A.AVLONIYNOMIDAGIXALQTA’LIMIMUAMMOLARINIO‘RGANISH
VAISTIQBOLLARINIBELGILASHILMIY-TADQIQOTINSTITUTI
“Uzluksizkasbiyrivojlantirish – 2022”
loyihasi
O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari
moduli bo‘yicha
“IQTISODIY BILIM ASOSLARI DARSLARIDA
O‘QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASH”
o‘quv kursining
“O‘QUVCHILARNING BILIMLARI SIFATINI NAZORAT
QILISHNING REYTING TIZIMI”
mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzachi: Toshbekova Mohira Xasanovna
Toshkent 2022
1-MAVZU: O‘QUVCHILARNING BILIMLARI SIFATINI NAZORAT
QILISHNING REYTING TIZIMI
REJA:
1.1. Reyting tizimining maqsadi, vazifalari.
1.2. Reyting tizimining nazorat turlari va ularni amalga oshirish. Joriy
nazorat, oraliq nazorat, bosqichli nazorat va yakuniy nazorat.
1.3. O‘quvchilarning bilim saviyasini
baholash va yakuniy reyting
ko‘rsatkichlarini aniqlash. Reyting tizimining afzalliklari.
Tayanch iboralar: reyting tizimining maqsad, reyting tizimining vazifalari,
reyting tizimining nazorat turlari, joriy nazorat, oraliq nazorat, bosqichli
nazorat, yakuniy nazorat, o‘quvchilarning bilim saviyasini baholash, yakuniy
reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash, reyting tizimining afzalliklari.
1.1. Reyting tizimining maqsadi, vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
va Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Davlat test markazining 2010-yil 8-iyundagi “5 — 9 sinf
o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”dagi 23 va 11/QQ-son
qarori qabul
qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-
martdagi 140-son “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Davlat test
markazi qaror qiladilar: