2-mavzu: fanning predmeti va uslublari reja «Elektrotexnika va elektronika»


Download 14.71 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi14.71 Kb.
#1307498
Bog'liq
2-mavzu fanning predmeti va uslublari reja «Elektrotexnika va e


2-MAVZU: FANNING PREDMETI VA USLUBLARI
Reja
1. «Elektrotexnika va elektronika» fani predmetini o‘rganishda talabalar; elektr zanjirlari va uning qonunlari, elektr energiyasini hosil qilish va uni uzatish; elektr sxemalarini o‘qish; asosiy elektr va noelektrik kattaliklarni o‘lchash; sohada foydalaniladigan mashina va mexanizmlar, qurilmalarning elektr va elektron sxemalarini ishlashini tahlil qilish haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
2. O‘zgarmas tok zanjirlarini, bir va uch fazali o‘zgaruvchan tok zanjirlarini; murakkab elektr zanjirlarini hisoblash usullarini; elektr va magnit maydonining hosil bo‘lishi va xossalarini; bir va uch fazali sinusoidal tokni hosil qilish va uning qonunlarini; sinusoidal tok zanjirida rezonans hodisalarini; bir va uch fazali transformatorlarni, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok elektr mashinalarini, ularning tuzilishi va ishlash tamoyillarini, tavsifnomalarni;
Hozirgi kundagi ilmiy nazariyaning ko`rsatishlaricha har bir atom ikki qismdan musbat zaryadlangan yadrodan va manfiy zaryadlangan elektrondan iborat. Atom o`zini tarkibida ikki hil zaryadni bir hil miqdorda ushlab turganligi uchun hech qanday elektr hossasiga ega emas. Har hil elementlarning atomlari bir biridan faqat atom og’irligi bilangina farq qilishlari mumkin. Ularning og’irligi, o`zlarining tarkibida saqlab turgan elektronlari va protonlarining miqdoriga bog’liqdir. Masalan; vodorod (H) atomining og’irligi Mendeleev jadvalidagi 1 ga teng deb olingan, chunki uning atomi tarkibiy jihatidan, 1 ta elektron va 1 ta protondan tashkil topgan bo`ladi. Mis atomida esa yadroning atrofida 29 ta elektron aylanib yuradi, oltinni atomi atrofida esa 79 ta manfiy zaryadlangan elektroni bor. Elementlar atomi tarkibidagi elektronlari soni har doim uning D.Mendeleev jadvalidagi o`rniga to`g’ri keladi.
Elektrotexnika fanining kelajak istiqboli haqida gapiradigan bo`lsak, qisqacha qilib aytganda kundalik hayotda elektr energiyasiga bo`lgan talablarimizdan tashqari, kosmosga tushib chiqayotgan kosmik kemalarning ishini ham, elektr energiyasiga yurayotgan elektromobillarning ishini ham, xalq xo`jaligidagi yuzaga kelayotgan yangi ihtirolarni
ham, elektr energiyasi istirokisiz amalga oshirishimiz qiyin.
2.Zamonaviy elektrotexnik qurilmalarini tavsifi, tarixi va rivojlanish kelajagi.
Elektrotexnika – elektr energiyasini uning mahsus manbaaalarida ishlab chiqarish, elektr va magnit hodisalaridan amalda foydalanish haqidagi fandir. Bu fan elektr energiya ishlab chiqarish uni uzoq masofalarga uzatish va undan amaliy maqsadlarda foydalanish haqidagi barcha masalalarni hal qiladi. Elektr energiya – energiyalarning shunday bir universal formasi bo`lib, u oldiga quyilgan barcha vazifalarni bajara oladi va o`zining oldiga quyidagi vazifalarni maqsad qilib qo`yadi;
-elektr energiyani ishlab chiqaruvchi qurilmalarni tuzulishi va ishlash printsipini o`rgatadi;
-shu energiyaga ishlaydigan elektr mashinalarini tuzulishi va ishlash printsipini o`rgatadi;
-elektr energiyasini boshqarish va himoya vositalarini tuzulishi va ishlatilish sohalarini o`rgatadi;
-ishlab chiqarishni har taraflama avtomatlashtirishga imkon yaratadi
20 asr energetika va elektrotexnika sohasida muhim davr hisoblanadi. Chunki bu davr radio va yarim o`tkazgichlar texnikasining paydo bo`lishini, televideniyaning kashf etilishini, avtomatika va telemexanikaning taraqqiy etishi, mikroelektronika va energetikaning misli ko`rilmagan darajada o`sishini, integral mikrosxemani va atom energiyasining kashf etilishining va taraqqiyotining jadal rivojlanishi bilan bog’liqdir.
Umuman Elektrotexnikaning yutuqlaridan xalq xo`jaligining barcha sohalarida, keng foydalaniladi: Elektrotexnika–elektr zanjirlarida va elektromagnit maydonlarida elektr va magnit energiyalarining hosil bo`lishi va o`zgarish qonuniyatlarini o`rgatadigan fan va texnika sohasidir. Elektr energiyasidan foydalanuvchi qurilmalarni takomillashib borishi, texnologik jarayonlarni shunday tezlikda va aniqlikda bajarilishini ta`minlaydiki uni inson sezgi organlari bilan sezib ko`rib boshqara olmaydi. Bu esa o`z navbatida ishlab chiqarish jarayonlarida avtomatlashtirishni yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Ayniqsa xalq xo`jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sohalarida erishilgan yutuqlarni elektr energiyasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Elektrotexnika fanining maqsadi yuqorida keltirilgan barcha narsalarni o`rgatishdan iboratdir.
Bizdan tashqi muhitdagi jismlar hammasi atomlardan, ya`ni proton va neytronlardan iborat ekan, ularni alohida hossalari haqida to`htalib o`tishimiz zarur bo`ladi. Elektronlar – manfiy zaryadlangan zarrachalar, musbat zaryadli protonning atrofida mahsus orbita tashkil qilib, shu orbita bo`ylab aylanib yuradilar. Bu orbita bo`yicha chekka qismlarda joylashgan elektronlarni yadro markazidan uzoqda bo`lganligi uchun ularni ozgina tashqi kuchlar ta`sirida, kichik energiya yordamida uni shu orbita ta`siridan chiqarib yuborish mumkin. Tabiiy holatda atom tarkibidagi elektronlar va protonlar tashqi muhit bilan o`zaro muvozanatda bo`ladi. Agar biror ta`sir natijasida u o`zini tarkibidan elektronlarni yoki protonlarni yo`qotsa, u holda bu muvozanat buziladi. Atom o`zini tarkibidan qancha ko`p zaryadini yo`qotsa u shuncha kuchli elektrlanadi. Zaryadlangan jismdagi elektr miqdori elektr zaryadi deb ataladi va q harfi bilan belgilanadi. Ikki zaryad orasidagi o`zaro ta`sir kuchini Kulon qonuni bilan quyidagicha ifodalanadi.


Nazorat uchun savollar
1.Manbaaa va iste’molchi deganda nimani tushunasiz? 2.O`zgarmas tok manbaaalari nimalar?
3.Elektr zanjiri elementlari tarkibiga nimalar kiradi? 4.Doimiy tok zanjirlari qayerlarda foydalaniladi? 5.R, L va C iste’molchilarini tariflang? 6.O`zgarmas tok zanjiri iste’molchilari nimalar?
7.Parallel va ketma-ket ulash qanday amalga oshiriladi? 8.O`zgarmas tok qanday hosil qilinadi?
9.Om qonunlarini tariflang, tushunturing? 10.Kirxgofning birinchi qonunini tariflang, tushunturing?
11.Kirxgofning ikkinchi qonunini tushunturing? 12.Elektr zanjirlarini hisoblash usullari qanday?
Download 14.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling