2-mavzu. Iqtisodiy tahlilning metodi va unda qo‘llaniladigan an’anaviy usullar reja
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
2-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA QO‘LLANILADIGAN AN’ANAVIY USULLAR (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Iqtisodiy tahlil fanining metodi va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
2-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA QO‘LLANILADIGAN AN’ANAVIY USULLAR Reja 2.1. Iqtisodiy tahlil fanining metodi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 2.2. Iqtisodiy tahlilning metodi va usullarining tasniflanishi. Iqtisodiy tahlilning oddiy-an’anaviy va iqtisodiy-matematik usullari. 2.3. Iqtisodiy tahlilning oddiy-an’anaviy usullari. An’anaviy usullar mohiyati hamda ulardan foydalanish tartibi. Tayanch so`zlar: Metod, metodologiya, metodika, analiz, sintez, deduktsiya, induktsiya, maxsus texnik usullar, vositalar, shakllar, iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, miqdor ko‘rsatkichlari, sifat ko‘rsatkichlari, natijaviy ko‘rsatkichlar, omil ko‘rsatkichlar, guruhlash, mutloq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlar, tahliliy jadvallar, grafiklar, taqqoslash usuli, zanjirli bog’lanish usuli, mutloq ko‘rsatkichlardagi tafovutlar usuli, nisbiy ko‘rsatkichlardagi farqlar usuli, balans usuli, taqqoslanuvchanlik, ko‘rsatkichlarning matematik bog’lanishlari, usullardan foydalanish shartlari, usullarni qo‘llash tartibi, natijalarni umumlashtirish, xulosa qilish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 2.1. Iqtisodiy tahlil fanining metodi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Metod tushunchasi juda keng ma’no va tushunchaga ega. Umuman metod deganda real voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishga yondashish usuli tushuniladi. Fanning metodi deganda esa, ushbu fanning ob’ektini tadqiq qilish usuli tushuniladi. Iqtisodiy tahlilning metodini aniqlash tarixan juda tortushuvli masalaga aylangan va hozirgacha ham yagona fikrga kelingani yo‘q. Iqtisodiy tahlil sohasida ilmiy va amaliy izlanishlar shu darajada ko‘pki, ularning barchasi iqtisodiy tahlilning metodi, unda qo‘llaniladigan maxsus usul- larga, yondashuvlar hamda turli vositalarga tayangan holda bayon etilgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, shuni aytish kerakki, iqtisodiy tahlilning metodini aniqlash, uning metodi-kasi hamda alohida olingan usullari haqidagi masala kontseptual masalaga aylandi. Ushbu masala bo‘yicha maxsus adabiyot va undagi fikrlar shu qadar ko‘pki, ba’zilarida metod masalasi bitta, yaxlit mavzu sifatida (Pardaev M.Q., Shoalimov A.X.) ko‘rilgan bo‘lsa, ba’zilarida har bir metodika, har bir usul alohida mavzu sifatida (Savitskaya G.V.) yoritilgani fanni o‘qitishda o‘ziga xos muammolarni keltirib chiqaradi. Bir tomondan, ushbu masala yuzasidan boy materialning mavjudligi imkoniyat kengligidan dalolat beradiki, o‘qituvchi uchun ham, talaba uchun ham xohlagan yo‘nalishida axborot mavjudligi ijobiy jihat hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, boy materialning ichidan o‘zagini tanlab olish, munozarali holatlardan chiqish maqsadida turli fikrlilikka asoslanib turib, qo‘yilgan muammo yuzasidan bir yechimga kelish va auditoriyaga yetkazish majburiy hisoblangan negizni ajratib olish muammosini hal qilishdek salbiy vaziyat yuzaga keladi. Nima uchun salbiy? Bu muammolarni qanday qilib hal qilish kerak? Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin: har bir o‘qituvchining o‘z qobiliyati, o‘z yondashuvi, o‘z dunyoqarashi, bilim darajasi, mas’uliyati kabi turli omillar borki, ular o‘qitish sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, o‘qitishning ham shunday metodlari, vositalari hamda shakllari borki, o‘qituvchi ularni bir biridan ajrata olishi, ulardan qanday qilib samarali foydalanish mumkinligini belgilay olishlari muhimdir. Muammoning ana shu jihatlarini inobatga olgan holda, bitiruv loyiha ishi uchun tanlangan mavzu yuzasidan turli darslik va o‘quv qo‘llanmalarda berilgan ta’rif, tushuncha va yondashuvlarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. 2009 yilda nashr etilgan “Analiz xozyaystvennoy deyatelnosti predpriyatiya” deb nomlangan darslik muallifi Savitskaya G.V. iqtisodiy tahlil metodiga quyidagicha ta’rif bergan: “Xo‘jalik faoliyati tahlili metodi korxona faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida faoliyat natijalariga omillarning ta’sirini tizimli, kompleks o‘rganish, o‘lchash va umumlashtirishga aytiladi” 3 . 2014 yilda nashr etilgan “Iqtisodiy tahlil nazariyasi” darsligi mualliflari Ishonqulov N.F., Pardaev M.Q. va boshqalar “Iqtisodiy metodi – korxonadagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi hamda rivojlanishini dialektik yondashuv usulida o‘rganishdir” 4 , deb ta’rif berishgan. “Moliyaviy va boshqaruv tahlili” nomli oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanmasi (2012 yil nashri) da esa “Metod deganda asosan shu fanning predmetini o‘rganish usuli tushuniladi. Metodologiya deganda esa sodda qilib aytganda, shu fanning predmetini o‘rganish usuli, o‘rganishda qo‘llaniladigan yondashuvlar, usullar majmuasi tushuniladi” 5 , deb yozilgan. Iqtisodiy tahlil bo‘yicha har qanday darslik, o‘quv qo‘llanma yoki ilmiy maqolalarning mazmuni bilan tanishib chiqsangiz, ularda uchta tushuncha – metod, metodologiya, metodika tushunchalari haqida gap ketadi. Ushbu fanni o‘qitishda aniq izoh berilishi kerak bo‘lgan asosiy muammo ham shundaki, talabalarga iqtisodiy tahlil metodi va uning an’anaviy usullari haqida gapirish kerak. Bunda, albatta, tushuntirish “metod” atamasining izohidan boshlanadi. “Metod – grekcha “methodos” so‘zidan olinib nazariya, ta’limot va amaliyotni o‘rganishdagi yondashuv yo‘llaridir” 6 . Tabiiyki, har qanday kishida savol tug’iladi: xo‘sh unda usullari deyilganda nima nazarda tutiladi? Savolga 3 Савицкая Г.В. Анализ хозяйственной деятельности предприятия: Учебник. –5-е изд., перераб. и Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling