Reja: Kirish Jahon iqtisodiyotining tashkil topish mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari Globallashuv jarayoninig mohiyati va asosiy yo‘nalishlari. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari
Download 34.81 Kb.
|
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mazmuni va rivojlanish bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: Kirish
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: Jahon iqtisodiyotining globallashuvi: mazmuni va rivojlanish bosqichlari. Guruh: SIU-20
Toshkent-2023 Reja: Kirish 1. Jahon iqtisodiyotining tashkil topish mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari 2. Globallashuv jarayoninig mohiyati va asosiy yo‘nalishlari. 3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari. 4. Jahon iqtisodiyoti aloqalarini xalqaro tartibga solish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Jahon iqtisodiyoti - bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklari tizimidir. Jahon xo'jaligi subyektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - o‘z ichiga milliy iqtisodiyot majmuini oluvchi davlatlar; -transmilliy korporatsiyalar; - xalqaro tashkilot va institutlar; - milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo'jalik barcha sohalari tarkibidagi kompaniyalar. Jahon xo'jaligi milliy xo'jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangani - bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklari tizimidir. Jahon xo'jaligi subyektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - o‘z ichiga milliy iqtisodiyot majmuini oluvchi davlatlar; -transmilliy korporatsiyalar; - xalqaro tashkilot va institutlar; - milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo'jalik barcha sohalari tarkibidagi kompaniyalar. Jahon xo'jaligi milliy xo'jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlaming iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko'rsatadi. Jahon bozorining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalmilal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlaming asosiy hajmini yetkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o'rtasida oldi-sotdi bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi. Turli mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining turlitumanligi sababli, ulami baholash maqsadida bir necha asosiy ko‘rsatkich va mezonlardan foydalaniladi: - mutlaq va nisbiy YA1M; - milliy daromad va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvclii miqdori; - milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi; - mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi; - aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar. Mamlakatning jahon xo‘jaligidagi o‘mini aniqlashda bir necha yondashuvlar mavjud. Ulardan biri mamlakatlami aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromad darajasi bo‘yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv Birlashgan Mamlakatlar Tashkiloti (BMT), Xalqaro valuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) tomonidan qoMlaniladi. JTTB daromad darajasiga ko‘ra mamlakatlaming uchta guruhini farqlaydi. 1995-yili aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromadlarning quyidagi chegaraviy miqdorlari belgilangan edi: - daromadlarning past darajasi-765 dollargacha (49 ta mamlakat); - daromadlarning o'rtacha darajasi-766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta mamlakat); - daromadlarning yuqori darajasi-9386 dollar va undan yuqori (26 ta mamlakat). Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo‘jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko'rsatish mumkin: - rivojlangan mamlakatlar; - bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda rivojlanayotgan mamlakatlar. Download 34.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling