Bilim, O’quv hamda malakalarni baholashning reyting tizimi


Download 12.18 Kb.
bet1/4
Sana21.11.2023
Hajmi12.18 Kb.
#1791984
  1   2   3   4
Bog'liq
Bilim, O’quv hamda malakalarni baholashning reyting tizimi-fayllar.org


Bilim, O’quv hamda malakalarni baholashning reyting tizimi

Reja:


  1. O`qitishning reyting tizimi, uning maqsadi


  2. Bilim, o`quv hamda malakalarni tekshirish


  3. Baholashning reyting tizimi


  4. Reyting tizimining mazmuni va uning bosqichlari


  5. Amaliy, laboratoriya mashg`ulotlarining o`quvchilar bilimini chuqurlashtirishdagi ahamiyati

O`zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi hamda Vazirlar Maxkamasining 204-sonli karorida ko`zda tutilgan Reyting tizimi o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi davlat ta`limi standartlarining tarkibiy qismi bo`lib, uni bajarilishi barcha akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari uchun majburiydir deb belgilab qo`yilgan.


Ta`lim sohasida reyting tizimini qo`llanilishida asosan quyidagi maqsadlar ko`zda tutilgan:
-reyting tizimi o`quvchilar bilim ko`rsatkichlari darajasini, malakasini shakllantirish, o`quvchini o`qishga va foydali mehnatga bo`lgan munosabatini ob`ektiv -kompleks baholab beradi;
-reyting, o`quvchi shaxsini sifat ko`rsatkichini aniqlaydigan sonli ko`rsatkichdir;
-o`quvchilarni doimiy baholash va ular olgan baholarni takkoslab borish;
-o`quvchilarda o`qishga intilishga va o`zaro bellashishga imkoniyatni shakllantirish, ularni shu ruxda tarbiyalash;
O`quv yurtlarida ishlab chiqarish ta`limi ustalari hamda o`qituvchilarning pedagogik faoliyatini to`ғri baholash;
-o`quvchilar bilim saviyasi va malaka ko`nikmalarini xaqqoniy baholash;
-o`quvchilarni darslarga katnashish intizomini yaxshilash va ularning fanlar bo`yicha uzluksiz tayyorgarligini tashkil etish;
-o`quvchi va o`qituvchining o`z faoliyatini oldindan rejalashtirish, o`quv jarayonining borishini tezkor tahlil qilish, o`z faoliyatida zaruriy o`zgartirishlar kiritish imkoniyatini yaratish.
Reyting tizimi yuqorida sanab o`tilgan maqsadlarni o`zida mujassamlashtirgan bo`lib, o`quvchilarning bilim sifatini xaqqoniy baholash, ularning bilimini o`zaro takkoslash orqali o`quv jarayonida musobaka, ya`ni bellashish muxitini yaratish imkonini beradi.

Download 12.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling