2-mavzu: Maxsus fanlarni o‘qitish mazmuni va yullari. (2soat) Taъlim maqsadi: Maxsus fanlarni o‘qitish mazmunini boyitish yo‘llari «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»


Download 30.46 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi30.46 Kb.
#1009132
1   2   3   4
Bog'liq
2-маъруза

Tushunarlilik tamoyili. Bu tamoyilga asosan o‘rganilayotgan materiallar mazmuni hamda o‘qitish metodlari o‘quvchilar yoshiga, tayyorgarlik darajasiga va bilish imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Maъlumki, o‘quv materiali juda qiyin bo‘lsa, yaъni talabalar uni tushunib etmasalar, ularda o‘ziga bulgan ishonch va o‘rganilayotgan fanga bulgan qiziqish yo‘qoladi. O‘quv materiali o‘ta oddiy va oson bo‘lishiga ham yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki bunda talabalar fikrlash faolligi kamayadi va natijada dars zerikarli utadi.
Maxsus fanlarni o‘qitishda tushunarlilik tamoyiliga asoslangan holda o‘quv materiallarini darslarga tug‘ri taksimlash, taъlim metodlaridan mohirona foydalanish, xar bir talabaga individual yondashish, hamda taъlimning oddiydan murakkabga, maъlumdan nomaъlumga, umumiydan xususiyga o‘tish tamoyillariga asoslanish taъlim jarayoni samaradorligini oshirishda muxim axamiyat kasb etadi.
Tizimlilik va izchillik tamoyili. Bu tamoyil asosida maxsus fanlar buyicha o‘quv materiallarini shunday mantiqiy taqsimlash kerakki, bunda maxsus fanlarga oid tarqoq bir-biriga bog‘lanmagan bilimlar emas, balki bilimlarning yangi tizimi shakllanadigan b¢lsin. Bu tamoyilga nazariya laboratoriya-amaliy va ishlab chiqarish taъlimlari orasida izchillik b¢lgandagina erishish mumkin. Fanni mavzuiy rejalashtirishda bu tamoyilga asoslanish lozim.
Talabalar faolligi va mustaqilligi tamoyili. ¡quv materiallarini o‘zlashtirish darajasida talabalar faolligini va mustaqilligini oshirish uchun o‘qituvchi maxsus fanlarni o‘rgatishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan, o‘qitishning kurgazmali qurollari va texnik vositalaridan, axborot texnologiyalaridan keng foydalanishi, darsda muammoli vaziyatlar vujudga keltirishi, talabalarda ijodiy fikrlash va xotirani rivojlantirish zarur.
Kurgazmalilik tamoyili. Maxsus fanlarni o‘qitish sezib idrok etish xamda abstrakt tafakkurning bog‘lanishi asosida tuzilishi lozim. Ko‘rgazmalilik tamoyili qo‘llanilganda talabalar faolligi va qiziqishi ortadi, kuzatuvchanligi va tafakkuri rivojlanadi, bilish jarayoni tajriba, amaliyot bilan bog‘lanadi.

Download 30.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling