O’qitishning reyting tizimi, uning maqsadi Bilim, o’quv hamda malakalarni tekshirish Baholashning reyting tizimi


Download 52 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi52 Kb.
#1009893
  1   2   3   4
Bog'liq
Bilim, o’quv hamda malakalarni baholashning


Mavzu: Bilim, o’quv hamda malakalarni baholashning
reyting tizimi
REJA



  1. O’qitishning reyting tizimi, uning maqsadi

  2. Bilim, o’quv hamda malakalarni tekshirish

  3. Baholashning reyting tizimi

  4. Reyting tizimining mazmuni va uning bosqichlari

  5. Amaliy, laboratoriya mashg’ulotlarining o’quvchilar bilimini chuqurlashtirishdagi ahamiyati

O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi hamda Vazirlar Maxkamasining 204-sonli karorida ko’zda tutilgan Reyting tizimi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’limi standartlarining tarkibiy qismi bo’lib, uni bajarilishi barcha akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari uchun majburiydir deb belgilab qo’yilgan.


Ta’lim sohasida reyting tizimini qo’llanilishida asosan quyidagi maqsadlar ko’zda tutilgan:
-reyting tizimi o’quvchilar bilim ko’rsatkichlari darajasini, malakasini shakllantirish, o’quvchini o’qishga va foydali mehnatga bo’lgan munosabatini ob’ektiv -kompleks baholab beradi;
-reyting, o’quvchi shaxsini sifat ko’rsatkichini aniqlaydigan sonli ko’rsatkichdir;
-o’quvchilarni doimiy baholash va ular olgan baholarni takkoslab borish;
-o’quvchilarda o’qishga intilishga va o’zaro bellashishga imkoniyatni shakllantirish, ularni shu ruxda tarbiyalash;
O’quv yurtlarida ishlab chiqarish ta’limi ustalari hamda o’qituvchilarning pedagogik faoliyatini to’ғri baholash;
-o’quvchilar bilim saviyasi va malaka ko’nikmalarini xaqqoniy baholash;
-o’quvchilarni darslarga katnashish intizomini yaxshilash va ularning fanlar bo’yicha uzluksiz tayyorgarligini tashkil etish;
-o’quvchi va o’qituvchining o’z faoliyatini oldindan rejalashtirish, o’quv jarayonining borishini tezkor tahlil qilish, o’z faoliyatida zaruriy o’zgartirishlar kiritish imkoniyatini yaratish.
Reyting tizimi yuqorida sanab o’tilgan maqsadlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lib, o’quvchilarning bilim sifatini xaqqoniy baholash, ularning bilimini o’zaro takkoslash orqali o’quv jarayonida musobaka, ya’ni bellashish muxitini yaratish imkonini beradi.

Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling