5-мavzu: Boshqaruvda qarorlarini qabul qilish Reja: Boshqaruv qarorlari mohiyati. Qaror qabul qilish darajalari
Download 36.04 Kb.
|
5-мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odatiy
. 5-мavzu: Boshqaruvda qarorlarini qabul qilish Reja: 1.Boshqaruv qarorlari mohiyati. 2.Qaror qabul qilish darajalari. 3.Qaror qabul qilish bosqichlari. Boshqaruv qarorlari mohiyati. Tashkilotni boshqarishning asosiy jixatlaridan biri, Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ular ijrosini ta’minlashdir. Boshqaruv qarori tashkilotdagi biron ob’ektni ko’zlangan maqsadga muvofik ravishda bir xolatdan, ikkinchi xolatga keltirish bilan ifodalanadi. Raxbarning Boshqaruv qarori bilan bog’liq jarayonni quyidagi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: Qarorlarini qabul qilish. Qarorni bajarish uchun uni topshirik sifatida yullash. 3.Xodimlarni ijroga undovchi sharoitni yaratish. 4.Nazoratni amalga oshirish. Odatda tashkilot raxbari tomonidan qabul kilinuvchi qarorlar turlicha bo’lib, ularning yakkahokimlik, kollegial va jamoaviy turlarini farqlash mumkin. Kollegial tarzdagi Qarorlarini qabul qilish, muammoni mutaxassislar bilan muhokama etish natijasida, taqlif etilgan goyalar ichida eng makbulini raxbar tomonidan qabul kilinishida ifodalandi. Bu qarorning natijasi va amalga oshirish mas’uliyatini xam raxbar o’z buyniga oladi. Jamoaviy Qarorlarini qabul qilishda esa qaror umumiy muxokama va ovoz berish orqali gurux a’zolari tomonidan qabul qilinadi, uning natijasiga mas’ul bulib butun jamoa xisoblanadi. qaror qabul qilish darajalari. Qarorlarini qabul qilishning turtta darajasi farqlanib, ularning har biri doirasida harakat qilish uchun ma’lum Boshqaruv malakalari talab etiladi. Odatiy qarorlar korxona rejasi buyicha amalga oshuvchi kundalik dastur asosida qabul qilinadi. Paydo bulgan muammo mavjud echimlar majmuasi bilan kiyoslanadi, ular ichida makbuli qabul qilinadi va amalga oshiriladi. Tashkilotdagi odatiy xollarda «mana bunday vaziyatda, mana bunday qilish kerak» kabilida ish tutiladi va aynan shu uslub o‘rta va quyi bugin menejerlariga xos asosiy Qarorlarini qabul qilish shaqliga aylanadi. Bunday vaziyatdagi kiyinchiliklar menejerning malakasizligi, mavjud yuriknomalarni yaxshi bilmaslik, vaziyatni notugri baxolash yoki shaxsning jur’atsizligi asosida kelib chikishi mumkin. Vaziyatni tugri idrok etuvchi va makbul xulosalar chikaruvchi xamda natijalarni nazorat eta olish qobiliyatiga ega bulgan menejer ushbu vaziyat uchun o’zukka ko’z kuygandek buladi. Qarorlarini qabul qilishning bu darajasida ijodiy yondoshuv talab etilmaydi, chunki vaziyat echimlari avvaldan belgilangandir. Download 36.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling