2-mavzu: Maxsus fanlarni o‘qitish mazmuni va yullari. (2soat) Taъlim maqsadi: Maxsus fanlarni o‘qitish mazmunini boyitish yo‘llari «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»


Download 30.46 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi30.46 Kb.
#1009132
  1   2   3   4
Bog'liq
2-маъруза


2-mavzu: Maxsus fanlarni o‘qitish mazmuni va yullari. (2soat)


Taъlim maqsadi:

Maxsus fanlarni o‘qitish mazmunini boyitish yo‘llari «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham alohida eъtiborga olingan bo‘lib, kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taъminlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish kabi ulug‘ vazifalarni belgilaydi.


Reja:

1. Maxsus fanlarni o‘qitishda «Taъlim to‘g‘risidagi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari.
2.Maxsus fanlarni uqitishni takomillashtirishning samarali yullari.
3.Maxsus fanlarni o‘qitishda umumkasbiy kunikmalarning shakllanishi va rivojlanishi.
4.Maxsus fanlarni uqitishda taъlim tamoyillaridan foydalanish.


Tayanch iboralar:

«Taъlim tug‘risidagi qonun», fan, texnika, texnologiya, ishlab-chiqarish, metod, metodika, metodologiya, taъlim-tarbiya, muommoli vaziyat, taъlim tamoyillari, ijodkorlik qobiliyati, kadrlar tayyorlash, yosh avlod, milliy kadrlar, tarbiyalash.


O‘qituvchi bugungi kunda nimalarga masъul?


Mustaqil O‘zbekistonning maъnaviy sog‘lom yosh avlodlari, bulajak vatanparvarlarini tarbiyalash yuki pirovard natijada o‘qituvchining zimmasiga tushar ekan, u bugun nafaqat bilimdon bolalarni, balki, eng avvalo ana shu bilimlarni egallashni o‘zining burchi deb biluvchi milliy kadrlar shaxsini shakllantirishga maъsuldir. Bu respublikamizning milliy istiqloli, mafkurasi taъlim sohasi oldiga qo‘ygan dolzarb buyurtmasi bulib turibdi.
Bugun respublikamiz xalq xo‘jaligining tez surъatlarda rivojlanib borishi, mutaxassislardan hujalik yuritishning zamonaviy usullaridan, fan, texnika va texnologiyalar yutuqlaridan samarali foydalanishni talab etmoqda. Fan, texnika texnologiyalarning rivojlanib borishi esa, mutaxassislar mehnati tavsifi hamda mazmunini o‘zgarishiga olib kelmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham yuqoridagi talablar eъtiborga olingan bulib, kadrlar tayyolash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taъminlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish kabi vazifalar belgilangan.
SHuningdek, ushbu dasturda taъkidlab o‘tilganki «Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalish, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, taъlim texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi». Bu esa maxsus fanlarni o‘qitish, mazmuni va sifatiga bulgan talabni oshiradi, hamda ularni o‘qitishni takomillashtirishni taqozo etadi.

Talabalarga maxsus fanlar bo‘yicha taъlim berishni takomillashtirish omillari nimalardan iborat?


Talabalarga maxsus fanlar bo‘yicha taъlim berishni takomillashtirish omillari quyidagilardan iboratdir:

  • Taъlimning anъanaviy va zamonaviy samarali usullarini xamda metodlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish;

  • Fanlar mazmuni, taъlim metodlari hamda tashkiliy shakllarini fan, texnika va texnologiyalarning zamon talablariga moslash;

  • Maxsus fanlarni o‘qitishning politexnik, tarbiyaviy va yunaltirilganlik maqsadlarini kuchaytirish;

  • Dars maksadini anik belgilash, unga ajratilgan vaqtdan samarali foydalanish, o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro faoliyatini uyg‘unlashtirish;

  • Dars jarayonida o‘kitishning didaktik va texnik vositalaridan, xamda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish;

  • Darsda muammoli vaziyatlar vujudga keltirish, talabalarning mustakil ishlashlarini kuchaytirish, har xil didaktik uyinlardan foydalanish orkali talabalar faolligini oshirish;

  • Talabalarning maъnaviy-maъrifiy, pedagogik, psihologik, metodik va maxsus tayyorgarliklari darajasini oshirish.

YUqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash uchun maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida quyidagi masalalarga eъtiborni qaratish zarur.

  • Mutaxassislarning amaliy faoliyatida bilishi zarur bulgan nazariy belgilarni berish;

  • Talabalar politexnik bilimlar darajasini kengaytirish;

  • Talabalarni mehnatga va umumiy mehnat madaniyatiga sidkidildan yondashish ruhida tarbiyalash;

  • Talabalarning ijodiy qobiliyatlari va o‘z kasbiga qiziqishlarini rivojlantirish.

Har bir kasbga oid bilimlar xajmi va mazmuni Davlat taъlim standartlarida o‘z aksini topgan.
Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida talabalar kasblarga oid maxsus kasbiy bilimlarni egallaydilar. Darslarda talabalar maxsus bilimlardan tashqari umumkasbiy bilimlarni ham egallaydilar.
Umumkasbiy bilimlar - mehnat faoliyatini rejalashtirish, tashkil qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish haqidagi bilimlardir.
Maxsus fanlarni o‘rganish talabalarning aqliy rivojlanishiga, ularda fikrlash, analiz va sintez qilish, solishtirish, umumlashtirish, tasniflash, sabab-natijali bog‘lanishni aniqlash, umumiyni, alohidani va asosiyni ajrata olish kabi kunikmalarning shakllanishiga yordam beradi. Bunda maxsus fanlarga oid bilimlarning fizika, kimyo, matematika va boshka fanlar qonuniyatlariga asoslanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. SHunday qilib maxsus fanlarni o‘rganishda talabalar umumtaъlim fanlaridan olgan bilimlarini xam mustahkamlaydilar.
Maxsus fanlarni uqitish jarayonida taъlimning qanday taoyillaridan foydalanib kelinmoqda?
Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida taъlimning ilmiylik, nazariya bilan amaliyotning birligi, tushunarlilik, tizimlilik, izchillik, talabalar faolligi va mustakilligi, kursatmalilik, o‘quvchilarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish va boshqa tamoyillardan foydalanib kelinmokda.

Download 30.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling