruza matni


2-Mavzu: Dorixona va uning tuzulishi


Dorixona yoki apteka — dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda tayyor dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya va gigiyena ashyolari, maʼdanli suvlar, davolash-kosmetika mahsulotlarini saqlaydigan va sotadigan tibbiyot muassasasi. Dorixonada toʻsatdan kasal boʻlib qolgan yoki baxtsiz hodisaga uchragan kishilarga tez tibbiy yordam ham koʻrsatiladi.
19-asrning 2-yarmida Oʻzbekistonning baʼzi shaharlarida tashkil etilgan gospital va lazaretlar qoshida Dorixonalar boʻlgan. Birinchi rasmiy Dorixona 1874-yil may oyida Toshkent sh.da mahalliy aholi mablagʻi hisobiga ochilgan.
Dorixona muassasalari mulkchilikning shakliga koʻra, aksiyadorlik, jamoa va xususiy Dorixonalarga, i.ch. xususiyatiga koʻra tayyor dori vositalarini sotadigan hamda dori tayyorlab beradigan (retseptga muvofiq), shuningdek, ulgurji savdo qiladigan va kasalxona hamda poliklinikalar qoshidagi Dorixonalarga boʻlinadi.
Farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanayotgan barcha jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida farmatsevtika faoliyati koʻrsatayotgan chet el vakolatxonalarining subʼyektlari ushbu faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun litsenziyalari boʻlishi shart.chandiqni ketkazadigan dori
Dorixonaga kirish joyida 1,0 m. kenglikdagi pandus bilan jihozlangan bo‘lishi kerak (istisno tariqasida 0,9 m. bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi). 0,7 — 0,9 m. balandlikdagi qo‘l ushlagichlar o‘rnatilishi lozim, pandus qiyaligi 1:10 nisbatdan yuqori bo‘lmasligi kerak (SHNK 2.07,02-07, SanKiN № 0266-09, SHNK 2.08.02-09), shuningdek oyoq kiyimini tozalash moslamalari (reshetka, skrebka va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Moslamalar zarur bo‘lganda, ammo bir kunda bir martadan kam bo‘lmagan holda tozalab turiladi.
Xona devori, shifti va pollari dezinfeksiyalovchi moddalar bilan nam tozalashga yo‘l qo‘yiladigan xolda taʼmirlangan bo‘lishi kerak. Taʼmirlovchi vositalar sifatida suvga chidamli bo‘yoq, emal va och rangli glazurlangan kafel plitkalari (mayolika) qo‘llanilishi mumkin. Pollar keramik glazurlanmagan (terrakotli) plitkalar yoki choklari payvandlangan lenolium bilan qoplanadi.
Dorixona asbob-uskunalari tibbiyot vositalari taʼsiriga va baʼzi xollarda kimyoviy reaktivlar taʼsiriga turg‘un materiallardan ishlangan, tashqi va ichki tomoni tekis bo‘lishi kerak. Asbob-uskunalar va dorixona mebellari tozalashga xalaqit bermaydigan va yorug‘lik tushishini to‘smagan xolda joylashtirilishi kerak. Ishlab chiqarish xonalarida ish faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan asbob-uskunalarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonasi zarur miqdorda javon, taglik, tovar qo‘ygichlar va boshqalar bilan taʼminlangan bo‘lishi kerak. Dori vositalarini polda tovar qo‘ygichsiz joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Stellajlar shunday joylashtirilishi lozimki, tashqi devorlardan 0,6-0,7 m masofada, shiftdan 0,5 m, poldan 0,25 m dan kam bo‘lmagan masofada bo‘lishi zarur. Derazalarga nisbatan stellajlar ular oralig‘iga yorug‘lik tushadigan darajada joylashtiriladi. Stellajlar oralig‘idagi masofa 0,75 m dan kam bo‘lmagan holda va erkin harakatlanishni taʼminlaydigan darajada joylashtiriladi.
Dorixona omborxonasi va dorixona toza holda bo‘lishi taʼminlanishi uchun (bir kunda bir mahal), yuvishga ruxsat etilgan vositalarni qo‘llagan xolda nam tozalash usuli bilan muntazam ravishda tozalash ishlari olib borilishi zarur.
Yoz kunlari oftobga qarab joylashgan oyna va vitrinalar, oftobdan himoyalangan moslamalar (jalyuza, markizlar va sh.q.) bilan taʼminlangan bo‘lishi kerak.
Xonani shamollatish uchun ishlatiladigan derazaning yuqori qismi va fortochkasi katakchasi 2 x 3 mm dan katta bo‘lmagan o‘lchamdagi yechiladigan metall yoki plastmassa setka bilan himoyalanadi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonasida plakat va devoriy gazeta osish, gullarni o‘stirish, polga gilam solish, pardalar osishga yo‘l qo‘yilmaydi. Buning uchun yo‘lak, xodimlar dam olish xonasi, kabinetlardan foydalanish mumkin.
Xonada ish uchun kerak bo‘ladigan maʼlumotlar jadvali va stendlar dizenfeksiya qilinadigan va namlik bilan tozalanadigan materiallardan tayyorlanishi kerak.
Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish hududlaridagi dorixona xodimining ish joyida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomchi orqali o‘tuvchi infeksiyalardan xodimlarni himoya qiluvchi moslama o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Xona devorining qo‘l yuvish moslamasi o‘rnatiladigan qismi 1,6 m balandlikda va tomonlari 20 sm kenglikda bo‘lishi ko‘zda tutilgan xolda glazurlangan plitka yoki boshqa namlikni ko‘taruvchi material bilan ishlov berilishi shart.
Dorixona (filiallar) maxsus dorixona mebellari, ishlab chiqarish asbob-uskunalari, termolabil dori vositalarini saqlaydigan sovutgich, dori vositalari savdosi va ular to‘g‘risida maʼlumotlar bilan taʼminlangan bo‘lishi kerak.
Dori vositalarini realizatsiya qilish (savdo zali) va saqlash xonasiga kerakli haroratni taʼminlaydigan konditsioner o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Tayyor dori vositalarini saqlash xonalari havo haroratini qayd etuvchi asboblar va termometrlar bilan taʼminlangan bo‘lishi kerak. Termometr saqlash xonasi devoriga poldan 1,5 — 1,7 m balandlikda va eshikdan 1 m masofada hamda isitish asboblaridan uzoqda o‘rnatiladi.

Download 24.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling