5-мavzu: Boshqaruvda qarorlarini qabul qilish Reja: Boshqaruv qarorlari mohiyati. Qaror qabul qilish darajalari


- bossich: yangi sarorni rejalashtirish va amalga oshirishdan


Download 36.04 Kb.
bet5/5
Sana21.06.2023
Hajmi36.04 Kb.
#1642011
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-мавзу (1)

- bossich: yangi sarorni rejalashtirish va amalga oshirishdan iboratdir. Bunda kaysi ish, qanday muddatda va kimning ishtirokida bajarilishi kerak, degan savollarga javob olinadi. Qarorni amalga oshirishga jalb etiluvchi ishchi guruxi, umumiy rejani va unga oid amaliy harakatlarni aniq tasavvur eta olishi lozim.

  • - bossich quyidagi amaliy tadbirlarni o’z ichiga oladi: 1) qabul qilingan qarorni, reja va harakatni amalga oshirish; 2) amalga oshirilgan harakat va natijalarni yanada yaxshilash maqsadida nazorat etish; 3) zarur bulgan takdirda qarorni takomillashtirish, ya’ni «muammoni o‘rganish» bosqichiga yoki goya yaratish va boshka oralik bosqichga kaytish.

    Qaror qabul qilish - psixologik jarayon sifatida. Qarorlarini qabul qilish jarayonining psixologik jixatini bilish mavjud bosqichlarni yanada samarali amalga oshirish imkonini beradi. G ap shundaki, tugri qarorlarini qabul qilish va uni samarali ravishda joriy etish uchun raxbar psixologik jixatdan xam ma’lum amallarga rioya qilishi kerak. Bu tadbirning asosiy mazmuni shundan iboratki, raxbar muammoli vaziyat xaqida ma’lumot yigar ekan, muammo xaqida birlamchi tasavvur - informatsion model yarata boshlaydi. Bu modelning haqiqatga va mavjud vaziyatga qanchalik mosligi olinayotgan ma’lumotning tula-tukisligi, har tomonlamaligiga bog’liq.
    Afsuski, tashki muxitdagi ko‘pgina omillar ta’sirida raxbar vaziyat yo’zasidan ob’ektiv bulmagan ma’lumotlar oladi va o’z idroki jarayonida ma’lum sub’ektivliklarga yul kuyadi. Ayniksa, bunday tavofutga raxbarning jinsi, yoshi yoki atrofidagi odamlarning ta’siri kuchli buladi. SHaqllanayotgan informatsion model iloji boricha ob’ektiv bo‘lishi uchun raxbar vaziyat xaqida har tomonlama ma’lumot yotishi, tashki olamni tula- tukis aks ettirishni cheklovchi idrok stereotip va ustanovkalardan chetlanishi lozim. Informatsion model taxlil etilishi va kushimcha ma’lumotlar bilan boyitish natijasida natijasida raxbar ongida konseptual model, ya’ni vaziyat xaqidagi o’zil-kesil qarash shaqllanadi. Konseptual model o’z ichiga informatsion modeldan shaqllangan fikr va xissiyotlarni, shuningdek raxbarning utmish shaxsiy tajribasi, bilimlarini kamrab oladi. Raxbar mavjud vaziyatning moxiyatini tushungan paytda konseptual model shaqllandi deyish mumkin. Eng ajablanarlisi shuki, konseptual model xakikiy vaziyatga doimo xam mos kelavermaydi. Bu mos kelmaslik darajasi har bir shaxsda turlichadir. Kimdadir bu farq katta bo‘lsa, kimdadir juda kichik. Konseptual model va ob’ektiv vaziyat o‘rtasidagi farq qanchalik kichik bo‘lsa, tuFri Qarorlarini qabul qilishga shunchalik zamin yaratiladi.
    SHaxs o’zining individual psixologik xususiyatlariga ko’ra olayotgan ma’lumotning ba’zisiga e’tibor bermasligi, yoki ayrimlarini burttirib aks ettirishi mumkin. SHuning uchun xam raxbar vaziyat xaqidagi o’z tasavvo’rining qanchalik ob’ektivligi, xakkoniyligi xaqida ka^urittti lozim. Aynan shu boradagi psixologik tavsiya quyidagicha - informatsion model va konseptual modellardagi tarkibiy kismlar orasida iloji boricha muvofiklik ko‘prok bulgani ma’ko’l , ya’ni konseptual model yaratilishi mobaynida ko’l lanilayotgan birliklar iloji boricha informatsion modelda xam ko‘p uchrashi kerak. Masalan, vaziyat ishtirokchilari, muammodagi asosiy masala, echim vositalari kabilar ikkala modelda uchrashi mumkin bulgan birliklar xisoblanadi. Qarorlarini qabul qilishning uch tarkibiy kismi - muammo yo’zaga kelgan ob’ektiv borlik, informatsion va konseptual model uchburchak shaqlida iloji boricha bir-biriga uyo’unlashgan bo‘lishi xamda uchburchakning, aytaylik, bir burchagi ikkitasidan yuqorida yoki pastda joylashmasligi kerak.
    Bu takkoslashda birlamchi manba sifatida muammoli vaziyat, ya’ni borlik qabul qilinadi.
    Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga oid ko‘pgina tadkikotlarda echilishi lozim bulgan muammoning aniqlik darajasiga katta e’tibor beriladi. SHu ma’noda aniqlik va noaniqlik vaziyatlarida qabul kilinuvchi qarorlar xaqida aytib utish lozim. Bunday vaziyatlardagi Qarorlarini qabul qilish tezligi va mazmuni xam bir-biridan farq qiladi.
    Aniqlik vaziyatida qarorlarini qabul qilish avvalgi tajribaga asoslanishni taqazo etadi. Mazkur sharoitda inson tajribasi xamda bilimlari, vaziyatni xal etish manbai bulib xisoblanadi va tabiiyki, Qarorlarini qabul qilish xolatida ishonch va tezkorlik xukm suradi.
    Noaniqlik vaziyatida esa raxbardan vaziyatga ijodiy yondoshish talab etiladi. Ma’lum mikdorda o’z intuitsiyasiga asoslanish izlanuvchan shaxs uchun yangi imkoniyatlar tugdiradi. Birok, bunday xolda chiqariladigan xukm o’zida ma’lum xavf-xatarni xam mujassamlashtirganligi sababli, Qaror qabul qilinganda xatoga yul kuyish extimoli oshadi. Demak, raxbar har qanday muammoli vaziyatga tuknash kelar ekan, uning aniqlik va noaniqlik darajalarini aniqlab olishi lozim.
    Keyingi kadam sifatida raxbar, masala dolzarbligidan kelib chiqib, unga oydinlik kiritishi, vaziyatdagi noaniq tomonlarini yoritgan xolda aniqlik doirasini kengaytirishi lozim. Echimda mujassamlanadigan ijodiy ulushlarning asosiy kismi masalani oydinlashtirish bosqichida saraflangani ma’ko’l , deb xisoblanadi.
    Asosiy kiyinchilik qabul qilingan qarorni amalga oshirish bosqichida uchrashi mumkin. Yuqorida aytganimizdek, qaror ijrosiga oid vazifalarning aniq taksimlanishi va ijro vaktini kursatish nazorat samarasini ta’minlaydi. Lekin qaror yo’zasidan norozi bulgan xodim va ayrim o‘rta bugin raxbari xam ijro bosqichida sust harakat etishi mumkin. Bunga sabab bir nechta: birinchidan, ular Qarorlarini qabul qilishda katnashmagan yoki ushbu qarordan norozi bulgan; ikkinchidan, qarorning xayotga tatbik etish muvaffakiyat keltirishiga ishonch yo‘q; uchinchi sabab, xodimning sustkashligi yoki ukuvsizligi bo‘lishi mumkin. Uylashimizcha, birinchi va ikkinchi sabab ijtimoiy-psixologik echimga ega bulib, agar guruxning axillik darajasi yuqori bo‘lsa, qaror ijrosida xodimlar iloji boricha jadal katnashadilar. Uchinchi sababning bartaraf etilishi esa qarorga oid vazifalar taksimlanishi paytida xisobga olinishi lozim.
    Qaror ijrosidagi tomonlar xamkorligi uni qabul qilish bosqichida ta’minlanadi. Qaror qabul kilinishi chogida o’zgalar karshiligini engish, iloji boricha tomonlar uchun «beshikast» utishi lozim. Okibatda makbul deb, topilgan qaror iloji boricha konsensus (kelishuv) asosida qabul kilinishi kerak. Demak, raxbar oldida tomonlarni yarashtirish va ziddiyatlarni yumshatish, tadbirdan sung gubor kolmasligini ta’minlash vazifasi turadi. Agar qaror guruxiy tarzda qabul qilinayotgan bo‘lsa, va uning ijrosi jamoa a’zolari ishtiroki orqali ta’minlansa, har bir xodim va raxbar quyidagini yodda tutishi maslaxat beriladi: «Bugun boshka xodim taqlif etgan qaror bajarilayapti. Bu jarayonga mening munosabatim va ishtirokim, ertaga men taqlif etgan qarorga nisbatan munosabat va boshkalarning qanday ishtirok etishini belgilaydi».
    Download 36.04 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling