Bilim, O’quv hamda malakalarni baholashning reyting tizimi
Download 63 Kb.
|
1362663375 41776
www.arxiv.uz Reja: O`qitishning reyting tizimi, uning maqsadi Bilim, o`quv hamda malakalarni tekshirish Baholashning reyting tizimi Reyting tizimining mazmuni va uning bosqichlari Amaliy, laboratoriya mashg`ulotlarining o`quvchilar bilimini chuqurlashtirishdagi ahamiyati O`zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi hamda Vazirlar Maxkamasining 204-sonli karorida ko`zda tutilgan Reyting tizimi o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi davlat ta`limi standartlarining tarkibiy qismi bo`lib, uni bajarilishi barcha akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari uchun majburiydir deb belgilab qo`yilgan. Ta`lim sohasida reyting tizimini qo`llanilishida asosan quyidagi maqsadlar ko`zda tutilgan: -reyting tizimi o`quvchilar bilim ko`rsatkichlari darajasini, malakasini shakllantirish, o`quvchini o`qishga va foydali mehnatga bo`lgan munosabatini ob`ektiv -kompleks baholab beradi; -reyting, o`quvchi shaxsini sifat ko`rsatkichini aniqlaydigan sonli ko`rsatkichdir; -o`quvchilarni doimiy baholash va ular olgan baholarni takkoslab borish; -o`quvchilarda o`qishga intilishga va o`zaro bellashishga imkoniyatni shakllantirish, ularni shu ruxda tarbiyalash; O`quv yurtlarida ishlab chiqarish ta`limi ustalari hamda o`qituvchilarning pedagogik faoliyatini to`ғri baholash; -o`quvchilar bilim saviyasi va malaka ko`nikmalarini xaqqoniy baholash; -o`quvchilarni darslarga katnashish intizomini yaxshilash va ularning fanlar bo`yicha uzluksiz tayyorgarligini tashkil etish; -o`quvchi va o`qituvchining o`z faoliyatini oldindan rejalashtirish, o`quv jarayonining borishini tezkor tahlil qilish, o`z faoliyatida zaruriy o`zgartirishlar kiritish imkoniyatini yaratish. Reyting tizimi yuqorida sanab o`tilgan maqsadlarni o`zida mujassamlashtirgan bo`lib, o`quvchilarning bilim sifatini xaqqoniy baholash, ularning bilimini o`zaro takkoslash orqali o`quv jarayonida musobaka, ya`ni bellashish muxitini yaratish imkonini beradi. Download 63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling