2-mavzu: San’at estetik hodisa Reja


Download 34.26 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi34.26 Kb.
#239488
  1   2
Bog'liq
2-МАЪРУЗА (1)


2-mavzu: San’at - estetik hodisa

Reja:


  1. San’atning tabiati va turlari.

  2. San’atda inson ruhiyati masalasi.

  3. Adabiyot - so‘z san’ati.

  4. San’atning boshqa turlari bilan badiiy adabiyotning munosabati.

  5. Badiiy adabiyotda so‘zning maqomi va tasvir imkoniyatlari.


Insoniyat olam haqidagi tafakkuri shakllana boshlagan davrdan uning olam va odam munosabati haqidagi qarashlari shakllana bordi. Ibtidoiy qarashlardanoq odam olamga munosabatini obrazli tarzda ifodalashga intildi. Bu o‘rinda bilamizki, dastlabki munosabatlari tarzida Yevropa, Afrika va Osiyoning bir necha qadimiy g‘orlarda saqlanib, bizga qadar yetib kelgan bir qancha ibtidoiy rassomlar tomonidan chizilgan tasvirlar misol bo‘la oladi. Ularda aksar ibtidoiy odamlarning turli mahluqlarni ov qilishi manzaralarda o‘ziga xos odamning dastlabki tasviriy obrazlari aks ettirilgandir. Keyinchalik esa tafakkurning turli bosqichlariga ko‘ra obrazlar ham o‘zgarib bordi. Dastlabki kosmogonik qarashlar, totemizm, fetishizm, animizm qarashlarda olamni turlicha g‘ayrioddiy kuchlar boshqarishi nazarda tutilgani bois tasvirlarda ham inson ularni ifodalashga intilib keldi. U bu tasvirlar qanchalik tabiiy chiqsa boshqalarda shunchalik kuchli tassurot uyg‘otishi va ta’siriga tushirishi uchun uni mukammallashtirish borasida o‘z mahoratini oshira bordi. Natijada tasviriy san’atning rivojlanishi ro‘y bera bordi. Bu jarayon dinnning paydo bo‘lishi davrida, ayniqsa, juda jadal rivojlandi. Insoniyatning qadimgi tamadduni o‘choqlaridan biri bo‘lmish qadimgi Misr ehromlarida saqlanib qolgan sur’atlar shulardan darak beradi. Bundan tashqari qadimgi Xitoy madaniyatiga oid, qolaversa o‘zimizning yurtimiz hududidan arxeologik qazishmalar davrida topilgan ko‘plab idish va boshqa narsalarga bitilgan suratlar shulardan ashyoviy dalildir.

Demak, tasviriy san’at odamning olamga bo‘lgan munosabatinining tasviriy obrazlar vositasida ifodalash usulidir.

Unga ko‘ra dastlab hayotiy voqealar – ov manzaralari, keyinchalik g‘ayritabiiy mavjudodlar, ilohlar o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, undan so‘ng payg‘ambar va hukmdorlar asosiy tasvir obyektiga aylandi. Kishilik jamiyatining keyingi bosqichlarida bosh tasvir obyektiga oddiy insonning o‘zi ko‘chdi.

Asosiy sezgining ikkinchisi bo‘lmish eshitish orqali ta’sirlanishdan olamga munosabatni aks ettirishdan san’atning yana bir turi – musiqa san’ati yuzaga keldi. U ham dastlab tabiatdagi hodisalarning tovushlari, qush va hayvonlarning ovozlariga taqlid sifatida paydo bo‘lgan bo‘lib, keinchalarik ma’lum bir ohang tizimlari aniqlanib shu orqali mustaqil tarzda “kompozitsiya” qilish bilan odamning olamga munosabati ifodalanashi vujudga keldi.

Ijtimoiy ong – ijtimoiy turmushning in’ikosi, mahsuli sifatida maydonga keladi. Ijtimoiy turmush jamiyatning moddiy hayoti, ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar majmuidir. Ijtimoiy ong jamiyatning siyosiy, etik, estetik, huquqiy, diniy qarashlari, tasavvurlari, g‘oyalari, nazariyalari va bular ifodalagan falsafa, ahloq, din kabi tafakkur shakllarini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ong, shu jumladan, adabiyot va san’at obyektiv borliqni aks ettiradi. Ijtimoiy turmushdagi o‘zgarishlar ijtimoiy ongda ham o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Biroq ijtimoiy ong nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladi. Bir tuzumning yemirilishi bilan adabiyot ham yemirilib ketmaydi. Chunki adabiyot va san’at o‘z qonuniyatlari asosida rivojlanadi. Biroq adabiyot va san’at jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida davr taqozosi bilan o‘zgacha xususiyatlarga ega bo‘ladi.

V.G.Belinskiy ta’kidlaganidek, «san’at ham hayotning barcha tomonlarini ifodalashda fandan qolishmaydi».

Fan – tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi bilimlar yig‘indisi bo‘lib, u tabiat va jamiyat hodisalarining qonuniyatlarini o‘rganadi. San’at ham xuddi fandek hayotni aks ettiradi va hayot jumboqlariga javob beradi. Shuning uchun ham u ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.

San’atdagi kashfiyotning eng muhim xususiyaqti shundaki u fandagi kashfiyotlardan o‘zining abadiyligi bilan farq qiladi. Fandagi allomalarning ilmiy kashfiyotlari, qarashlari davrlar o‘tishi bilan ma’nan eskirshi mumkin. Chunki zamonaviy ilm-fanning taraqqiyoti mukammal va aniqroq kashfiyotlarni talab eta boradi. Ammo san’at asarijagi odamning olamga bo‘lgan munosabati yaratilgan paytida qanchalar estetik zavq bilan ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, keyinchalaik ham xuddiy shunday mangu navqironligicha qolaveradi.

Fan tushunchalar bilan ish ko‘radi, san’at obrazlar bilan ish ko‘radi. San’at asari turli sohalar haqida ma’lumot beribgina qolmasdan, insonda oliyjanob tuyg‘ular va fikrlar uyg‘otadi. N.Chernishevskiy ta’kidlaganidek, “ilmiy asarlarning asosiy maqsadi u yoki bu fan bo‘yicha aniq ma’lumotlarni bayon qilishdan iborat. Badiiy asarlarning mohiyati shundaki, ular kitobxonning ongiga, hayoliga ta’sir qilish va unda oliyjanob hislar va fikrlar uyg‘otishi kerak. Yana boshqa bir farq shundaki, ilmiy asarlarda haqiqatda bo‘lib o‘tgan voqealar aynan bayon etiladi. Hayotda mavjud bo‘lgan predmetlar tavsif qilinadi. Badiiy adabiyot asarlari kishilar u yoki bu holatda qanday harakat qilishlari va his qilishlarini jonli misollarda tasvirlab va ko‘rsatib beradi.

V.G.Belinskiy ham ushbu fikrni davom ettirib, aytadiki: “Faylasuf sillogizmlar orqali fikr yuritsa, shoir - obrazlar va kartinalar vositasida gapirada va ularning har ikkisi ham ayni bir narsani aytadi. Siyosiy iqtisodchi statistika raqamlari bilan qurollanib, o‘z o‘quvchi yohud tinglovchilarining zehniga ta’sir etib, jamiyatdagi ahvolning yaxshi yoki yomonligini isbotlaydi. Shoir voqelikning jonli va yorqin tasviri bilan qurollanib, o‘z o‘quvchisining hayoliga ta’sir etib, jamiyatda kishining ahvoli haqiqatan ham yaxshi yoki yomonligini haqiqiy suratlarda ko‘rsatadi. Demak, “biri isbotlaydi, ikkinchisi ko‘rsatadi - ikkalasi ham ishontiradi. Bunga ularning biri mantiqiy asoslash, boshqasi ko‘rsatish orqali erishadi.

Tarixga murojaat qilar ekan, tarixchi ham san’atkor ham voqealarning ijtimoiy mohiyatini ochadi. Biroq biri ta’kidlash, aytib berish va mulohaza yuritish bilan, ikkinchisi esa obrazlar vositasida o‘sha voqealarni jonlantirib, unga hissiy munosabat bildirish bilan ochadi.

San’at fan turlaridan predmeti bilan ham farqlanadi: tibbiyot inson organizmi va undagi kasalliklarni, astronomiya koinotning tuzilishi va qonuniyatlarini, botanika o‘simliklar hayotini, zoologiya hayvonlarni o‘rganadi. Har bir fan tabiat va jamiyatning biror tomonini o‘rganadi. San’at esa dunyoning barcha tomonlarini o‘rganadi. Biroq san’atning predmeti butun olam emas, hayotning hamma tomoni emas. San’atning predmeti, ob’ekti insondir, uning ma’naviy dunyosidir, intilishlari va kurashidir.

San’at predmet va voqealarni tushuntiribgina qolmay, insonda muhabbat va g‘azab uyg‘otadi. Fan ham, san’at ham bilim beradi. Biroq san’atning predmeti inson hayotidir. Shuning uchun ham M.Gorkiy adabiyotni “insonshunoslik», xalqshunoslik,» deb atagan. Ko‘rinib turibdiki, san’atning predmeti, adabiyotning predmeti - inson, uning ichki va tashqi hayoti, inson bilan bog‘langan barcha narsadir.

Mehnat taqsimoti natijasida san’at inson ma’naviy faoliyatining alohida ko‘rinishi sifatida ajralib chiqdi. O‘sha ilk davrlardayoq san’at turlari paydo bo‘ldi. San’atning bu turlari bir-biri bilan bog‘liqdir. Biroq ular borliqni quyidagi o‘ziga xos vositalar bilan aks ettiradilar:



  • bo‘yoqlar;

  • tovush va ohanglar;

  • harakat;

  • tabiat va qurilish materiallari;

  • gips, bronza, marmar va h.k.

Ammo voqelikni obrazli aks ettirish, inson faoliyatiga, uning ichki dunyosiga ta’sir qilish ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat hisoblanadi.

Inson ongida hayotning badiiy - obrazli ifodalanishi san’at turlari vositasida amalga oshiriladi. Obraz san’atning konkret turida namoyon bo‘ladi. Badiiy niyatning o‘zi ham ma’lum san’at turiga xos takrorlanmas shaklda tug‘iladi.

San’atning har bir turi borliqning ma’lum jihatlarini jonlantiradi. San’atning har bir turida obraz yaratishning turli vositalari va materialidan foydalaniladi. Tasviriy san’atda - rang va bo‘yoqlar orqali, adabiyotda - so‘z orqali. O‘zining estetik mohiyati va voqelikni aks ettirish xususiyati, g‘oyaviy mazmuni bilan san’atning barcha turlari birdir. Ular badiiy tasvir imkoniyatlarining o‘ziga xosligi bilan bir-birini to‘ldiradi.

Inson estetik faoliyati ikki turlidir:

1. Inson mehnatida mavjud bo‘lgan estetik momentlarni yuzaga chiqarish.

Bunga me’morchilik, badiiy kasblar, badiiy san’at kiradi.

2. Inson ongining voqelikni hissiy va obrazli formada aks ettirish (bilish va his qilish qobiliyatiga asoslanadi). Bunga adabiyot, muzika, tasviriy san’at, haykaltaroshlik kiradi.

Ma’lum san’atning o‘ziga xos obrazlarda imkoniyatlarini yuzaga chiqara olish mahorati san’atkorga bog‘liqdir. Har san’at turining o‘ziga xosligi voqelikni estetik o‘zlashtirish usuli bilan belgilanadi. Jamiyat ijtimoiy-estetik ehtiyojlarining o‘sishi, ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan badiiy ijodning yangi shakllari paydo bo‘ldi:

San’at turlari:


  • raqs

  • kino

  • me’morchilik

  • dekorativ-amaliy san’at

  • haykaltaroshlik

  • tasviriy san’at

  • grafika

  • musiqa

  • teatr

  • adabiyot

  • badiiy fotografiya

  • televideniya


Download 34.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling