Mustaqil ish mavzu: Xalqaro mehnat taqsimoti va uning zarurligi
Download 40.18 Kb.
|
bobo mustaqil ish nazariya
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: Xalqaro mehnat taqsimoti va uning zarurligi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI “IQTISODIYOT” FAKULTETI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN MUSTAQIL ISHMAVZU: Xalqaro mehnat taqsimoti va uning zarurligiBajardi: FU-22, 1-kurs talabasi Oromov Boyqobil Qabul qildi: ______________ Toshkent - 2023 REJA
1. Xalqaro mehnat taqsimotining asosiy tushunchasi va uning mohiyati. 2. Mehnat taqsimotining afzalliklari va kamchiliklari. 3. Xalqaro mehnat taqsimotining zarurligi va uning iqtisodiyotga ta’siri. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Xalqaro mehnat taqsimoti va uning zarurligi mavzusining dolzarbligi va zarurati shundan iboratki jahon miqyosidagi davlatlar o’rtasida mehnat bozoridagi barcha resurslar shu jumladan ishchilar erkin taqsimlanishi nazarda tutiladi. Xalqaro mehnat taqsimoti ayrim mamlakatlarning muayyan mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi va mahsulotlarni ayirboshlashi. Ijtimoiyhududiy mehnat taqsimotining yuqori shakli, jahon bozorining va davlatlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosini tashkil etadi, davlatlar milliy xoʻjaliklarini jahon xoʻjaligi tizimiga birlashtirish omili boʻlib, obyektiv jihatdan mehnat unumdorligining oʻsishiga yordam beradi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlarida ayrim mamlakatlarda tabiiy sharoitlar tafovuti bilan bogʻliq boʻlgan Xalqaro mehnat taqsimotit.ning sodda koʻrinishlari mavjud boʻlgan. 19-asrning oʻrtalaridan Yevropa mamlakatlarida juda katta miqdordagi xom ashyo, tez oʻsib borayotgan shahar aholisi uchun oziq-ovqat keltirishni talab etgan mashina industriyasining paydo boʻlishi Xalqaro mehnat taqsimotit.ning rivojlangan shakllarini yuzaga keltirdi. Xalqaro mehnat taqsimotit.ni shakllantirgan yana bir muhim omillardan biri - mustamlakachilik sistemasining paydo boʻlishi hisoblanadi. Hozirgi Xalqaro mehnat taqsimotit.ning xususiyati - rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi Xalqaro mehnat taqsimotida tarmoklararo ixtisoslashuv yetakchi oʻrinda tursa, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida tarmoqlar ichida ixtisoslashishning chuqurlashayotganidir.Rivojlangan mamlakatlarning xalqaro ichki tarmoq ixtisoslashuvi (mahsulot,detal,texnologiya boʻyicha) mamlakatlararo sanoat mahsulotlari savdosining ortishiga olib keladi. Bu mamlakatlar ishlab chiqarishining yuqori yoki pastroq darajadagi kompleks tarmoq tuzilmasiga ega. Bunday sharoitlarda Xalqaro mehnat taqsimotining ichki tarmoq ixtisoslashuvi yoʻnalishida chuqurlashuvi eng yangi tarmoqlar rivojlanishining zaruriy shartiga aylanadi. Oʻzbekiston Xalqaro mehnat taqsimotida paxta tolasi, energetika resurelari (tabiiy gaz, elektr energiyasi), rangli metallar, oʻgʻitlar va boshqa mahsulotlar yetkazib beruvchi mamlakat tarzida ishtirok etadi. Bundan ko’rinib turibdiki O’zbekiston ushbu jabhadan ham qolgan mamlakatlarga nisbattan yetkchilik qila olmaydi. Mehnat taqsimoti yuz berganda bir mehnat turidan ikkinchisi, ikkinchisidan uchinchisi va h.k. ajralib chiqadi va shu jarayon uzluksiz davom etaveradi. Har bir mehnat turi mustaqil vazifani boshqa mehnat turlari bilan bogʻlanib, ishlab chiqarish da qatnashgan holda bajaradi. Mehnat taqsimoti mehnat turlarini koʻpaytirib, ularni ayrim kishilarga kasb sifatida birkitib qoʻyadi. Mehnat taqsimotini biz har bir mamlakat miqyosida pasmi balandmi uning o’z statistikasida ko’rishimiz mumkin. Barcha mamlakatlar har yili o’zining mehnat taqsimoti statistikasi haqida ’’Xalqaro mehnat tashkiloti’’ ga hisobot beradi. Bunda barcha mamlakatlarning statistikasi ko’rib chiqiladi. Shu tariqa xalqaro mehnat taqsimoti yuzaga keladi. Download 40.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling