2-Mavzu: Sharq va G‘arb olimlarining tabiat, uning inson hayotidagi o‘rni haqidagi qarashlari. Inson rivojlanishida tabiatning roli. Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyasi


Download 69.15 Kb.
bet1/2
Sana03.06.2024
Hajmi69.15 Kb.
#1841510
  1   2
Bog'liq
2-Mavzu Sharq


2-Mavzu: Sharq va G‘arb olimlarining tabiat, uning inson hayotidagi o‘rni haqidagi qarashlari. Inson rivojlanishida tabiatning roli. Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyasi.
Reja:
G‘arb va Sharq olimlarining tabiat haqida qarashlari
Inson rivojlanishida tabiatning roli
Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyasi
Maqsad: bolalarni tabiat bilan tanishtirish, tabiat xaqida tushuncha berish, Sharq va G’arb olimlarining qarashlari haqida tushuncha berish
Kalit so`zlar : tabiatini muhofaza qilish, ekologik ta`lim-tarbiya, inson tabiat mahsulidir, qizil kitob.

Chexiyalik mashhur pedagog Ya.A.Komenskiy bashariyat tarihidan demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida o‘rin olgan. U o‘zining ongli hayotini va amaliy pedagogik faoliyatini, yaratgan ilmiy asarlarini bolalarni o‘qitish va tarbiyalashdek oliyjanob ishga bag‘ishlagan. Uning fikricha, inson tabiatning eng go‘zal mavjudotidir. Inson tabiatga ergashib, hamma narsani bilib olishi mumkin. O‘zining «Buyuk didaktika», «Tillar hamma fanlarning ochiq eshigi», «Fizika», «Falakiyot», «Onalar maktabi», «Tinchlik farishtasi» kabi asarlarida o‘zining muhim pedagogik g‘oyalarini ifodalagan.
Ya.A.Komenskiy maktablarning 4 turini yilning 4 fasliga o‘xshatgan. «Onalar maktabi» xushbo‘y o‘simliklar, g‘uncha va gullarga burkangan ajoyib bahorni eslatadi. «Ona tili» maktabi yozga va ayrim erta pishgan mevalarga o‘xshaydi. «Gimnaziya»da dalalar, bog‘ va terakzorlardagi mo‘l hosilni yig‘ib, uni «aql xazinasi»ga joylayotgan kuz faslini eslatadi. Va nihoyat, «Akademiya» yig‘ilgan hosilni umr bo‘yi sarflashni mo‘ljallab taqsimlayotgan kishiga o‘xshatiladi. Ya.A. Komenskiy «Onalar maktabi»da 18 ta fandan ma’lumot olishni tavsiya etgan. Uning fikricha, olti yashar bola: - suv, yer, havo, olov, yomg‘ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o‘t, qush, baliq kabilarni; - yorug‘lik va qorong‘ulikning farqini, osmon, quyosh, oy, yulduzlar haqidagi bilimlarni, ularning har kuni chiqishi va botishi haqidagi tasavvurlarni; - o‘zi yashayotgan joyning xususiyatiga muvofiq tog‘, vodiy, dala, daryo, qishloq, shahar nima ekanligini bilishi kerak. Ya.A.Komenskiy hamma narsani tabiatga bog‘lab tushuntirgan. U o‘quvchilar diqqatini jalb etish uchun kitoblarning nomini qiziqarli nomlab, mazmunini to‘liq ifodalab bergan. Uning aytishicha, bu sohada mavjud narsalardan eng chiroylisi bog‘ning turli manzaralaridan namuna olishdir. Masalan, nega endi 1- sinf uchun bitilgan kitobni «Gunafsha jo‘yagi», 2- sinf kitobini - «Atirgul tupi», 3- sinf kitobini - «Istirohat bog‘i» va hokazo deb nomlash mumkin emas? Ya.A. Komenskiy bolalarni tarbiyalashda tabiatning ahamiyatini o‘zining boshqa asarlarida ham ochib bergan.
I.G.Pestalossi 1746- yilda shveytsariyalik shifokor oilasida tug‘ilgan. U o‘z zamonasining mashhur pedagogi bo‘lgan. Uning fikrlari haligacha pedagogika sohasida qo‘llanib kelinadi. U «Gertruda o‘z bolalarini qanday qilib o‘qitadi», «Kuzatish alifbosi», «Son to‘g‘risida ko‘rsatmali ta’lim», «Oqqush qo‘shig‘i» kabi asarlarni yaratdi. I.G.Pestalossining fikricha, bolaga berilayotgan tarbiya tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi Ya.A.Komenskiy maktablarning 4 turini yilning 4 fasliga o‘xshatgan. «Onalar maktabi» xushbo‘y o‘simliklar, g‘uncha va gullarga burkangan ajoyib bahorni eslatadi. «Ona tili» maktabi yozga va ayrim erta pishgan mevalarga o‘xshaydi. «Gimnaziya»da dalalar, bog‘ va terakzorlardagi mo‘l hosilni yig‘ib, uni «aql xazinasi»ga joylayotgan kuz faslini eslatadi. Va nihoyat, «Akademiya» yig‘ilgan hosilni umr bo‘yi sarflashni mo‘ljallab taqsimlayotgan kishiga o‘xshatiladi. Ya.A.Komenskiy «Onalar maktabi»da 18 ta fandan ma’lumot olishni tavsiya etgan. Uning fikricha olti yashar bola: - suv, yer, havo, olov, yomg‘ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o‘t, qush, baliq kabilarni; - yorug‘lik va qorong‘ulikning farqini, osmon, quyosh, oy, yulduzlar haqidagi bilimlarni, ularning har kuni chiqishi va botishi haqidagi tasavvurlarni; - o‘zi yashayotgan joyning xususiyatiga muvofiq tog‘, vodiy, dala, daryo, qishloq, shahar nima ekanligini bilishi kerak.
Ya.A.Komenskiy hamma narsani tabiatga bog‘lab tushuntirgan. U o‘quvchilar diqqatini jalb etish uchun kitoblarning nomini qiziqarli nomlab, mazmunini to‘liq ifodalab bergan. Uning aytishicha, bu sohada mavjud narsalardan eng chiroylisi bog‘ning turli manzaralaridan namuna olishdir. Masalan, nega endi 1- sinf uchun bitilgan kitobni «Gunafsha jo‘yagi», 2- sinf kitobini - «Atirgul tupi», 3- sinf kitobini - «Istirohat bog‘i» va hokazo deb nomlash mumkin emas? Ya.A.Komenskiy bolalarni tarbiyalashda tabiatning ahamiyatini o‘zining boshqa asarlarida ham ochib bergan. I.G.Pestalossi 1746- yilda shveytsariyalik shifokor oilasida tug‘ilgan. U o‘z zamonasining mashhur pedagogi bo‘lgan. Uning fikrlari haligacha pedagogika sohasida qo‘llanib kelinadi. U «Gertruda o‘z bolalarini qanday qilib o‘qitadi», «Kuzatish alifbosi», «Son to‘g‘risida ko‘rsatmali ta’lim», «Oqqush qo‘shig‘i» kabi asarlarni yaratdi. I.G.Pestalossining fikricha, bolaga berilayotgan tarbiya tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi
Rus milliy pedagogikasining asoschisi K.D.Ushinskiy 1824- yili Rossiyaning Tula shaxrida tug‘ilgan. U «Bolalar dunyosi», «Ona tili», «Muallimlar uchun qo‘llanma» asarlarini yozgan. K.D.Ushinskiy boshlang‘ich maktabdagi ta’lim mazmunini asoslab berish bilan birga undagi qonun-qoida, tartib, metod va vositalarini ham ishlab chiqib, didaktika faniga katta hissa qo‘shdi. Bu esa ajoyib yangilik sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. U eng avvalo o‘qitishni bolalar mehnati bilan bog‘lashni tavsiya qildi. K.D.Ushinskiy chet el maktablarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyani o‘rganib, o‘zining «Pedagogik adabiyotning foydasi», «Boshlang‘ich ta’lim metodikasi» hamda «Ona so‘zi» asarlarini yozdi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish masalalari bilan juda ko‘p pedagog-olimlar shug‘ullanganlar.
S.A.Veretenikova «Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi» kitobida, har bir yosh guruhidagi bolalarni yil fasllariga qarab tabiat bilan tanishtirish metodini asoslab bergan.
P.G.Samorukova tahriri ostidagi «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish» o‘quv qo‘llanmasida tabiat bilan tanishtirish metodlari, vositalari va usullari, ish shakllari, bolalar bog‘chasi hovlisidagi tabiat burchagini tashkil etish masalalari keng yoritilib berilgan.
M.M.Larkovskaya «Maktabgacha ta’lim tashkilotidatabiat burchagi» kitobida, tabiat burchagini tashkil etishning shart-sharoitlari, undagi xona o‘simliklari, hayvonlar, tabiat burchagidagi mavsumiy ishlar, bolalarni tabiat burchagidagi hayvonlar bilan tanishtirish yo‘llarini ko‘rsatib bergan.
A.G.Grigoryans, U.B.G‘ofurovalarning «Maktabgacha ta’lim tashkilotida ekologik tarbiya» nomli qo‘llanmalarida ekologik tarbiya berish metodlari, yo‘llarini misollar orqali yoritib, shuningdek bolalarda oddiy izlanuvchanlik faoliyatini tarbiyalashning yo‘llari haqida qimmatli maslahatlar berishgan.
Sharq mutafakkirlari asarlarida ham insonning tabiat va atrof-muhitga bo‘lgan munosabati, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro uzviy birlik, aloqadorlik va bog‘liqlik geografik va ekologik yondashuv negizida tahlil qilingan. Buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy risolalaridan birida bunday deb yozadi: 847-yilda Muhammad al-Xorazmiy «Kitob sur’at al-arz» nomli asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit’alar, qutblar, ekvatorlar, cho‘llar, tog‘lar, daryo va dengizlar, ko‘llar va o‘rmonlar, ulardagi o‘simlik, hayvonot dunyosi, shuningdek, yerning asosiy boyliklari hamda boshqa tabiiy resurslar, aholisi, urf-odatlari, ijtimoiy faoliyatlari, zichligi va boshqa muhim ma’lumotlar keltirilgan. Asarda bir necha izohlar, haritalar mavjud bo‘lib, Orol dengizining tasviri ham berilgan. Bundan tashqari 637 ta muhim joylar, 209 ta tog‘ning geografik tafsilotlari o‘z aksini topgan.Olim tomonidan dars suvlari qurib, ifloslanib, inson boshiga turli faloqatlar yog‘ishi mumkinligi ta’kidlangan.
«Bilingki, daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga g‘am, kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar!» Daryoning «yoshli ko‘zlari» deganda Muhammad Muso al-Xorazmiy nimalarni ko‘zda tutgan ekan? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo‘lishini nazarda tutgandir? Vaholanki, buyuk bobomiz eng avvalo daryo bilan odamlarning «bir-birlarini tushunishlari», o‘zaro mehr-muhabbat qo‘yishlarini nazarda tutgan.
Ushbu risolada matematika, geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, shuningdek, dunyo xalqlarining tabiiy ko‘nikmalari va tarixiy-huquqiy bilimlari umumlashtirilgan.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) O‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrlarining eng yirik va mashxur vakillaridan biri Abu Nasr Forobiyning ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlari hozirgacha to‘liq aniqlanmagan. Nemis olimi M.K.Brokkelmanning ro‘yxatida Forobiyning turli sohalarga oid 180 ta Abu Nasr Forobiy (873-950) asarining nomi keltirilgan. Forobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, uning «Kitob al-hajm va al-minor», «Kitob al-mabodi al-insonia» («Insoniyatning boshlanishi haqida kitob»), «Kitob al-a’zo al-hayvon» («Hayvon a’zolari to‘g‘risida kitob») nomli asarlari bunga dalil bo‘la oladi.
Tabiatshunoslikka oid «Odam a’zolarining tuzilishi», «Hayvon a’zolari va ularning vazifalari haqida» kabi asarlarida odam va hayvonlardagi ayrim a’zolarning tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida ham to‘xtalib o‘tilgan.
Odam a’zolarining tuzilishi va vazifalari haqida so‘z yuritilganda o‘zgarishlar, ya’ni kasalliklar birinchi navbatda ovqatlanish tartibining buzilishi oqibatida kelib chiqadi, deb tushuntiriladi.
Forobiy tabiiy va inson qo‘li bilan yaratiladigan sun’iy narsalami ajratgan. Shuningdek, u tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilganligini va bunda inson omilining ta’siri katta ekanligini, tabiiy va sun’iy tanlash hamda tabiatga ko‘rsatiladigan boshqa ta’sirlarni atroflicha baholagan.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Abu Rayhon Beruniy koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari, narsa va hodisalaming o‘zaro ta’siri bilan tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba’zi hodisalarni quyoshning ta’siri orqali izohlaydi.
Beruniyning fikricha, yerdagi o‘simlik va hayvonot olamining yashashi uchun zarur imkoniyatlar cheklangan. Lekin o‘simlik va hayvonlar doimo ko‘payishga intiladi va shu maqsadda ko’rashadi. Beruniyning tabiatshunos sifatida quyidagicha fikrlari hanuzgacha o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan:
Ekin va nasl qoldirish bilan dunyo to‘lib boraveradi. Garchi dunyo cheklangan bo‘lsada, kunlar o‘tishi bilan bu ikki o‘sish natijasida ko‘payish cheklanmaydi. Agar o‘simliklardan yoki jonivorlardan biror xilining o‘sishiga sharoit bo‘lmay, o‘sishdan to‘xtasa ham, boshqalarida bu ahvol bo‘lmaydi. Ular birdaniga paydo bo‘lib, birdaniga yo‘qolib ketmaydi.
Bordi-yu, yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvonning ko‘payishiga ham, daraxtning o‘sishiga ham o‘rin qolmaydi. Shu sababdan dehqonlar ekinlarni o‘toq qilib, keraksizini yulib tashlaydilar”.
Beruniy asarlarida o‘simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va ho‘jalikdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlari, asosan, “Saydana”, “Mineralogiya”, “Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar” asarlarida o‘z aksini topgan. Unda Eronning turli tropik o‘simlik va hayvonlarining tashqi muhit bilan aloqasi, ularning xulq-atvori yil fasllarining o‘zgarishi bilan bog‘liqligi misollar bilan tushuntirilgan.
Agar hayvonlarda sezgilar oziq topishi va o‘z-o‘zini himoya qilish uchun yaratilgan bo‘lsa, odam zoti hayvonot dunyosini juda ortda qoldirib ketgan, chunki unga xudoning yerdagi noibi bo‘lish,uni obod qilish va uyda targ‘ibotni amalga oshirish topshirilgan” Beruniy yer yuzining o‘zgarishi o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zgarishi bilan, tirik organizmlarning turli hayoti yer tarixi bilan bog’liq bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Qumni kavlab, uning orasidan chig‘anoqni topish mumkin. Buning sababi, bu qumlar qachonlardir okean tubi bo‘lgan, deb ta’kidlaydi alloma. Beruniy “Saydana” degan asarida 1116 xil dori- darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o‘simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi. Beruniyning “Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar” va “Hindiston” asarlarida o‘simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.
Beruniy o‘zining tabiiy-ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi hodisalar ma’lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, ularni tashqaridan ta’sir etuvchi har qanday kuch o‘zgartirish qobiliyatiga ega emas, degan xulosaga keladi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) Yirik qomusiy olim sifatida tanilgan Abu Ali ibn Sinoning 450 ta asari mavjud bo‘lib, bizgacha 240 tasi yetib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida «Tib qonunlari» tibbiyot ilmining shox asari, o‘rta asr tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho‘qqisi bo‘lib hisoblanadi.
Ibn Sinoning falsafiy va tibbiy ilmiy qarashlari uning jaxonga mashhur “Kitob ash-shifo”, ya’ni “Davolash kitobi” asarida bayon etilgan, Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek, matematika, kimyo, botaniqa, ekologiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.
Abu Ali ibn Sino tomonidan yaratilgan asarlaming 80 dan ortig‘i tabiat va insonning unga bo‘lgan munosabati masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda tabiiy muhitning inson salomatligi va hayotidagi ahamiyati, tabiiy jarayonlarning kechishi, inson salomatligini saqlash shartlari, turli kasalliklami keltirib chiqaruvchi geoekologik omillar - suv, yer va havoning tozaligi, yashash muhitining holati (turar-joylarning keng yoki tor bo‘lishi), sanitariya va gigiena qoidalariga amal qilmaslik, turli yuqumli kasalliklar (moxov, chechak, vabo isitmasi, yiring, toshma kabilar)ning paydo bo‘lishi va tarqalishida muhit, xususan, yashash joylarining muhim o‘rin tutishi kabi qimmatli ma’lumotlar beriladi.
Alloma inson salomatligini ta’minlovchi muhim omillar sifatida quyidagilarni qayd etadi: 1) badan-tarbiya; 2) to‘g‘ri ovqatlanish va dam olish; 3) yetarli va salarali bo‘lgan uyqu.
Abu Ali ibn Sino inson salomatligini saqlashning eng qulay va oson usuli sifatida jismoniy harakat va jismoniy mashqlar bilan doimiy ravishda faol shug‘ullanishni tavsiya etadi hamda jismoniy tarbiya bilan shugullangan kishiga hech qanday dard yaqin yo‘lamasligini, tabib va dori- darmonlarga muhtoj bo‘lmasligini aytadi.
Ibn Sinoning togiarning vujudga kelishi, yer yo’zining davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib borishi, zilzilaning bo‘lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy o‘z asarlarida tasvirlagan qahramonlar kabi yuksak ma’naviy-axloqiy fazilat egasi bo‘lgan. Alloma sulton Husayn Boyqaro saroyida vazirlik lavozimida ishlagan vaqtda ham xalq farovonligi yo‘lida amaliy harakatlarni olib borgan. Chunonchi, bog‘- rog‘lar barpo etish, kanallar qazib, suvsiz yerlarga suv chiqarish, aholi yashash joylarini obod qilish kabi harakatlar bevosita mutafakkir faoliyati negizida ekologik yondashuv mavjud bo‘lganligini tasdiqlaydi. Tarixchi Xondamirning «Makorim ul-axlok» asarida keltirilgan quyidagi hikoyatda esa allomaning tabiatga oqilona yondashuvi, hayvonlarga bo‘lgan g’amxo‘rligi yaqqol aks etgan: Alisher Navoiy ovga chiqqanda uning chodiriga g‘urrak uya quradi va jo‘ja ochadi. O‘shanda g‘urrak bolalarini uchirma qilmaguncha chodir yig‘ishtirilmagan ekan. Hatto ularga qarab to’rgani uchun Hoji Hasan Baxtiyorga maosh tayinlangan ekan.
Muallif shuningdek, ulug‘ allomaning bir kuni egniga ilashib qolgan chumolini o‘z iniga, joyiga qo‘yib, so‘ngra namoz uchun masjidga kirgani haqida уozadi.
Xorazmlik ulug’ olim Abul Qosim Maxmud az-Zamaxshariy asarlarida ham insonning tabiatga va atrof-muhitga bo‘lgan munosabati masalasi yoritiladi. Allomaning “Kitob al-jibol val-ankina val-miyoh” (“Tog‘lar, joylar va suvlar haqida kitob”) nomli asarida tabiiy geografik muhit, turli o‘lkalar, tog’lar va dengizlar to‘g ‘risida ma’lumotlar beriladi.
O‘z qarashlarida islom ta’limoti g’oyalari yetakchilik qilgan allomaning tabiat va atrof-muhitga yondashuvi islomiy qadriyatlar ustuvor o‘rin tutadi. Jumladan, allomaning “Ayvoni atrofida qushlar uchib qo‘nadigan joyi bo‘lmagan uyga yomg‘ir ham baraka bermaydi, uning egasi ham erkinlik bilmaydi, u joy faqirlikka giriftordir” degan fikrlari negizida ham insonning tabiat va atrofga munosabatini belgilovchi ijobiy ma’naviy-axloqiy sifat va uning salarasi bo‘lgan “baraka” tushunchasi asosiy mezon sifatida yoritilgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat shoir, balki podsho, ovchi, tarixchi, bog‘bon va tabiatshunos bo‘lgan. “Boburnoma” asarida o‘zi ko‘rgan-kechirganlari, yo’rgan joylari tabiati, boyligi, urf-odati, hayvonoti, o‘simliklarini tasvirlagan.
Asarda yer, suv, havoga tegishli xalq so‘zlari ko‘plab uchraydi. Bobur o‘z asarida joyning geografik o‘rni, qaysi iqlimga mansubligi, o‘simliklari, hayvonlari haqida bayon etgan va O‘rta Osiyoda qadim vaqtlardan buyon qovun, bug4doy, o‘rik, nok va mevalarning bir necha navlari borligi haqida ta’kidlagan.
Asarda Bobur borgan joylarning tabiati va o‘ziga xos hususiyatlarini Andijon bilan taqqoslagan hamda O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Xuroson va Hindistondagi hayvonot dunyosi hakida batafsil bayon etib bergan.
Tarixiy adabiyotlar bilan tanishish shundan dalolat beradiki, o‘zbek xalqi tarihida tabiat va atrof-muhit muhofazasi, ularga nisbatan oqilona sub’ektiv yondashuv masalasi juda qadimdanoq o‘rganilib kelingan.
Larkaziy Osiyolik buyuk allomalar - Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning asarlarida tabiatga zarar yetkazmaslik, uni asrash, tabiat boyliklarini ko‘paytirish, turar- joylarni ozoda tutish, bog4lar va gulzorlar barpo etish masalalari muayyan darajada o‘rin olgan. Xalqona yondashuv nuqtai nazaridan suvni ifloslantirish, tuproqqa zarar yetkazish, hayvonlar va o‘simliklarni nobud qilish gunoh, uvol sanalgan.
Ilmiy izlanishlar natijasida asarlarda ilgari surilgan qarashlarga tayangan holda ekologik ta’limning tarixiylik xususiyatiga egaligi yuzasidan ayrim mulohazalarni bildirish maqsadga muvofiqdir.
Xalq ijodiyoti namunalarining aksariyatida tabiatni e’zozlash, uni muhofaza qilish, hayvonot va o‘simliklar dunyosini asrash g‘oyalari yetakchi mavzu qilib olingan. Jumladan, xalq hikmatlarida ham tabiat va atrof-muhitga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish talabi o‘z ifodasini topgan.
Eng mo‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz “Avesto” xalqimizning bebaho mulki sanaladi. Bu nodir kitob bundan o‘ttiz asr muqaddam shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy tarixiy merosidir.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» da inson va tabiat munosabatlariga keng o‘rin ajratilgan bo‘lib, ayni o‘rinda geografik ma’lumotlar ham yoritilgan. Jumladan, Larkaziy Osiyo hududidan oqib o‘tuvchi ikki daryo - Amudaryo va Sirdaryo, ular oralig’ida joylashgan hududning tabiati, iqlimi, tabiiy boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosi, insonlarning tabiatga munosabatlari va mavjud davlatlar haqida ma’lumotlar berilgan.
Asarda ekologik masalalar umumiy tarzda «Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman, dunyodagi jamiki yaxshi narsalami pok va bus-butun asrashga burchlidir» degan g‘oya negizida yoritiladi. Manbada, shuningdek, yer, suv, zamin, xona, badan, kiyim-kechak, oziq-ovqatlarni toza tutish va saqlashga alohida e ‘tibor berilgan.
«Avesto»da qabristonlami shahar va qishloqlardan yiroqda tashkil etish, uni o‘rab qo‘yish, maxsus tozalikka rioya qilish, murda tekkan libos, yerlarni qatron qilish xususida fikrlar mavjud. Inson yoki hayvon o‘ligi tushgan soy, ariq, hovuz, quduqlarni bir necha marta qatron qilish (suvga to‘ldirib bo‘shatish) ta’kidlanadi. Shuningdek, tuproqni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini buzgan shaxslar “400 qamchi jazosi”ga giriftor qilingan.
Qur’oni Karim va Hadislarda ham tabiat va insonni asrash, ular o‘rtasidagi munosabatning oqilona bo‘lishiga erishish masalalariga alohida o‘rin berilgan. Xususan, mazkur manbalarda inson omili (demakki, inson ekologiyasi) masalasiga alohida o‘rin ajratilgan bo‘lib, bu boradagi g‘oyalami mazmuniga ko‘ra quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha turkumlashtirish mumkin:
1. O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofazalash (masalan, “Soyasidan xalq foydalanib to’rgan daraxtni kesib yo’rgan odamni Tangri do‘zaxga mahkum etadi”, “Bu dunyoda jonivorlarga qattiq azob beradigan kishilarni Tangri qiyomat kuni qattiq azoblaydi”, “Yoqmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat to’rgan paytda behosdan qiyomat-qoyim bo‘lishi aniq bo‘lganida ham ulgursangiz uni ekib qo‘yavermg», “Agar hayvonlarga berayotgan azoblaringiz kechirilsa, sizning ko‘p narsalaringiz kechirilgan bo‘ladi”, “Joni bor narsani o‘q otishda nishon qilmanglar”, “Qo‘y boq, zero, u ayni barakadur”, “tilsiz hayvonlar to‘g‘risida allohdan qo‘rqinglar. Ularni yaroqli holda mininglar va yaroqli qilib so‘yib yenglar”, “Otning peshonasiga qiyomatgacha yaxshilik yozilgandir. Uni boqqan yaxshilik oladi», “Qaysi bir musulmon biror daraxt yoxud biror ekin eksa-yu, uning hosilidan inson, qush yoki hayvon yesa, buning uchun unga ajru savob ato etilur”).
2. Sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilish (“Tangri pokdir. Pokizalikni yaxshi ko‘radi. Tangri saxiydirki, saxiylikni yaxshi ko‘radi», «Hovli sahni va to’rgan joylaringizni toza tutinglar», «Taomning barakasi uni yeyishdan oldin va keyin qo‘l yuvishdadir»).
3. Mavjud ne’matlardan tejab-tergab foydalanish, ularni isrof qilmaslik va ko‘paytirish («Kimki hayotda tejamkor bo‘lsa, zinhor qashshoqlikka tushmaydi», «Englar, ichinglar, sadaqa qilinglar, ammo isrofgarchilikka o‘tmanglar», «Dunyo yam-yashil, go‘zaldir, kimki undan haqli ravishda halollik bilan olsa, baraka topadi, kimki nafs xohishi bilan boylikka mukkasidan ketsa, qiyomat kuni do‘zaxdan boshqa narsaga erisha olmaydi”.
4. Inson hayoti va salomatligini muhofazalash («Ozor beradigan narsalarni musulmonlaming yo‘lidan uzoqqa olib tashla», «Dunyoni buzib,bulgcab yo’rgan kishi mening ummatim emas», «Erda halal berib yotgan biror tosh, tikanak yoki suyakni bir chekaga olib qo‘yishing ham - sadaqa»; «Chelagingdagi suvdan boshqalarning idishlariga solib berishing ham sadaqa hisoblanadi”; «Sadaqaning afzali chanqoq odamlarga suv ulashmoqdir», Qaysi joyda vabo tarqalganini eshitsangiz, u yerga kirmanglar. Agar sizlar to’rgan yerga tushsa undan qochib ketmanglar», «Hilol qilinglar (tish, soqol, panja oralariga barmoq tiqish), chunki u pokizalikdir», «Qo‘lidagi ovqat moylarini yuvmay uxlagan odamga biror ofat yetsa o‘zidan ko‘rsin», «Kishilarni xayrli va yaxshi ishlar qilishga da’vat etishing va zulmdan qaytarishing sening sadaqangdir».
Ushbu tarixiy manbalarda insoniyatni tabiatga bo‘lgan munosabatlarni tarbiyalashdagi qimmatli fikirlar hozirgi kungacha yosh avlodning ta’lim- tarbiyasida o‘z negizini topgan.
Yoshlarni ta’lim-tarbiyalash bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari, tarbiyachi pedagoglarining zimmasiga yuklatilgan oliy vazifa sanalar ekan avvalo, ularning o‘zlari ayni paytda tabiatni avaylab asrashga doir tarixiy manbalarni bilishlari zarur ahamiyatga ega

Download 69.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling