1. Makroiqtisod nuqtai nazaridan baholarni belgilash konsepsiyasi. Baho


Download 0.58 Mb.
bet1/7
Sana25.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1121381
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarnsfer bahoni aniqlash tartibi va tamoyillari


  1. Tarnsfer bahoni aniqlash tartibi va tamoyillari

  2. Xarajatlarni baholash usullari


1. Makroiqtisod nuqtai nazaridan baholarni belgilash konsepsiyasi. Baho

siyosatida transfert bahoning tutgan o’rni va mazmuni


Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilashda foydalaniladigan ma’lumotlarning aksariyati buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bazasiga to’g’ri keladi. Bu baholarni belgilash jarayonida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining naqadar ahamiyatli ekanligini ko’rsatadi.
Buxgalteriya hisobi ana shu borada, eng avvalo, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligi tannarxi to’g’risida ma’lumot beradi, uning xarajatlari tarkibi qanchaligini ko’rsatadi. Bu ko’rsatkich – e’tirof etish joizki, baholarni belgilashda eng asosiy ko’rsatkich hisoblanadi.
Tannarx, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo’lgandan so’ng, xo’jalik yurituvchi subyekt rentabelligi nuqtai nazaridan kelib chiqib, mahsulotga (ishga, xizmatga) baho belgilash imkoniyati vujudga keladi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga nazariy jihatdan har tomonlama asoslangan baho belgilashni iqtisodiy nazariya fani o’rgatadi. Iqtisodiy nazariya fani baholarni belgilashga ta’sir qiladigan barcha ichki va tashqi omillarni, ichki va tashqi bozor unsurlarini, xuddi shunday mahsulot ishlab chiqaruvchilarning mintaqaviy holatlarini, raqobatni, bozordagi talab va taklif muvozanatini, bozorning aynan shu tovarga nisbatan to’yinganlik darajasini, xo’jalik yurituvchi subyektning bozordagi mavqei va shu kabi muhim omillarni hisobga olib, ular ta’sirida eng optimal tarzda baholarni belgilashni har tomonlama o’rgatadi. Shuningdek, bu fan baholarni belgilashning optimal variantini topish uchun turli xil uslublar va iqtisodiy-matematik modellardan foydalanish mexanizmlarini yoritib beradi.
Har qanday xo’jalik yurituvchi subyekt misolida olib qaralganda, makroiqtisod nazariyasiga asosan amaliyotda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilash uchun, yuqorida ta’kidlanganidek, xarajatlar asos qilib olinadi (quyidagi chizmaga qarang). Aniqrog’i, baho belgilanayotgan bir dona mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan xarajat aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarishning “kritik nuqta”si topiladi va har qanday sharoitda ham bahoning eng kam miqdori ana shu nuqtadan pastga tushmasligi inobatga olinadi.
Boshqaruv hisobining xarajatlarga bag’ishlangan mavzulari doirasida bir qator misollar bilan bu holatlar tahlil qilingan edi. Ana shu misollarni yanada davom ettirib, “kritik nuqta” tushunchasini quyida aniq raqamlar bilan ko’rib chiqish mumkin.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling