1. Makroiqtisod nuqtai nazaridan baholarni belgilash konsepsiyasi. Baho
Baholar bo’yicha qarorlar qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillar
Download 0.58 Mb.
|
Tarnsfer bahoni aniqlash tartibi va tamoyillari
3. Baholar bo’yicha qarorlar qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillar4. Transfert bahoni belgilash usullariHar qanday xo’jalik yurituvchi subyektda, ya’ni uning mulk shakli hamda faoliyat turidan (ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish yoki ish bajarishdan) qat’iy nazar, asosiy maqsad foyda olish bo’lar ekan, bu esa ana shu xo’jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qanday baho belgilanishiga bevosita bog’liqdir. Bir qarashda bu yerda hamma masala oddiydek ko’ringani bilan, xuddi mana shu bahoni belgilash juda jiddiy yondashuv va ma’lum miqdordagi maxsus iqtisodiy bilimlardan xabardor bo’lishni va ularni amaliyotga bog’lay olishni talab qiladi. Nima uchun shunday ekanligini quyida, ushbu savol doirasida ko’rib chiqamiz. Rivojlangan demokratik mamlakatlar amaliyotida xuddi mana shu sohada amaliyotda katta samara bilan qo’llanilib kelinayotgan va umum e’tirof etilgan 4 ta usul mavjud. Ularning mohiyatini har tomonlama o’rganish, iqtisodimizning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurituvchi subyektlarda ulardan samarali foydalanish mumkin degan xulosaga kelishga asos bo’ladi. Shu maqsadda ularning har birining iqtisodiy mohiyati va amaliyotda ishlash mexanizmini atroflicha tushunib olish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida qayd qilingan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga baho belgilashning 4 ta usulidan dastlabkisi – baholar belgilashning o’zgaruvchan xarajatlar usulidir. Bu usul xo’jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilishning eng muhim boshlang’ich omillaridan biri bo’lib, xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari o’zining kundalik amaliy faoliyatida juda tez-tez duch kelib turadigan usuldir. Bu usul rahbarga xaridorlar tomonidan taklif qilinayotgan baho hattoki uning tannarxidan past bo’lganda ham uni qayta hisoblab chiqib (xarajatlarning shartli doimiy va shartli o’zgaruvchan qismlarini tahlil qilish asosida), keyin xulosa qilishga o’rgatadi. Bu usulning amaliyotda ishlashi uchun ba’zi shart-sharoitlar bo’lishi talab qilinadi (chizmaga qarang). Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilashning keyingi usuli bu – yalpi foyda usulidir. Bu usul xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarining strategik qarorlar qabul qilishiga asos yaratadi. Olinishi mo’ljallanayotgan foyda miqdori uning amalga oshirmoqchi bo’layotgan rejalari uchun moddiy asos yarata oladimi – yo’qmi, yetarli bo’lmasa, qancha yetishmaydi, u miqdorni qaysi manbalar hisobidan topish mumkin, degan muhim savollarga operativ tarzda ma’lumotlar olishga imkon yaratadi. Bular esa o’z navbatida biznesning boshlanish davridayoq xo’jalik yurituvchi subyektni tashkil qilish va boshqarish, rivojlantirish strategiyasini to’g’ri belgilash kafolatini ta’minlaydi. Yalpi foyda usuli xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarlariga makro va mikro darajada shu muhim ko’rsatkich bo’yicha tahliliy ishlarni amalga oshirish, foyda miqdorining o’rtacha tarmoq, hududiy va butun mamlakat bo’yicha taqqoslanishi, vujudga kelishi mumkin bo’lgan chetlanishlarni ko’rish hamda chetlanishlar sababini aniqlash, shuningdek, shu boradagi mavjud rezervlarni ishga solish variantlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilashning sotish rentabelligi usuli har bir tadbirkor uchun raqobat kurashida o’zini tuta olish, maksimal foyda ko’rish imkoniyatlarini doimo ishga solish va faoliyat turi bo’yicha boshqalarga nisbatan yuqori natijalarga ega bo’lish imkonini yaratadi. Misol: Ishlab chiqarish imkoniyati deyarlik cheklanmagan va nisbatan bir xil sharoitda bo’lgan ikki ishlab chiqaruvchi bir xildagi piyolalarni bozorga turli xil narxlarda taklif qilayapdi. Faraz qilaylik, birinchi ishlab chiqaruvchida bir dona piyolaning ishlab chiqarish tannarxi 200 so’mni tashkil qilgan holda uni sotish bahosini 300 so’mga belgiladi va bir soatda bir dona piyola sotdi. Ikkinchi ishlab chiqaruvchi esa 200 so’m ishlab chiqarish tannarxi bo’lgan piyolaning sotish bahosini 270 so’mdan belgilab, bir soat davomida 3 dona piyola sotdi. Ko’rinib turibdiki, ikkinchi ishlab chiqaruvchi sotish bahosini past belgilagani bilan, bozorni yaxshi o’rganganligi, xaridorlarni baho orqali jalb qilish omillari hisobiga o’rtacha bir soatda birinchi ishlab chiqaruvchiga nisbatan 2 baravardan ortiq foyda olishga muvaffaq bo’lgan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilashning yana bir usuli – aktivlar rentabelligi usulidir. Bu usulning o’ziga xos xususiyati shundaki – u xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariga baholarni belgilashda asosiy vositalar va aylanma kapital aylanishi, yangilanish darajasi, yangilanish vaqti va miqdori bo’yicha aniq ma’lumotlar beradi. Xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari va menejerlariga investitsiya muhiti, asosiy kapital yangilanishini inobatga olgan holda baholarni belgilash imkoniyatini yaratadi. Buning uchun rahbar yoki baholarni belgilash bo’yicha mas’ul xodimlar, albatta, kapital elementlari bo’yicha amortizatsiya hisoblash usullari, ulardan foydalanish, hisob siyosati kabi qator muhim iqtisodiy ko’rsatkichlar mohiyatini yaxshi bilishlari talab etiladi. Хo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvati va ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi boshqaruv hisobi tizimini qo’llashni belgilaydi. Boshqaruv hisobining tizimi ma’lumotning hajmi, uning oldiga qo’yilgan maqsadlari, kriteriyalar va maqsadga erishish vositalari, elementlarning tarkibi va ularning o’zaro harakati bilan tavsiflanadi. Boshqaruv hisobi tizimlarining turkumlanishi quyidagi 9.1-chizmada ko’rsatilgan. chizma. Boshqaruv hisobi tizimining turkumlanishi Faoliyat turlarini, subyektning tashkiliy tizimini, mahsulotni ma’lumot bilan qamrab olish kengligi bo’yicha tizimli va muammoli hisob jamlamidan va ularning asosli qismlarining maqsadli to’plami tizimidan tarkib topgan to’liq tizimlar farqlanadi. Хarajatlarning tizimli hisobi - buxgalterlarning tarkibi bo’yicha qayd qilish usuli, identifikatsiya va guruhlashtirishi, hisobotda ko’rsatilishi bo’yicha reglamentatsiya bilan ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarning moliyaviy hisobidan tashkil topgan. Тizimli hisobning elementlari quyidagilardan tashkil topgan: ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olish bo’yicha xarajatlarning o’lchovi va baholanishi; natural o’lchovlarda ta’minot, ishlab chiqarish, sotish jarayonlarini nazorat qilish; xarajatlarni sarflarning moddalari va eyelementlari bo’yicha, vujudga kelish joylari bo’yicha, mahsulot, ish va xizmatlarning turlari bo’yicha guruhlashtirish, bunga xarajatlarni tannarxga kiritish tartibi ham kiradi; o’z foydalanuvchilarini muddati, mazmuni va namoyish etish tezligi bo’yicha qondiruvchi ichki va tashqi hisobotlar. Muammoli hisob ishlab chiqarishni iqtisodiy, texnologiya, konstruktorlik va tashkiliy tayyorgarligi haqida; mahsulotning narxlari va sotishsi haqida; ishlab chiqarish zaxiralarini boshqarish va ishlab chiqarish resurslarining sarflarini muqobillashtirish haqidagi ma’lumotni shakllantiradi. Muammoli hisob masalalari dasturlash, me’yorlashtirish, rejalashtirish, prognozlash, tizimli iqtisodiy tahlil qilish, nazorat qilish va ishlab chiqarish hisobi va statistikaning haqiqiy ma’lumotlariga asosan tartibga solish uslublari yordamida yechiladi. "Muammoli hisob" tushunchasining mazmuni bu hisobning ma’lumotlari subyektning bo’lajak iqtisodiy va ishlab chiqarish muammolarini yechishda ishlatilishini ko’rsatmoqda. Muammoli hisob ma’lumotlari quyidagi hollarda ishlatiladi: xarajat va daromadlarni rejalashtirish va bashorat qilishda, smetalarni me’yorlashtirish va tuzishda; sarflar tahlilida va normativlardan chetga chiqishda va mahsulot ishlab chiqarishni daromadliligining tahlilida; ishlab chiqarish va sotish jarayonida xarajatlar va olinadigan daromadlarning qiymati kriteriyasi bo’yicha tizimli bo’linmalar va subyektning faoliyatini baholashda; ishlab chiqarish va sotish, kooperatsiyalash, import va eksport, mahsulot assortimenti va boshqa sohada yaqin va keyingi perspektivalarga ko’p variantli boshqaruv qarorlarni qabul qilishda; xarajatlar va daromadlarning optimizatsiyasini ta’minlovchi zaxira va xarajatlarni boshqarish modulini tuzishda. Moliyaviy va boshqaruv hisobi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik darajasi bo’yicha xorijiy mamlakatlarning amaliyotida ikki tizim qo’llaniladi: monistik va avtonom. Monistik- buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri va teskari aloqalar asosida tizimli va muammoli hisobni qo’shuvchi integratsion tizimdir. Buxgalteriya hisobi schyotlarida ishlab chiqarish xarajatlarini, tayyor mahsulot va uning sotishsini aks ettirish yo’li bilan tuzilgan tizimli hisob subyektning faoliyati, uning moliyaviy holatini baholashga imkon beradi. Moliyaviy ma’lumotlarga ichki hisobot ma’lumotlarini qo’shib ma’muriyat ishlab chiqarishni turli bo’linmada tashkil etishning ratsionalligini baholashi mumkin. Тezkor ma’lumotlar va moddiy-javobgar shaxslarning hisobotidan, mavjud standartlardan ijobiy va salbiy bo’lgan chiqib ketishlar aniqlanadi. Shuning bilan xarajatlar va daromadlarni nazorat qiluvchi harakatdagi tizimni yaratish savollari tug’iladi. Ishlab chiqarishning hajmi katta bo’lmagan subyektlar yoki o’z tarkibi bo’yicha bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi subyektlar hisobning integratsiyalashgan tizimini qo’llaydilar deb o’ylaymiz. Avtonom tizim- tizimli va muammoli hisobning umumlashgan yaratilishi moliyaviy va boshqaruv hisoblari o’rtasidagi aloqa bir nomlanishdagi juftli nazorat schyotlari yordamida amalga oshiriladi. Хarajatlarning tezkorligi bo’yicha tizimlar quyidagicha farqlanadi: haqiqiy xarajatlarni hisoblash tizimi va standart xarajatlarni hisoblash tizimi. Хarajatlarning tezkorligi- samaradorlikni oshirishga qaratilgan tizimni harakatchanligining kriteriyalaridan biri hisoblanadi. Haqiqiy xarajatlarni hisoblash tizimi sotish qilingan mahsulot va foydani, tannarxni hisoblash, haqiqiy tannarxni aniqlash va aniq nomdagi tayyor mahsulot birligining sotishsidan olingan daromadni aniqlash uchun ma’lumotni shakllantirishdan iborat. Standart xarajatlarni hisobga olish tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: materiallar, asosiy fondlar, mehnatga bo’lgan xarajatlar, ustama sarflarini, sotib olish va ishlatishga ketgan xarajatlarga standartlarni ishlab chiqish; me’yoriy xarajatlar bo’yicha tannarx kalkulatsiyasini tuzish, me’yorlar va smetalardan chetga chiqishlarni belgilab haqiqiy xarajatlarni hisobga olishlarni mujassamlashtiradi. Jahon amaliyotida bunday tizim "standart-kost" deb ataladi. U tannarxning shakllanishi jarayonini nazorat qilishning tezkorligiga va uning jarayonini kerak bo’lganda tartibga solishga qaratilgan. Хarajatlarni tannarxga kiritishning to’liqligi- amaliyotda qo’llanilayotgan hisob tizimlarini turkumlashning belgilaridan biri hisoblanadi. Тo’liq xarajatlarning hisobi tizimi va qisman xarajatlarning hisobi tizimi mavjud boshqaruv hisobining har xil maqsadlariga javob beruvchi ikki tizimdir. Тo’liq xarajatlar hisobi tizimi odatdagi ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarni va tannarx kalkulatsiyasining hisobi bilan ko’rsatilgan xarajatlarni guruhlashning asosiysi bu ularni to’g’ri va bilvositaga bo’linishidir. Qisman xarajatlar tizimi deganda to’g’ri tavsifga ega va alohida turdagi mahsulotlarning tannarxiga qo’shiladigan xarajatlarning alohida elementlarini tanlashga bo’lgan yondashish tushuniladi. Bu tizimda xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog’liq va shuning uchun ular o’zgaruvchan deyiladi. Cheklangan xarajatlar kalkulatsiyasi faqat kalkulatsiya qilinayotgan mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish sarflarini o’z ichiga oladi. Bilvosita tavsifga ega xarajatlarning bir qismi butun mahsulotga aloqador bo’ladi. Bunday turdagi xarajatlar tushgan mablag’ning umumiy summasidan qoplanadi. Chet el amaliyotida hisobning bu varianti "direkt-kosting" deyiladi. 2. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishni axborot bilan ta’minlash Har Qanday subyektning olib borayotgan siyosati tadbirkorlik rejalarining to’g’riligini o’z vaqtida aniqlash uchun o’z faoliyatining natijalarini doimiy kuzatish va nazorat qilib turishini taqozo qiladi. Boshqaruvning asosiy muammolaridan biri yangi subyekt qurilishida, faoliyatini kengaytirish va rekonstruksiya qilish, zaxiralarni ko’paytirish, ishlab chiqarish texnologiyasini yangilash, yangi mahsulot ishlab chiqarish, jihozlarni almashtirish, investitsiyani jalb qilish va investitsiyadan daromad olishdir. Ayniqsa, investitsiya qarori tavakkal hisoblanadi, chunki ishlab chiqarish jarayonida kelgusi davrda daromad olish uchun joriy davrdagi resurslarning hisobidan zarur ulushini jalb qiladi. Ushbu yechim uzoq muddatli va xuddi shunday tartibda qisqa muddatga aloqador bo’lishi mumkin. Qisqa muddatli yechim mahsulot assortimentini boshqarish natijasida birlik mahsulotning umumiy foyda jamg’armasiga, buyurtma hajmiga, talab va sotish hajmiga, tannarx va narxga, hamda isrofsiz ishlab chiqarish va sotish, ishlab chiqarish va sotib olish va hokazo savollarga tegishlidir. Ular qo’yilgan kapitalning hajmiga ta’lluqli emas. Qisqa muddatli investitsiya natijasida ushbu mablag’ qisqa davrda, ya’ni bir yilgacha pul mablag’lariga aylanadi. Uzoq muddatli investitsiyani amalga oshirish va undan daromad olish orasida uzoq davrga mo’ljallangan kapital qo’yilmalar haqidagi qarorlar investitsiyaga, asosiy fondlarga, ilmiy tekshirishga va tajribaviy konstruktorlik ishlab chiqarishga, reklama va omborxona inshootlariga tegishlidir. Katta tavakkalchilik oqibatida investitsiyalash bo’yicha subyekt faoliyatining tahlili yechimlariga, vaqt omilini e’tiborga oluvchi alternativ tanlash yechimiga tayanishi kerak. Boshqaruv yechimi variantlari qo’yilgan va rejalashtirilgan daromadning hajmiga vaqt ta’sirini hisobga oladi. Variantlar natijasini taqqoslash banklardagi ssuda berishdagi o’xshashlik uslubida amalga oshiriladi. Axborot ta’minot tahlili boshqaruv yechimini qabul qilish uchun differensiyalangan boshqaruv hisobining kirimi va chiqimi tizimini yaratadi. Differensiyalangan sarflar deb qaysiki aniqlangan sharoitda boshqa sharoitlarda bo’lishi mumkin bo’lgan chiqimlarning kattaligidan a’lo bo’lishi mumkin. Ular har doim har qanday aniq holatga ta’lluqlidir. Differensiyalangan daromad deb, shunday kirimga aytiladiki, bunda aniqlangan sharoitlardagi hajmlar, bo’lishi mumkin bo’lgan hajmdan ajralib turadi. Alternativ tanlov muammolarning yechimida kapital qo’yilmadan olingan foydani hisoblab aks ettirishdir. Binobarin, qo’yilmadan olingan foyda qancha ko’p bo’lsa shuncha yuqori istiqbolli variant hisoblanadi. Bu yerda subyektning maqsadi agarda u boshqa maqsadlar bilan muqobillashgan bo’lsa kapital qo’yilmadan olingan foydani maksimallashtirish hisoblanadi. Investitsiyalash muammosining tahlili besh bosqichda olib boriladi: muomalalarni aniqlash; muqobil (alternativ) yechimni tanlash; tanlangan yechimning natijasini aniqlash va baholash; miqdordan o’lchab bo’lmaydigan o’sha natijani saralash, ularni bir-biriga va boshqa natijalarga nisbatan baholash; qarorlarni qabul qilish. Boshqaruv hisobi asosan miqdoran o’lchanadigan ma’lumotni tayyorlaydi. Differensiyalangan sarflar xarajatlarning hisob tizimida doimiy asosda aks ettirilmaydi. Ularning tarkibi har qanday aniq muammolarni tahlil qilish uchun tanlanadi. Differensiyalangan sarflar turli xil sharoitlarda farqlanadigan tannarxning tegishli moddalarini o’z ichiga oladi. Ularning tarkibi kapital qo’ylmalar bo’yicha asosan o’zlashtirilgan sarflarni ayrim olgan holda chiqishga xizmat qiladi. Differensiyalangan sarflar har doim kelajakdagi sarflarga olib boriladi va aniqlangan modulning ishlatilishida ushbu sarflarning qanday bo’lishini ko’rsatadi. Ko’pchilik hajmda ushbu sarflar ehtimoli bo’lgan sarflarga kiradi. Differensiyalangan sarflar va daromadlarning aniqlangan shakllarida ularni solishtirish uchun har xil variantlari mavjud emas. Binobarin, umumiy holda ikki turdagi miqdorlar chiqim bilan daromadni taqqoslashga imkon yaratadi. Birinchidan, qachonki boshda taqdim etilgan loyihani amalga oshirish uchun u yoki bu variantga mo’ljallangan mablag’ bo’lishi zarur. Pul mablag’larini qo’yish har xil muddatlarda amalga oshiriladi, lekin analitik hisoblarda bu muddat vaqtning nolinchi daqiqasiga olib kelinadi. Ikkinchidan, har xil variantlarda bir necha yil davomida ushbu investitsiyalarning natijasi sifatida pul oqimining kelib tushishi kutiladi. Pul mablag’larining bu ikki miqdori- investitsiya va kirim bir va o’sha vaqtning o’zida hisoblangan tartibga keltirilgan va taqqoslangan ekvivalent miqdorlariga olib keladi. Odatda, kelgusidagi daromadlarning oqimi kapital qo’yilmalarni vaqtning nolinchi daqiqasiga olib keladi. Odatda, investitsiyaning smetasi axborotlarning manbai bo’lib xizmat qiladi. Ular investitsiyalanadigan loyihalarning ro’yhatini qabul qilingan qarorlar bo’yicha taqdim qiladi. Investitsiyalash o’lchami va yo’nalishi, toza joriy qiymati, kelitirlgan sof samarasi, rentabelligi, o’zini qoplash muddati, investitsiyaning sifati, kapitalning qiymati, hisob stavkalari, diskontlangan qiymati va hokazolarga tegishli axborotlarni analitik va rejali xususiyatga ega bo’lgan ko’pdan ko’p hisoblar beradi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling