Qalbdagi baxt siri


Download 32.32 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi32.32 Kb.

ORALIQ NAZORAT

Topshiriq. Publitsistik uslubga mansub ushbu maqolani o‘qing va uni davom ettirib, o‘z fikrlaringiz asosida o‘rtadagi qismni to‘ldiring. Maqolaga sarlavha qo‘yishni unutmang.

Qalbdagi baxt siri

Hech shubhasiz, bu dunyoda har kim o‘ziga kerakli narsani izlab yashaydi. Insonlarning didi, saviyasi, tushuncha va fe'l-atvori turlicha bo‘lganidek, ularga “kerakli narsa”lar ham shunchalik xilma-xil. Lekin bir umumiy tuyg‘u bor, u hammaga birdek zarur. Har kim uni o‘zi bilganicha izlaydi. Bu tuyg‘udan dunyoda hech kim yuz o‘girmaydi, aksincha butun umr qidiradi. Bu – baxt tuyg‘usidir. Inson o‘zi orzu qilgan barcha moddiy ne'matlarga erishsa-yu, ammo baxtni his etmasa, unga hech narsa tatimaydi.

Odam borki, hayotida bir bora bo‘lsa-da, o‘z-o‘ziga “Men baxtlimanmi?” degan savolni beradi. Bu savolga albatta, ijobiy javob topish uchun doimo izlanadi.

Baxt o‘zi nima? Nima uchun odamlar baxtga intiladilar? Kimni baxtli deyish mumkin? Baxtiyorlikning hammaga tushunarli bo‘lgan sabab va shartlari mavjudmi?

Baxt to‘g‘risida turli izoh va ta'riflar mavjud. Baxtni har kim o‘z qarichi bilan o‘lchaydi va shunga qarab ta'riflaydi. Lekin bari bir, masalani butkul ochib bera olmaydi. Chunki hamma o‘zining javobini “eng to‘g‘ri” deb hisoblaydi. Baxt – har bir odam alohida, o‘zicha his qiladigan tuyg‘u. Baxt bor, ammo uning tavsifi yo‘q. To‘g‘rirog‘i, dunyoda nechta inson bo‘lsa, baxtning shuncha tavsifi bordir. Baxt haqida har kimning o‘z tasavvuri mavjud. Negaki dunyoda hech qachon ikki kishining baxti bir xil bo‘lmasa kerak. Uzoq Afrikada ibtidoiy sharoitlarda yashayotgan qabila a'zosi ham o‘zicha baxtli, millionlab insonlar taniydigan, mashhur kino yulduzlari ham o‘zicha baxtli.

Kundalik daftariga: “Bu yil – orolda kechgan yillarimning eng baxtli yili bo‘ldi” deb yozgan Robinzon Kruzo haq: uzoq yillar odamzot tovushini eshitmay, so‘ng yarim yovvoyi Jumavoyni uchratishi – uning uchun katta baxt edi.

Aslida, insonlarning barisi xuddi o‘sha Robinzonga o‘xshab, bir umr baxt izlab, baxtni kutib yashaydi. Ammo baxt, biror korxonada ishlab chiqariladigan, qandaydir ko‘rinish va “standart”larga ega bo‘lgan matoh emas. Hatto, oshkora baxtni kimdir ko‘radi, kimlardir ilg‘amaydi ham. Kimnidir “yettinchi osmonga” olib chiqqan baxt omillari boshqa birovni mutlaqo qoniqtirmasligi aniq.

Deylik, kutilmaganda insonning boshiga osmondan millionlab dollar yog‘ilsa, o‘sha zahoti baxtli bo‘ladimi yoki yo‘qmi? Yohud uzoq hijrondan so‘ng suyuklisiga erishganida-chi? Bo‘lishi mumkin, ammo muayyan vaqtdan so‘ng har qanday baxt va omadning hayajonlari so‘nadi, inson buni yuz berishi tabiiy bir holat sifatida qabul qila boshlaydi. Inson – eng ko‘nikuvchan mavjudot.

Baxt astoydil intilishlar orqali keluvchi mutloq, yakuniy va tugal holat emas (bizningcha, bunday holat faqat jannatda bo‘ladi!), balki baxt insonning butun umri davomida u bilan hamisha hamohang bo’ladi. Odamzot tirik ekan umrining so’ngi damlarida uni sarhisob qiladi. Nima deb o’ylaysiz u qanday xotiralarni yodga oladi. Albatta u baxtga limmo-lim bo’lgan onlarni eslaydi. Yoshlik chog’idagi shirin damlaridan tortib, keksalik chog’igacha bo’lgan baxtli damlarni xayol charxida aylantiradi. Xuddi, kino tasmalaridek ko’z o’ngida gavdalanadi. Bu ham insonga bir olam quvonch va baxt hadya etadi. Insonni hayotida baxt turlicha va turli holatlarda aks etadi. Bolalarning shodon qiyqirig’ida, ajib tabassumida, birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo’ygan qizaloq yoki bolakayning munchoqdek ko’zlarida, birinchi bor sevgi degan tuyg’uni his qilganida, yana shu kabi misollarni ko’plab keltirishimiz mumkin.

Ammo, hamma ham buni baxtning yuksak cho’qqisi ekanligini tushunib yetmaydi. Baxtga erishish biz o‘ylaganimizdan ko‘ra ancha oddiy. Baxt aslida tani sihatlik va ko‘ngil xotirjamligidir. Har bir insonning oilaviy to‘kisligi, shirindan-shakar farzandlaridir. Tinch-totuv hayot va oilaviy baxt - behisob boylikdan afzalroq.

Ushbu publitsistik maqola yuzasidan quyidagi savollarga javob yozing:

1. Maqola matnining leksik xususiyatlari haqida (o‘ziga xos ko‘chma ma‘noli so‘zlarning (metaforalar), epitet (sifatlash)lar, o‘xshatishlar, salbiy yoki ijobiy bo‘yoqqa ega so‘zlar, tantanovor so‘zlarning ishlatilishi) fikringizni yozing.

1. Ushbu publitsistik uslubga xos matnda ishtirok etgan epitet( sifatlash)lar.

Moddiy ne'matlar, ijobiy javob, ibtidoiy sharoitlar, uzoq Afrika, eng baxtli yil shirindan-shakar farzandlar.

Yuqorida qo'llangan epitetlar matn ma'nosini ochib berishda muhim ahamiyatga ega, chunki epitetlar asosan o'quvchida so'z yuritilayotgan shaxs, narsa yoki joy xususida yanada yorqinroq va mukammalroq ma'lumotga ega bo'lishda yordam beradi.

Shuningdek matnda so'zlarning ma'no jihatdan darajalanishiga ham misollar mavjud: Yoshlik chog’idagi shirin damlaridan tortib, keksalik chog’igacha bo’lgan baxtli onlarni xayol charxida aylantiradi.

Ushbu gapdagi damlaridan,chog’igacha va onlarni so'zlari sinonim hisoblanadi, ammo ular ma'noviy darajasiga ko'ra farqlanadi, ya'ni damlaridan so’zi chog’igacha so’ziga qaraganda kuchliroq. Ammo onlarni so’zi har ikkisidan ham kuchliroq ma’no bildiradi. Bu orqali muallif ma'no o'zaro uyg’unlashtirib, bir biriga zid holatlarni ochib berishda ustalik bilan foydalangan.

Ushbu matnda salbiy yoki ijobiy bo‘yoqqa ega so‘zlar, tantanovor so'zlarning qo'llanilishi:

Bolalarning shodon qiyqirig’ida, ajib tabassumida, birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo’ygan qizaloq yoki bolakayning munchoqdek ko’zlarida, birinchi bor sevgi degan tuyg’uni his qilganida, yana shu kabi misollarni ko’plab keltirishimiz mumkin. Ushbu gabdagi shodon qiyqirig’i, ajib tabassumida, qizaloq, bolakay, munchoqdek ko’zlarida so’zlari ijobiy bo’yoqqa ega so’zlar hisoblanadi va ular gapdagi ma’noni yanada bo’rttirib ko’rsatadi.

Ushbu matnda metaforalarning qo'llanilishi:

Bu ham insonga bir olam quvonch va baxt hadya etadi. Ushbu gapdagi bir olam quvonch iborasi ko’chma ma’noda qo’llangan. Quvonch aslida insonning qalbidan o’tkazayotgan his – tuyg’u hisoblanib, hech qanday hajmga ega emas, ammo biz uni yanada kuchliroq ta’sir ko’rsatishi uchun bir olam so’zi bilan qo’llaymiz.

2. Maqola matnining grammatik xususiyatlarini ( 1) qaysi usul bilan yasalgan yasama so‘zlarning ko‘p ishlatilganligi; 2) gapning tuzilishiga ko‘ra qaysi turidan foydalanilgani; 3) gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turidan foydalanilgani; 4) nutq nechanchi shaxsga mansubligi; 5) ba'zi grammatik vositalar: ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi, shart mayli shakllarining almashinib ishlatilish o‘rinlari mavjudligi v.b.) aniqlang.

Maqolada morfologik usul bilan yasalgan so’zlar ko’p ishlatilgan, masalan:

1.Ko’nikmoq-ko’nikuvchan, mavjud-mavjudot, quvonmoq-quvonch, ona-onaizor, olmoq-olayotgan, bola-bolakay, sihat-sihatlik, hotirjam-hotirjamlik, ong-anglatadi, oila-oilaviy, to’kis-to’kislik, boy-boylik.

2.Maqolada gapning tuzilishiga ko’ra quydagi turlari berilgan:

Kiritmali gaplar; Xuddi, kino tasmalaridek ko’z o’ngida gavdalanadi.

Teng bog’langan qo’shma gap; Bu ham insonga bir olam quvonch va baxt hadya etadi.

Uyshuq bo’lakli gaplar; Bolalarning shodon qiyqirig’ida, ajib tabassumida, birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo’ygan qizaloq yoki bolakayning munchoqdek ko’zlarida, birinchi bor sevgi degan tuyg’uni his qilganida, yana shu kabi misollarni ko’plab keltirishimiz mumkin. Ushbu gapdagi shodon qiyqirig’ida, ajib tabassumida, munchoqdek ko’zlarida so’zlari o’zaro uyishib kelgan.

Ergashgan qo’shma gap; Yosh bir bolakayning shodon o’yin-kulgusi kimlar uchun bosh og’rig’i bo’lsa, kimlar uchundir baxtning eng oliy ko’rinishidir.

3.Gapning ifoda maqsadiga ko’ra quydagi turlari mavjud:

Darak gaplar; Insonni hayotida baxt turlicha va turli holatlarda aks etadi.

So’roq gaplar; Nima uchun odamlar baxtga intiladilar?

Matnda asosan darak va so’roq gaplar ishtirok etgan. Bundan tashqari matndagi so’roq gaplar uning tasir kuchini yanada oshirgan, hatto bir gapning o’zida so’roq va istak gaplar o’zaro uyg’unlashgan; Deylik, kutilmaganda insonning boshiga osmondan millionlab dollar yog‘ilsa, o‘sha zahoti baxtli bo‘ladimi yoki yo‘qmi?

4) Ushbu nutq I shaxsga tegishli.

5) Maqolada ba'zi grammatik vositalar: ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi, shart mayli shakllarining almashinib ishlatilish o‘rinlari mavjud bo’lib, ularni quydagi gaplarda ko’rishimiz mumkin.

Ravishdosh: Aslida, insonlarning barisi xuddi o‘sha Robinzonga o‘xshab, bir umr baxt izlab, baxtni kutib yashaydi. Ushbu gapdagi ravishdoshlar o’rnini harakat nomi bilan almashtirish mumkin. Aslida, insonlarning barisi xuddi o‘sha Robinzonga o‘xshash, bir umr baxt izlash, baxtni kutish bilan yashaydi.

Sifatdosh: Dunyoda baxtiyor inson qalbidek, go’zalroq qalb bo’lmasa kerak. Ushbu gapdagi qalbidek so’zi o’rniga qalbi kabi so’zlarini ishlatishimiz mumkin.



Harakat nomi: Baxtga erishish biz o‘ylaganimizdan ko‘ra ancha oddiy. Erishish o’rniga erisha olish so’zidan foydalanishimiz mumkin.
Download 32.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling