2-mavzu. Islom siyosiy huquqiy mafkurasi Reja


Download 52.02 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi52.02 Kb.
#163100
Bog'liq
h0293FxnJBbNYRTLT8KEVOIl0bsBjGEN


2-mavzu. Islom siyosiy huquqiy mafkurasi

Reja:

  1. Islom siyosiy-huquqiy mafkurasi tushunchasi, uning xususiyatlari.

  2. Islom huquqi (shariat) va uning manbalari. Qur’oni karim-shariatning bosh manbai.

  3. Imom Buxoriy hadislaridagi siyosiy-huquqiy g‘oyalar. Islom huquqshunosligida inson huquqi masalalari. Qozi, shayxulislomning - islomda din va huquqiy munosabatlarni tartibga solishda tutgan o‘rni.

  4. Islom huquqidagi oqimlar (mazxablar), ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Sunniyliy va uning yo‘nalishlari. SHialik va uning yo‘nalishlari.

  5. Ilk SHarq Uyg‘onish davriga umumiy tavsif va siyosiy huquqiy tafakkur. “Muxtasar” asaridagi jinoyat va jazo masalalari. Abu Mansur Moturudiy va Maxmud az- Zamahshariylarning qarashlari haqida.

XX asrning so‘ngi o‘n yilligi hamda yangi asrning boshlang‘ich davri davomida dunyoning qator mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy hayotida islom dinining ta’siri kuchayib borayotganligi kuzatilmoqda. SHu munosabat bilan islom davlat dini deb tan olingan va shariat qonunchilik va sudlov asosini tashkil etgan Osiyo va Afrikaning ayrim mamlakatlari (Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Marokkash, Eron, Pokiston va hokazo) bugungi hayoti va o‘tmishini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Musulmon huquqi (shariat) hozirgi zamonning eng yirik huquqiy tizimlaridan biri bo‘lib, unda insoniy munosabatlarning barcha asosiy sohalari (oila, jamiyat, davlat)ni mutanosiblashtiradigan normalar tizimi mavjud.

Turli xil ma’lumotlarga ko‘ra «musulmon olami»da 600dan 800 milliongacha kishi istiqomat qiladi, bu esa er yuzi aholisining 1/5 qismiga yaqinini tashkil etadi. Mazkur hududda jahon neft zahiralarining 2/3 qismi joylashan. Boshqa xom ashyo turlarining, nodir metallar, ma’danlar, kauchuk, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining anchagina ulushi ushbu mintaqaga to‘g‘ri keladi.

Faqatgina Osiyo va Afrikada 30 dan ortiq davlatlarda musulmonlar aholining yarmidan ortig‘ini: mazkur davlatlarning 10tasida 50 dan 85 gacha, 30 tasida esa musulmonlar diniy jamoalarning anchagina ulushini tashkil etadi.

Musulmon huquqi – islom dinining faqat bir jihatini tashkil etadi. Mazkur din, birinchidan, teologiyani (ilohiyotni) o‘z ichiga oladi. Teologiya esa aqidalarni qaror toptiradi, shuningdek, musulmonlar nimalarga ishonishlari lozimligini aniqlab berdi; ikkinchidan, mazkur din tarkibida shariat, ya’ni dinga ishonuvchilarning nimalarni uddalashlari va nimalardan esa voz kechishlari lozimligi to‘g‘risidagi yo‘l-yo‘riqlar mavjuddir. SHarq yoki shariat «ergashish, yurish yo‘li» ma’nosida bo‘lib, musulmon huquqidan iboratdir.

SHariatni o‘qitish musulmon huquqining islom siyosiy-huquqiy tafakkurining insoniyat ma’naviy madaniyatiga muayyan hissa qo‘shgan umumjahon huquqiy madaniyati bir qismi va mustaqil huquqiy tizim (madaniyat, marifiylik) sifatidagi maqomini o‘rganishdan iborat. SHu bois musulmon huquqini quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish juda muhimdir:

Birinchidan, shariatning nazariyasi va tarixini- musulmon huquqi, islom siyosiy- huquqiy g‘oyalari tarixini, hamda .

-islom ma’naviy merosining muhim qismi hisoblangan musulmon huquqi: shariat, fiqhning nazariy negizlarini tahlil etishdan iborat;

Eng avallo, islom dinining O‘zbekiston hududiga kirib kelishi, yoyilishi tarixi va islom dinining mafkura sifatida siyosiy-huquqiy ta’limotlarga ta’siri haqida to‘xtalmoq lozim.
Islomning kelib chiqishi makkalik savdogar Muhammad (570-632 yillar)ning nomi bilan uzviydir. Monotekchik yangi din islomning bashoratchisi, «payg‘ambari» bo‘lgan Muhammad ayni paytda «qabila boshlig‘i - Sayid, harbiy yurishlar boshlig‘i – kand va qabila sudi-hakam, suxandoni (orotari) kotib edi» u barcha arab qabilalarini bir shaharga birlashtirib, faqat dinga emas, ayni zamonda davlatga ham asos soldi

Islomni yoyish shiori ichida xalifalar juda katta davlat barpo etdilar. g‘olibona yurishlar natijasida Vizantiya saltanatining anchagina qismi, Sosoniylar davlati, janubiy G‘arbiy Osiyo, SHimoliy Afrika va Bureney yarim orolidagi qator davlatlar ularning tasarrufiga o‘tdi, VII asrning o‘rtalariga kelib esa Eron, Irok, Suriya, Falastin, Misr, Liviya, Mag‘rib mamlakatlari (Jazayir, Tunis, Marokko), Ispaniya, Kavkaz ortining bir qismi (Bosh Kavkaz ilgari), O‘rta Osiyo viloyatlari (jumladan, Samarqand, Xorazm, Farg‘ona), Afg‘onistonning katta qismi, SHimoliy - g‘arbiy Xindistonning ayrim tumanlari (Sind va Hind daryosining muyutangana bo‘lgan vodiysi), Sitsiliya va Malta hududlari ham xalifalik tarkibiga kirdi. Mazkur istilolar arab jamiyatida iqtisodiy va ijtimoiy taraqiyot jarayonini tezlashtirdi.

Arablarning O‘rta Osiyoga hujumlari VII asr ikkinchi yarim yilligida boshlanadi. VII asr boshlarida arablar Xuroson hukmdori qutayba ibn Muslim qo‘mondonligi ostida keng ko‘lamda harbiy harakatlarni boshladilar, natijada Movarounnahr bosib olindi. "O‘rta Osiyo xalqlari ommasi arab iste’lochilariga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar, ammo bir necha bor o‘z podsholari xiyonatiga duchor bo‘ldilar, bu masalan, Xorazm va Sug‘dda sodir bo‘ldi. Arablarning va’dalariga ishongan ko‘pchilik mahalliy hukmdorlar xalq ommasining mustaqillik uchun kurashiga boshchilik qilish o‘rniga iste’lochilarga tobelikni afzal ko‘rdilar".

Movarounnahrni zabt etish jarayonida arab qo‘shinlari shaharlar va aholi yashash joylarini bosib oldilar, o‘lka xalqlarining ma’naviy va moddiy boyliklarini taladilar, tarixiy yodgorliklarni ayovsiz yo‘q qildilar, talon-taroj qildilar. Bosib olingan erlar arab oqsuyaklari o‘rtasida taqsimlandi. "O‘z mavqelarini mustahkamlash maqsadida bosqinchilar hamma erda mahalliy dinlarni qalbaki deb e’lon qilib, xalqni islomga e’tiqod qilishga majbur qildilar. Islomni tezroq ildiz otib o‘rnashib olishi uchun arablar ayrim hollarda islom diniga kirganlarni jon solig‘i (jo‘zya)ni to‘lashdan ozod qildilar. Bu maqsadda Buxoro, Marv, Samarqand va boshqa shaharlar mahalliy aholisi uylariga arablar joylashtirildi. O‘rta Osiyo xalqlari e’tiqod qilgan barcha dinlar qalbaki deb e’lon qilindi. Arablar ayniqsa, otashparastlikka qarshi qattiq kurashdilar. Otashparastlikka qarshi kurash niqobida faqat diniy kitoblar emas, balki Movarounnahr dunyoviy adabiyoti ham yo‘q qilindi.

Ma’muriy-hududiy munosabatda Movarounnahr Arab xalifaligi tarkibiga kiritildi va uni boshqarish xalifaning Xuroson bo‘yicha noibi zimmasiga yuklandi. SHaharlar va boshqa axoli yashash joylari noib tomonidan lavozimga tayinlanadigan va olib tashlanadigan hokimlar tomonidan boshqarilardi. Ularning asosiy majburiyatlari soliqlarni yig‘ish va joylarda tartibni saqlashdan iborat edi. Yirik shaharlarga arab harbiy garnizonlari joylashtirilgandi, ular bo‘ysundirilgan xalqlar ustidan arablar hukmronligini ta’minlashda asosiy rolni o‘ynadilar. Arablar bu erlarda boshqaruv apparatini va mirshablar bo‘linmalarini tashkil qildilar.

Arablar hokimiyatni ro‘yobga chiqarishda yirik yor egalari va asosan arab zadogonlaridan iborat bo‘lgan ruhoniylar alohida rol o‘ynadilar. Bu erlarda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy vosita shariat qonunlari bo‘lib qoldi.

Movarounnahrda arablar hukmdorligining o‘rnatilishi munosabati bilan mehnatkash xalq-dehqonlar, hunarmandlar va chorvadorlar ao‘voli mushqullashdi. Sosoniycha soliqlar: er soligi (xiroj) u hosilning yarmigacha hisoblanardi va jon soligi (jo‘zya), dastlab islomni hunarmandlardan boshqa yig‘imlar undirilardi, ular shuningdek, natura majburiyatlarini, imoratlar, ko‘priklar va qal’a devorlarini qurish, zovurlar qazishda majburiy ishlarni bajarishardi va shu qabilar. Soliqni to‘lamaganlar qattiq jazoga tortilib, erlari olib qo‘yilardi". Xorijiy va ijtimoiy zulmning yildan yilga ko‘chayishi, ezuvchilar va eziluvchi omma o‘rtasidagi, arab yuqori tabaqalari va mahalliy ma’muriyat namoyondalari, jamiyatni boshqaruvchi turli doiralari o‘rtasidagi kurashning keskinlashuvi to‘ntarishlar va g‘alayonlarga sabab bo‘ldi.

Bu o‘lka aholisining mustaqillik uchun kurashini keyinchalik rivojlanishi uchun ma’lum shart-sharoitlar yaratdi. Oqibatda arab xalifaligi hududida bir necha mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi. Ulardan biri poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan Somoniylar davlati edi. U IX asr oxiri X asr boshlarida tarkib topdi. Somoniylar davlati tarkibiga Movarounnahr Xuroson va Eronning bir qator sharqiy hamda shimoliy viloyatlari kiradi.

Ulkan hududni boshqarish uchun hokimiyatning qat’iy markazlashgan tizimi tashkil etilgandi. Davlat idorasi podsho saroyi (dargoh) va devon (markaziy boshqaruv organlari)ga bo‘lingandi. Saroyga sohibi haros yoki amiriy haros boshchilik qilardi. Uning zimmasiga davlat boshlig‘i amir farmonlarining bajarilishini ta’minlash yuklatilgandi. Unga 20ta oltin, 20ta kumush va 10ta yog‘och cho‘qmorli 50 cho‘bdor devonbegi (qotibiyat mudiri) bosh kotiblar, kotiblar va boshqalar bo‘ysunardi.

Xorazmshohlar davlatida kuchli markazlashtirilgan davlat boshqaruv idorasi tashkil etildi. Davlatga qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyatini o‘z qo‘lida ushlagan shox boshchilik qilardi. Davlat idorasida vazir boshchilik qiluvchi bosh devon alohida o‘rin tutadi. Vazir davlatning ichki va tashqi siyosatiga rahbarlik qilardi, mansabdorlarni mansabga tayinlar va ozod qilardi, barcha mansabdor shaxslarning faoliyatini va soliq to‘planishini kuzatib borardi. SHoxning alohida topshiriqlarini bajaruvchi ulug‘ kotib, saroy xarajatlarini nazorat qiluvchi ustozdor, davlat boshlig‘i nomiga bitilgan iltimosnoma va arzlarni qabul qiluvchi qissador eng ahamiyatli (nufuzli) mansabdor shaxslar hisoblanardilar. Xorazmshohlar davlatida qudratli armiya tashkil etilgandi. Xorazmshoh Muhammad hukmronligi davrida (XIII asr boshida) siyosatda qipchoq harbiy zodagonlarning siyosatdagi roli kuchayadi. Lashkarboshlarning davlat ishlariga o‘zboshimchalik bilan aralashuvlari hokimiyat uchun kurashning keskinlashuviga sabab bo‘ldi. Bu Xorazmshoh davlatining zaiflashuviga olib keldi.

O‘rta Osiyo xalqlari siyosiy-huquqiy tafakkurining turli oqimlari yuqorida bayon etilgan tarixiy vaziyatda shakllandi. Buysundirilgan xalqlarning arablar hukmronligiga qarshi bu oqimlar namoyondalarida siyosat, davlat va huquqqa nisbatan qarashlar shakllanishi va rivojlanishlarining belgilovchi omili bo‘ldi. Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, arab xalifaligining turli joylaridagi, jumladan, Movarounnahrdagi ko‘p sonli harakat va g‘alayonlar diniy kurashning mafkuraviy shakliga o‘ralgandi. Mahalliy xalqlarning arablar hukmronligiga qarshi chiqishlari ko‘pincha qadimiy mahalliy-diniy e’tiqodlarning islomgaqarshi kurashi shaklini kasb etardi.

Ikkinchi tomondan, xalifalikda turli feodal guruhlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash borardi, bu ham diniy tusga ega bo‘lib, turli sekta va oqimlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi shaklida namoyon bo‘lardi. Islomda ilk bor ikki oqim-sunniylar va shialarga bo‘linish VII asr oxiridayoq, Ali ibn Abu Tolib va Usmon tarafdorlari o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash natijasida sodir bo‘lgandi. Ali va Usmon izdoshlari o‘rtasidagi kurash jarayonida VII asr oxirida islomda uchinchi oqim-xorijiylar yuzaga keldi.

Bu oqimlar o‘rtasidagi asosiy farq musulmon jamiyatida hokimiyat to‘g‘risidagi tushunchani turlicha sharxlanishidadir. SHialar ta’limotiga ko‘ra oliy hokimiyat - imomlik “ilohiy” belgilanishi tufayli Ali avlodiga taalluqli bo‘lishi kerak. So‘zsiz Ali avlodlari qo‘lida bo‘lishi lozim bo‘lgan imomlikning tayinlanishi bilan haq va adolat tantana qiladi. CHunki imomlik Alloxning inoyati, payg‘ambar avlodining davom etishidir, chunki imom-payg‘ambar vorisi. Imomni saylash mumkin emas. SHialar ta’limotida o‘n ikki imom sulolasi to‘g‘risidagi g‘oya alohida o‘rinni egallaydi. SHialar ta’kidlashicha, so‘ngi imom Muhammad al-Maxdiy yashiringan, ammo u qaytib kelishi va payg‘ambar avlodi huquqlarini tiklashi lozim. SHialar uchun beshta asosiy aqida: yakkaxudolik, adolat, payg‘ambarlik, imomlar hokimiyati, qayta tirilishni tan olish va himoya qilish xarakterlidir.

SHialarning asosiy siyosiy g‘oyasiga ko‘ra imomlar hokimiyatsiz islomning bo‘lishi mumkin emas. Imomlar - Allohning erdagi noiblaridir. O‘z zamonasi imomini tan olmay vafot etgan odam nodonlikda dindan qaytgan tariqasida o‘ladi. SHialar dunyoviy hokimiyatni tan olmaydilar. SHialar fikricha, qur’on oyatlarining Aliga taalluqli oyatlari uning matnini tuzishda atayin tushirib qoldirgan.

Ular Ali nomi qayd etilgan hadislarnigina tan oladilar. SHialar nazariyasiga ko‘ra suverenlik yakkayu-yagona Allohga tegishlidir, musulmonlarga daxldor barcha ishlarni faqat Alloh irodasini aks ettiradigan shariatgagina bo‘ysunadigan va jamoa irodasi bilan burchdor bo‘lmagan imomning o‘zigina hal qiladi. Imom hokim mutloq, uning shaxsi – muqaddasdir. U jamoadan yuqori turadi. Alloh irodasiga erishga, shariat qonunlarini mukammal biladigan odamgina imom deb tan olinishi mumkin.

Suniylar shialardan farq qilib, Muhammad payg‘ambar vafotidan so‘ng, Alloh bilan aloqa to‘xtagan, xalifalar esa payg‘ambarlarning o‘rinbosarigina bo‘lib, Alloh va musulmon jamoasi o‘rtasida vositachi rolini bajarmaydilar deb ta’kidlaydilar. Ular qur’on, hadislar shariat va umuman musulmon jamoasi himoyachilari hamda saylovchilari sifatida chiqadilar.

Sunniylar dunyoviy va diniy hokimiyatni xalifa qo‘lida mujassamlashtirish tarafdori, uni ilohiylashtirishga qarshidirlar. Sunniylar e’tiqodiga ko‘ra xalifa hokimiyati dunyoviy asosga ega. Uni odamlar o‘rnatadi. Hokimiyat manbai musulmonlarning ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan hukm - ijmo’ hisoblanadi. “Aynan ijmo’, ularning fikricha, xalifalikni huquqiy norma, umuman, musulmonlik huquqining prinsipi, elementlariga aylantirib, vaqti-vaqtida xalifaga majburiylik xarakterini kasb etgan”. SHu tufayli sunniylar Ummaviylar hokimiyati va musulmonlar jamoasi tomonidan saylangan keyingi xalifalar Abbosiylar hokimiyatini tan oladilar. Sunniylar eng ko‘p tarqalgan konsepsiyaga ko‘ra, xalifalikda oliy suverenitet egasi Allohdir. Musulmon davlati tulaligicha uning jamoaga bergan topshirishi bo‘yicha tashkil etiladi.

Erda Alloh nomidan oliy hokimiyatni Allohning oliy suverenitetining “aks etishi” deb qaraladigan to‘liq suverenitetga ega bo‘lgan jamoa amalga oshiradi deb hisoblanadi. Jamoaning suveren huquqi jamoa ishlarini jamoa nomidan amalga oshiradigan o‘z hukmronlarini saylash vakolatida namoyon bo‘ladi. Bunda jamoa o‘ziga tegishli bo‘lgan mutlaq huquqlarni xalifaga bermaydi, balki o‘ziga rahbarlik qilishni unga ishonib topshiradi. Bu vakolatni amalga oshirishda na, norma ijodchiligi huquqini amalga oshirishda qam jamoa suvereniteti faqat bir narsa- musulmon huquqida ifodalangan Alloh irodasiga bog‘lanadi. SHuning uchun masalan, jamoa faqat qur’on va Sunnada tartibga solinmagan masalalar bo‘yichagina qonunshunoslik bilan shug‘ullanishi mumkin. Jamoaning xalifaga bo‘ysunishi esa musulmon huquqi ko‘rsatmalariga aniq rioya qilish lozimligidan kelib chiqadi. Sunniylarning siyosiy-huquqiy konsepsiyalari huquqning siyosiy muassasalaridan ustunligidan kelib chiqadi. Sunniylar zo‘ravonlik, tartibbuzarlik, anarxiyaga qarshidir. Ular kuchli hokimiyat, barcha sub’ektlar - davlat, uning alohida organlari, mansabdor shaxslar, tashkilotlar, fuqarolari shariat qonunlariga qat’iy rioya qilinishi tarafdorlaridir. Sunniylar nazariyasiga ko‘ra, davlat shariatning moddiy vositasi, qonunning o‘ziga xos qo‘riqchisidir. Davlat organi va mansabdor shaxslar tomonidan chiqariladigan huquqiy hujjatlar qur’on, Sunna va shariat ko‘rsatmalariga asoslangan bo‘lishi kerak.

Ijtiomiy munosabatlarning rivojlanishi, YAngi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy tartibot va tuzilmalarning paydo bo‘lishi musulmon huquqshunoslari oldiga hal etilishi YAngi nazariy ishlanmalarni talab etuvchi keskin vazifa va muammolarni ko‘ndalang qo‘ydi. Islomning ikki asosiy yo‘nalishi – sunniy (Hanafiy, Molikiya, shofi’iya, Hanbaliya va boshqalar) shia (ismoiliylar, Ja’fariya, Zaydilar va boshqalar)ning ko‘p sonli huquqiy maktablari (mazhablari) shular tufayli yuzaga kelib, ular musulmon huquqining bundan keyingi taraqqiyotida katta ta’sirga ega bo‘ldilar. Bu mazhablar orasida O‘rta Osiyo huquqiy hayotida tanho ustunlik qilgan xanafiya eng nufuzli mazhab hisoblanadi. Xanafiya mazhabining o‘ziga xos xususiyati uning moslashuvchangligidadir.

Xanafiya shariatning qattiq normalarini mintaqadagi Amaliy turmush sharoitlariga moslashtirish, islomgacha bo‘lgan huquqiy normalardan keng foydalanish, huquq sohasida yakka tartibda erkin muhokama yuritish va o‘xshashligi bo‘yicha muhokama yuritish, o‘zgacha fikr yurituvchilar bilan murosa qilish, qur’on va hadislarni erkinroq talqin qilish tarafdorlari bo‘lishgan.

Xalifatning turli mintaqalarida asrlar davomida musulmon huquqining sunniy (Xanifiylar, Molikiylar, SHafitlar, Xanbaliylar) va shiya (Ja’fariylar, Ismoiliylar, Xaydiylar) yo‘nalishlaridan ko‘p sonli maktab (mazxab)lar paydo bo‘ldi. Ular huquqiy tomondan bir-biridan farq qiladi ya’ni umumiy zaminiy nuqtai-nazarning mavjudligi holatida ham ular pozitiv (ijobiy) huquqni ta’riflashning turli okilona usullaridan foydalandilar va shu asosda xususiy masalalar bo‘yicha turli huquqiy normalarni qo‘lladilar.

O‘z asoschisi Imom Abu Xanifa (699-767 yillar) nomini olgan xanifiylar maktabi juda katta nufuzga ega bo‘lib musulmon huquqshunoslari orasida eng moslatuvchan deb hisoblangan. Mazkur maktabi o‘zining yangi huquqiy normalar ishlab chiqish nazariyasini o‘rta asrchilik jamiyatining rivojlanayotgan munosabatlariga maslay bildi va mazkur normalarni ifodalat oldi. Hozirgi kunda shaxsiy statusga oid (nikoh, vorislik, vasiylik va hokazolar) Misr, Suriya, Iroqdagi qonunlar, odatda, mazkur huquqiy maktab ta’riflangan xulosalarni mustahosammishga asoslangan.

SHimoliy Afrikaning ba’zi mamlakatlarida Molikiylar mazhabi katta ta’sir kuniga ega. Mazkur mazhab ushbu hududga (masalan, Liviyada shaxsiy status to‘g‘risidagi qonunlarni, shuningdek, musulmon huquqi normalarini aks ettiradigan boshqa hujjatlarga chiqarishda asos qilib olingan. Saudik Arabistonida rasmiy mazhab xanbaliylardir.

O‘rta Osiyolik huquqshunoslar va hadisshunoslar musulmon huquqi umumiy nazariyasining ham, uning ayrim tarmoqlarining nazariy hamda Amaliy rivojlanishiga ham o‘lkan hissa qo‘shganlar. Ular asosan hanafiya mazhabi tarafdorlari bo‘lishgan. Abu Sayi Abulkarim ibn Muhammad as-Somoniy o‘zining kitob al-ansab asarida yozishicha, O‘rta Osiyoning turli shahar va qishloqlarida IX-XI asrlarda 370 ta qonunshunos, 2300 hadisshunos bo‘lib, ular 50 atrofida huquqning umumtarixiy masalalari bo‘yicha katta rol o‘ynaganlar. Bu masalalar ularning asarlarida asosan hurfikrlilik nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgan.

Ushbu davrda Movarounnahrda islom dini bilan birga musulmon qonunchilik tizimi joriy qilingan.

Islom huquqshunosligining asosini shariat tashkil etgan.

SHariat ikki qismdan: Iloxiyot aqidalari tamoyillari va huquq (fikh)dan iborat. Fikh yoki musulmon huquqi ikki qismdan: birinchisi-musulmonga, uning o‘ziga o‘xshaganlarga nisbatan xulq-atvori (muomalat) qanday bo‘lishi lozimligini; ikkinchisi-Ollohga nisbatan burchlarning bayonidan tuzilgan. SHariatning mazkur ikki qismi turli huquqshunoslik maktablaridan belgilangan va o‘rgangan shaklda huquqshunoslik fanining baxs mavzuidir.

SHariat qo‘yidagi manbalarga tayangan.

Qur’oni Karim – musulmonlarning muqaddas kitobi.

Hadis yoki Sunna – Muhammad payg‘ambarning pand- nasihatlari, o‘g‘itlari va ko‘rsatmalari bilan bog‘liq ahloqiy, huquqiy me’yorlar.

Ijmo’ – musulmon huquqshunoslarining turli muammolar bo‘yicha chiqargan hukmi qarorlari.

Qiyos – analogiya, o‘xshatish yo‘li bilan chiqarilgan hukm.

Urf-odatlar ham muhim manba sifatida amal qilgan.

Fatvo atamasi ham keng qo‘llanilib, u islom qonunshunosi oliy martabali va nufuzli shaxslarning dunyoviy hukmdorlarning qarorlari va farmonlarini yozma ravishda tasdiqlashni anglatgan.

Islom qonunchiligini amalga oshiruvchi huquqshunoslar ma’lum nomga ega bo‘lishgan va muayyan pog‘onada turishgan.

SHariat eng avvalo turli huquqiy makatablarning shakllanish davrida amalda bo‘lgan urf-odatlar asosida tuzilgan. SHu bois unga tarixan ko‘p fikrlilik mansub. Barcha tan olingan sunniy yoki shiya maktablari mazhabida – Madina va Iroq maktablari turadi. Mazkur qadimiy maktablar o‘zlari nazorat qilib turgan hududlarda urf bo‘lgan oddiy huquqdan foydalanib, uni yangi dinning extiyojlariga muvofiqlashtiradilar. Tarixiy sabablarga ko‘ra hozirgi kunda musulmon huquqida to‘rtga sunniy (Xanifiylar, Molikiylar, SHofiylar, Xanbaliylar), shuningdek uchta shiya Ja’fariylar, Ismoiliylar, Zeydiylar) maktablari mavjud, har bir maktab o‘zining huquqiy uslubi va ta’limotiga ega. SHu bois musulmon huquqi maktablarini emas, balki har biri musulmon huquqining mustaqil tizimi maqomini olishga da’vo qiladigan huquqiy tizimlarni o‘zaro tafovutlash mumkin.

Fikh yoki islom huquqida «Haq» -huquq nima deganda, yozadi A.SH.Juzjoniy,, «haq» - arabcha so‘z bo‘lib, sobit ma’nosini anglatadi. Haq bir inson uchun har tomonlama isbotlangan va unga xos bo‘lgan bir narsadir.

Haqning mohiyati aqlan yo shar’an e’tiboriy hisoblanadi, ya’ni aql yoki shariat tomonidan e’tibor berilishi asosida kelib chiqadi. SHunga ko‘ra, haq, huquqni qonuniyligini qo‘yidagicha izohlash mumkin.

Haq qaror topadigan joy, masalan, ijaraga berilgan uydan foydalanish huquqi.

Haq egasi – ijaraga beruvchi kishi.

Haq zimmasida bo‘lgan kishi - uyni foydalanish uchun ijaraga olgan kishi.

Haqning mashru’iyati, ya’ni shariat asoschisi tomonidan ijara bitimiga berilgan ruxsat.

Islom huquqshunosligida haq egasi nuqtai nazaridan haq ikki asosiy to‘rga bo‘linadi.

Birinchi turi- «Haqqulloh» yoki «Huqqulloh» dan iborat bo‘lib, barcha jamiyatning huquqi, ya’ni ommaviy huquqni ham o‘z ichiga olib, katta ahamiyatga ega bo‘lgani uchun haqqulloh deb atalgan.

Ikkinchi turi – «Haqqul-abd» bandaning huquqi, ya’ni xususiy yoki shaxsiy huquqdan iborat bo‘lib, insonlararo mavjud bo‘lgan barcha muomalat sohalarini o‘z ichiga oladi.

Islom huquqshunosligida ijtihod qiyos va ijmoda qo‘llaniladigan metod (uslub) hisoblanadi.

Islom huquqshunosligida keng qo‘llaniladigan fikh- arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi fahm qilmoq, anglamoq, tushunmoq deb, yozadi olim A.SH.Juzjoniy o‘zining «Islom huquqshunosligi» kitobida. Fikh olimi bo‘lish uchun esa faqatgina shariat hukmlarini sodda va yuzaki bilish, yod olish etarli bo‘lmasdan, balki ularning barcha sabab va hikmatlarini bilmoq va shariat asoschisining maqsadlarini anglamoq zarurdir. SHuning uchun ham shariat hukmlarini sodda uslubda bilgan kishini olim deyishsada, fakih deb tan olishmaydi. Islom dini va islom huquqini rivojlantirishda bizning buyuk vatandoshlarimiz, yirik fakih va allomalarimiz o‘z ta’limotlari bilan katta hissa qo‘shganlar. Imom al – Buxoriy, imom Abu Iso Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Burhonuddin Marg‘inoniy kabi ko‘plab hadisshunoslar va fakihlar shular jumlasidandir.

Ular ta’lomotida ilgari surilgan siyosiy-huquqiy g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Mana shu qutlug‘ zaminimizda tug‘ilib voyaga etgan, muborak nomlarini butun islom dunyosi cheksiz ehtirom bilan tilga oladigan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xo‘ja Bahouddin Naqshband, Ahmad YAssaviy, Abduxoliq Gijduvoniy, Zamahshariy kabi piri komillarimizni nazarda tutamiz. CHunki bu buyuk insonlarning aziz nomlari, o‘lmas merosi muqaddas dinimiz bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Biz dinimizni bu ulug‘ nomlarsiz, bu ulug‘ nomlarni esa dinimizsiz tasavvur qila olmaymiz.

Biz bu mutafakkirlarimizning qutlug‘ merosidan butun xalqimiz, jumladan, yoshlarimizning ham bahramand bo‘lishiga, ularning mana shunday ma’naviy kamol topishiga, islom dinining insonparvarlik falsafasi buyuk g‘oyalari yosh avlod yuragidan ham joy olishiga sharoit yaratmoqdamiz».

Haqiqatan ham, O‘rta Osiyo xalqlarining ushbu davrdagi siyosiy –huquqiy g‘oyalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

IX asrda, ya’ni Muhammad vafotidan 200 yil o‘tgan 600 ming hadislar yig‘imlar va u musulmon ilohiyotchilaridan ularning ba’zilarini sharhlash va tanlashni talib qildi. Mazkur o‘rinda biz ilgari sharhlangan hadislarga emas balki, ulardan 3-4ta mashhur bo‘lganlariga 78 tiborni qaratmoqchimiz.

Sunna dindorlar amal qilish lozim bo‘lgan payg‘ambarning turmush tarzi va xulk-atvori to‘g‘risidagi xotiralardan xiqoya qiladi. Sunna Muhammadning qator vositachilar tomonidan qaytadan aslidek ishlab chiqilgan xatti-harakatlarni va xikmatlariga oid odatlar, ya’ni an’analarning to‘plalindir; bu- Muhammad payg‘ambarning ijtimoiy hayot qoidalari va Qur’onni sharhlash, diniy ibodat va huquqqa oid manbax bo‘lgan qilishlari va xikmatlaridir. Sunna Muhammadning xikmatlari va uning din va jamoa hayotning tuzish to‘g‘risidagi payg‘ambar zamondoshlari tomonidan yaratilgan va inson Muhammad xaqiqatlari haqidagi rivoyatlar bilan to‘ldirilgan hadislarda in’ikos etgan. Hadislar og‘zaki ko‘chib yurgan, so‘ngroq esa VIII-IX asrlarda yozib olingan, oltita suniylar tomonidan umum e’tirof etilgan va eng e’tiborli hadislar to‘plami mavjud. Ularni al-Buxori, Muslim, Abu- Davud, at-Termizi, an-CHason, Ibn Mojalar tuzishgan. Bundan tashqari, ko‘pgina mavzularga oid hadislar to‘plami va eng muhim hadislarning to‘plamlari ham mavjud.


  1. Imom al- Buxoriyning hayoti va ijodi.

  2. Imom al- Buxoriy va hadis ilmi.

  3. «Hadislar» dagi siyosiy va huquqiy g‘oyalar.

Hadis ilmida katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan olti muxaddisning deyarli hammasi Markaziy Osiyolik bo‘lib, ular:

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Xajjoj, Abu Iso Muhammad ibn Iso at - Termiziy, Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy, Imom Ahmad An - Nasoiy, Imom Abu Abdulloo‘ Muhammad ibn YAzib ibn Mojja kabi allomalardir. SHular ichidan «Hadis ilmida amir al-muminiyn» degan sharafli nomga Imom al - Buxoriy sazovor bo‘lgan.

Imom al-Buxoriy 810 yilda Buxoro shahrida tavallud topgan.

Imom al–Buxoriy tomonidan «Al-jome’ as-Sahih», «Al-adab al-mufrad», «Al-ta’rix as-sagiy», «Kitob al-ilal» kabi yigirmadan ortiq asarlar yozilgan. Buyuk allomaning eng muhim asari «Al Jome’ as-sahih» bo‘lib, uning ahamiyati shundaki, Imom al-Buxoriygacha hech kim Hadislarni tizimlashtirishga, to‘plashga erisha olmagan edi.

Imom al - Buxoriy esa Islom olamida birinchi bo‘lib, 600 mingdan ortiq Hadisni yod bilib, undan 7275 tasini to‘g‘ri Hadislar to‘plamiga kiritgan.

Imom al-Buxoriy Hadisshunoslik ilmining «sahih» atalmish yo‘nalishiga asos solgan bo‘lib, bu yo‘nalishda faqat to‘g‘ri va ishonarli Hadislar kiritilgan. Ushbu asar 4-jilddan iborat bo‘lib, islom ta’limotida qur’ondan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

“Qur’on» musulmon huquqi uchun rahbariy qoidalar bo‘lsa, “Hadislar” ularni aniqlashtiruvchi, huquqiy munosabatlarni tartibga solishga ko‘maklashadigan –Kodeks (qoidalar to‘plami).

Masalan, shunday hadislardan biri bilan tanishsak, Imom al-Buxoriyning 4 jilddan iborat «Al-Jomi’ as-sahih» nomli hadislar to‘plami musulmonlar uchun qur’oni Karimdan keyin turuvchi ikkinchi manba hisoblanadi. Bu asarning to‘liq nomi «Al-Jomi’ as-sahih al-musnad min xadiysi Rasulillox sallaloxu alayxi va sallam va sunanixi va ayyomixi», qisqacha «Al-Jomi’ as-sahih» yoki «Saxiyx al-Buxoriy» nomi bilan mashhur kitobdir. Olti yuz ming hadisdan faqat (7275 ta)si tanlab olinib ushbu kitobga 26 yil davomida to‘plangan. Imom al-Buxoriyning ismlari Muhammad, kunyalari Abu Abdullox, laqablari «Imom al-muxaddisiyn («Muxaddislar imomi, peshvosi») yoki «Amir ul-muminiyn fil-xadiys» (Hadis ilmi bo‘yicha mo‘minlar amiri) va nasablari Muhammad ibn Ismoil ibn Ibroxim ibn al-Mugiyra ibn Bardazbex ibn Bazazbexdir. Abu Abullox Muhammad ibn Ismoil Al Buxoriyning «Al-jomi’ as Sahih» to‘plamining to‘rtinchi jildida meros masalalari yoritilgan.

Muhammadning qilgan ishlari haqidagi hikoyatlardan, fikr va o‘g‘itlaridan tashkil topgan hadislar to‘plami Sunna deb atalgan va bu hadislar ikkiga: 1.Isnod dalil va 2.Matnga bo‘linib, qur’onga qo‘shimcha hisoblangan, yoki yana ularni qo‘yidagicha izohlash mumkin.

Hadis ilmi ikki turga bo‘linadi.

Birinchisi, rivoyatul-hadis Payg‘ambardan rivoyat qilingan uning so‘zlari, amallari, tasdiqlari, uning axloqi va oliy fazilati, shuningdek, sahobalar va tobinga nisbat berilgan narsalarni o‘rganadi.

Ikkichisi, diroyatul – hadis va Sunnni rivoyat qilishda foydalaniladigan usul va qoidani o‘rganadi.

«Diroyat» so‘zi bir narsani tom ma’noda tushunib olishdir.

Ana shunday keng ommaga bag‘ishlangan hadislar to‘plamini birinchi bo‘lib imom al-Buxoriy boshlab berganlar. Ushbu asarning yaratilganiga 1200 yil oshganiga qaramasdan, islom ta’limotida qur’ondan keyin turuvchi muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

Imom al-Buxoriyning ushbu asarining ko‘plab nusxalari turli shaharlarda tarqalgan.

«Al-Jome’ as-sahih» ga juda ko‘plab sharhlar yozilgan.

Hadislarda vatanga muhabbat, insonparvarlik, hallollik, mehr-muhabbat, saxiylik, etim-esirlarga muruvvat, faqir bechoralarga himmat g‘oyalari ilgari surilgan.

Hadislardagi siyosiy-huquqiy g‘oyalar

Amirning sovg‘a olishi harom va qozining pora olishi dindan chiqishdir.

-Omonat qo‘ygan kishining omonatini o‘z vaqtida ado eting. Haqqingizga xiyonat qilgan kishiga siz xiyonat qilmang.

-Iloji boricha odamlarni oliy jazoga tortmaslikka harakat qilinglar. Lekin oliy jazolar ham butunlay bekor qolmasin.

-YOv tomondan biror kishi o‘z joniga omonlik so‘rab kelsa, uni o‘ldirmang.

-Qaysi birlaringga qozilik lavozimini o‘tashlik to‘g‘ri kelib qolsa, jaxlu g‘azab kelganda hukm chiqarilmasin, xusumat bilan kelganlarga qarashda, ularni o‘tkazishda va ularga imo-ishora qilishda barobar bo‘linsin.

-Biror qabilaning ulug‘ kishisi yoki boshlig‘i kelsa, sizlar ham uni izzat-ikrom qilinglar.

-Qachonki, tangri biror podshohga yaxshilikni xohlasa, unga sodiq vazir baxsh etadi, u unutgan paytda eslatadi, eslagan paytda yordamlashadi. Agar Tangri podshohga yomonlikni istasa, unga yomon vazir ato qiladi, u unutsa eslatmaydi, eslasa, yordamlashmaydi.

-Savobli ish qilganingizda xursand bo‘lsangiz, gunoh ish qilganingizda xafa bo‘lsangiz, demak, siz haqiqiy mo‘mindirsiz.

-Bu dunyoda odamlarga qattiq azob beradigan kishilarni Tangri qiyomat kuni qattiq azoblaydi.

-Meroslaringizni taqsimlashda bir-birilarigizga xiyonat va zulm qilmanglar. Zulm qiluvchilardan mazlumlar haqini undirib beringlar. Odamlarga o‘zlaringizcha insof qilinglar.

-Kasbning eng yaxshisi o‘z quli bilan bajaradigan ishi va halol savdodir.

-Zotu nasablaringizni yaxshi tanib olinglar, toki qarindoshlar bilan aloqa yaxshi bo‘lsin. O‘zi yaqin turgani bilan o‘zaro muruvvati bo‘lmasa, uning yaqinidan foyda yo‘q. O‘zi uzoq turgani bilan bir-biriga muruvvati yaxshi bo‘lsa, uzoqligining zarari yo‘q.

-Mo‘minlarning afzali hulq-atvori yaxshilaridir.

-Sudxo‘rlik gunohidan ham ashaddiyroq gunoh mo‘min kishining obro‘sini nohaq to‘kishdir.

-Sizlar odamlarni molu-dunyolaringiz bilan mamnun qila olmaysizlar, balki ochiq yuz va yaxshi hulqlaringiz bilan minnatdolar qilishlaringiz mumkin.

-Faqat xayrli va savobli ishlar buyurilganda, unga itoat qilish kerak.

-Sizlardan oldingi o‘tgan qavmlar nima uchun halok qilinganlar. CHunki ular hurmatli odamlar o‘g‘rilik qilsa kechirganlar, ammo zaif va bechora hol odamni esa jazolaganlar.

-Ikki zaif toifa, ya’ni etim va ayol haqqini emoqlik sizlarga harom qilaman.

-Birodarlaringizga – xoh u zolim bo‘lsin, xoh mazlum, yordam bering. So‘radilar –«Mazlumga-ku yordam beramiz, zolimga yordam berishlik qanday bo‘ladi». Javob berdilarki - «Uni zulm qilishdan to‘xtatib qolsangiz, shu unga qilgan yordamingiz bo‘ladi».

-Qo‘shni bilan yaxshi aloqada bo‘linglar.

-Haqqingni xoh mukammal, xoh kami bilan bo‘lsa-da, halol qilib ol.

-Sizlarning yaxshilarnigiz o‘z olgan qarzlarini chiroyli qaytaradiganlaringizdir.

-Ikki xil qiozilar borki, ularga do‘zaxga mahkumdirlar, bir xillari esa jannatiydirlar. Haqni bilsa-da, nohaq hukm chiqaradigan yoki umuman ilmi yo‘q bo‘la turib, o‘z xohlaganicha hukm chiqaradigan qozilar do‘zaxiydir.

-Hech bir ota o‘z farzandiga hulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi.

-Kimki bilib turib o‘g‘irlik narsani sotib olsa, u shu o‘g‘rilikning ori va gunohiga sherik bo‘ladi.

Imom al - Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o‘zining go‘zal hulq-atvori, saxovatliligi bilan ham ajralib turgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Buxoro amiri Holid ibn Ahmad az - Zuxliy bilan al-Buxoriyning aloqsi buzilib qolgan. Bunga sabab, amir olimdan saroyga kelib «Al-Jome’ as-sahih», «At-Tarix» kitoblarini o‘qib berishni talab etgan. Lekin al-Buxoriy «Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilm kerak bo‘lsa, o‘zi izlasin, - deb javob qaytargan. Amir esa al-Buxoriyni shaharni tark etishni buyurgan ekan. SHundan keyin al-Buxoriy Samarqandga yo‘l olgan va Hartang qishlog‘ida betoblikda vafot etgan. Bu joy Respublika Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahnamoligida zamonaviy, sharqona uslubdagi ziyoratgohga aylantirildi. 1998 yilning kuzida esa buyuk allomaning 1225 yilligi nishonlandi.



  • Abu Mansur al – Moturudiy ta’limoti.

  • Motrudiyning kalom ilmida tutgan o‘rni.

Islom ta’limotida fikx va kalom ilmi xaqida gapirilar ekan, albatta shu o‘rinda Abu Mansur Muxammad ibn Muxammad ibn Maxmud al-Xanafiy al-Moturudiy as-Samarqandiy va ushbu allomaning kalom ilmi xususidagi xizmatlarini o‘rganish bo‘lajak xuquqshunoslar uchun o‘rinlidir.

Kalom-so‘z, nutq degani bo‘lib, o‘z asosida islom falsafasini aks ettirgan YAxin va O‘rta sharq xalqlarining o‘rta asrlarda vujudga kelgan diniy falsafa jarayonidir. Bu ilmiy oqimning olimlarini «mutakallim» deb ataydilar.

Ilmi kalom VIII asrda vujudga kelgan. Bu davrga kelib, islom dini keng yoyila boshladi. Ko‘p davlatlar islom diniga kira boshladilar. Tabiiyki, shu jarayonga xamoxang tarzda ko‘pdan-ko‘p firxalar, mazxablar paydo bo‘la boshladi. Natijada, ular orasida baxsu munozaralar vujudga kelib, bu xol sunnat aqli imonini sustlashtirishga olib kela boshladi. Ana shunday bir vaziyatda, bir-biriga zid bo‘lgan xar-xil bid’at mazxablaridan «aqli sunnat val – jamoat»ning aqidayu e’tiqodlarini omon saqlash maxsadida xam kalom ilmi vujudga keldi. Zuxriddin Xusniddinov o‘zining «Islom: yo‘nalishlar, mazxablar, oqimlar» nomli kitobida ta’kidlashicha, sunniylik yo‘nalishi xisoblangan «Aqli sunna val jamoa» 4 ta fiqxiy: xanafiy, shofe’iy, molikiy, xanbaliy va 2 ta aqidaviy : ash’ariy va moturudiy mazxablaridan iborat bo‘lgan. Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1,3 milliard musulmon axolining 92,5 % ni sunniylar tashkil etib, ular mazxablar bo‘yicha qo‘yidagi nisbatda bo‘linganlar: xanafiylar – 47%, shofi’iylar – 27 % , molikiylar – 17%, xanbaliylar – 1,5 %.

Manbalarning dalolat berishicha, Moturudiy Imom A’zam (Xanafiya) mazxabi zanjiridagi eng yuqori turgan allomalardan taxsil va ijozat olgan.

Al-Moturidiyning «Ta’viloti aqli sunna» asari qiymatli tafsir kitoblaridan bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlari bor.

Birinchidan, asar tafsir kitoblari ichida birinchilardan bo‘lib «ta’vil» nomi bilan atalgan.

Ikkinchidan, aqli sunna olimlari tomonidan Qur’onni tafsir qilishga bo‘lgan ilk xarakatlar namoyandasidir.

Imom al-Moturidiy asarlari uch asosiy masalaga qaratilgan

hukm chiqarishdagi asosiy manbalarni beligilash ya’ni, Qur’on va hadisdan hukm chiqarish usullari,

e’tiqod masalalarini aql va naqlga to‘g‘ri keladigan dalillar bilan asoslab berish



  • Qur’on ma’nolarini odamlarga tushuntirib berish.

  • Imom Moturudiy o‘z xayotini va faoliyatini sunnatdan tashqari chiqib, og‘ishgan kishilar muloxazalarini sindirish va islom aqidasini himoya etishga bag‘ishlagandir. CHunonchi islomiy ishlardan bo‘lmish fiqx usul va kalomda o‘ta mukammal ekanligidan dalolat beradi.

  • Fixq usuli borasidagi asarlari quyidagilar edi:

  • 1. «Maxozu ush - shari’a»; ma’xaz ash-shara’i, «shariatlarning manbasi va sofligi»

  • 2. «Kitobul – jadal».

  • SHu bilan birga, Xazrati Imom Moturudiy tafsir va kalom ilmlari soqasida xam aqli sunnat usuli ila asarlar yozganlar.

  • Tafsir xaqidagi kitobiga «Ta’vilotu aqli sunna» yoki boshqacha nomi « At - ta’vilotul – Moturudiya fi bayoni usuli aqli sunnat va usuli tavqid » deb nom bergan.

  • Ushbu kitob xaqida Xoja Xalifa nomli mashxur olim shunday degan edi: «Bu tengsiz bir kitobdir. Xatto ilmi kalomda bundan oldin yozilgan kitoblarning xech biri bunga teng kela olmaydi. Bu kitob boshqa kitoblarga nisbatan juda oson tushuniladi va istifoda etiladi»

  • Moturudiyning «At–ta’vilot» kitobi, uning «At–tavxid» kitobiga qaraganda, yana xam oydinroq, oyatu tafsirlarning yanada qulayroq yozilganligini, muallifning bu ilmlarni chuqur o‘rganganligidan darak berishini qator tadqiqotchilar urg‘u berib yozishgan.

  • Uning «Kitob al usul» («Asoslar kitobi»), «Kitob tavilot l-Qur’on» (Qur’on tafsiri xaqida kitob) «Kitob al-Maqolat» («Maqolalar kitobi») kabi asarlarida xanafiylar ta’limotiga oid fikxning yirik masalalri yoritib berilgan.

  • Bugungi kunda sharqshunoslar, faylasuflar, huquqshunoslar, siyosatshunoslar tomonidan Moturudiya ta’limotini o‘rganishning axamiyati kattadir. CHunki allomalarimiz qoldirgan boy merosni yoshlar tomonidan ham chuqur o‘rganilsa, tadqiq etilsa, milliy ma’naviyatimizning tarixiiy ildizlari yanada mustahkamlanib boraveradi.

SHarq uyg‘onish davri shunday qomusiy olimlarni yuzaga chiqardiki, ularning jahon madaniyati va ilmu faniga qo‘shgan hissasi hanuzgacha hayrat bilan e’tirof etiladi. 2000 yilda tavalludining 910 yilligi nishonlangan Burhoniddin Marg‘inoniy ham ana shunday buyuk siymolardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Islom dunyosining buyuk allomasi, mashhur «Hidoya» asarining muallifi, XII asr boshida tavallud topgan ulug‘ zot Burxoniddin Marg‘inoniy ham shu zamin farzandidir».

Buyuk fakih Abul Hasan Ali ibn abu Bakr ibn Abdul Jalil al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy al-Marg‘inoniy 1123 yil 23–sentyabrda tug‘ilgan. Ul zotning Burhonuddin val-milla degan sharafli nomlari xalq orasida mashhur bo‘lgan. Ul zotning nisbalaridagi ar-Rishdoniy nisbasini al-Marg‘inoniy nisbasidan oldin bo‘lishining sababi, bir tomondan, allomaning aynan Rishdonda tug‘ilganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, o‘rta asrlarda Rishdon Marg‘ilondan ko‘ra kattaroq shahar bo‘lgan. SHuning uchun ham Rishdon Marg‘ilondan oldin qayd etilgan.

Burhonuddin Marg‘inoniy Qur’oni, Hadis ilmini mukammal egallab, fikh – islom huquqshunosligi borasida chuqur ilmga ega bo‘lganligi uchun

Burhon ud-din va-l-milla va Burxonuddin al-Marg‘inoniy nomlari bilan mashhur. «Burhonuddin» - din hujjati, din dalili, dinning iftixori kabi ma’nolarni anglatadi.

Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan davr SHarq (musulmon) uyg‘onish davrining jamiyat, madaniyat va fan taraqqiyoti hamda fiqh ilmiga katta zarurat tug‘ilgan bir davrga to‘g‘ri kelgan.



«Hidoya» kitobida Huquqiy masalalarning echimi dastlab fiqh ilmining yirik olimlari fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflarning e’tirozlari yoki qo‘shilishlarini izhor etish yo‘li bilan berilgan. Ana shunday obro‘li fahiqlar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan huquqiy masalalarda eng ma’qul echimni tanlab olish yo‘liga amal qilingan. SHu tariqa undan qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab berilgan. «Hidoya» asarida har biri nihoyatda qisqa va muxtasar, hamda fiqhiy hukmlarni ifodalovchi jumlalarning qar biri alohida o‘ziga xos shaklda berilgan.
Adabiyotlar

  1. I.A.Karimov. Olloh qalbimizda yuragimizda.

  2. Islom huqushunosligi. A.SH.Juzjoniy.

  3. O‘zbekiston tarixi-davlat va jamiyat taraqqiyoti. A.Sagdullaev va boshqalar. T., 2000.

  4. Usulul fikh. Abdulvahhob Xallof. T., 1997.

  5. Buyuk allomalarimiz. «Toshkent islom universiteti».2002

  6. Z.Muqimov. Movarounnahr fikh maktabi. Samarqand. –1997.49-bet

  7. Al-Motrudiy ta’limoti va uning o‘rta asrlarda Movarounnahr madaniyatida tutgan o‘rni. Ma’ruzalar to‘plami. T., –1999. 70-bet

  8. K.Kattaev. Samarqandning buyuk allomalari. Samarqand.-1998.

  9. Buyuk allomalarimiz. Toshkent islom universiteti. –2002.




Download 52.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling