2-mavzu: Tashkiliy muhit va madaniyat


Download 257.43 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi257.43 Kb.
#1369688
Bog'liq
7-mavzu YANGI TOVARLAR ISHLAB CHIQARISH

Mavzu: YANGI TOVARLAR ISHLAB CHIQARISH YO‘LI BILAN RIVOJLANISH


Reja:

1. Innovatsiya tavakkalchiligini baholash
Innovatsiya jarayoni o‘z ichiga quyidagi oltita bosqichni kiritadi:
  • yangi tovarlar haqidagi g‘oyalarni izlab topish;
  • g‘oyalarni tanlash;
  • yangi tovar g‘oyasini tijoratlashtirishni iqtisodiy tahlil qilish;
  • tovarni ishlab chiqish;
  • tovarni bozor sharoitlarda test va sinovdan o‘tkazish;
  • tovarni yangi bozorga kiritish.

7.1-jadval Yangi tovarni rejalashtirish usullari

7.1-rasm. Yangi tovarlar haqidagi g‘oyalarni saralash egri chizig‘i


7.2-jadval Baholash me’yori uslubi

7.2. Yangilik kiritishning muvaffaqiyati tahlili va ishlab chiqarish jarayoni


Yangi tovarning iqtisodiy tahlili uni ishlab chiqish, bozorga olib chiqish va sotish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, zarur oborotga ega bo‘lgan yangi tovarni ishlab chiqarish bilan asoslanuvchi tavakkalchilik va foydani baholash bilan bog‘liq. Buning uchun zararsizlik tahlili uslubi qo‘llanib, u savdodan tushuvchi daromad ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo‘luvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar minimal hajmini tavsiflovchi zararsizlik nuqtasini belgilashga imkon yaratadi (7.2-rasm).
7.2-rasm. Zararsizlikni tahlil qilish uslubining grafik yordamida aks ettirilishi
Bozor ko‘rsatkichlarini shakllantirish tovar dizayni, uning shakli, rangi, og‘irligi, o‘rovi, nomi va markasini ishlab chiqish tufayli amalga oshiriladi.
Tovarlar o‘rovi (o‘rov) deb tovar solingan idish yoki o‘ralgan materiallarga aytiladi. U mahsulotning saqlanishi, uni transport orqali tashish va u bilan muomala qilishda qulayliklar bo‘lishiga xizmat qiladi, shuningdek, iste’molchilar e’tiborini jalb qilish, tovarni identifikatsiya qilish, reklama va axborot bilan ta’minlash, imidjni yaratish kabi marketing funksiyalarini bajaradi.
7.3. Sifat strategiyasi
Tovar o‘rovini ishlab chiqish jarayoni quyidagi qarorlarni qabul qilishni o‘z ichiga oladi: o‘rov konsepsiyasini asoslab berish, o‘rovning qo‘shimcha tavsifnomalarini (o‘lchami, shakli, materiali, rangi, matni, tovar markasining joylashuvi) yaratish, o‘rovni sinab ko‘rish.
Tovarni bozorga chiqarishda quyidagilarni aniqlash zarur:
  • tovarni bozorga qachon, qay vaqtda olib chiqish lozim?
  • tovarni qaerda, qaysi bozorga olib chiqish mumkin?
  • tovar qaysi iste’molchilar guruhiga taklif qilinishi lozim?
  • tovarni bozorga olib chiqish chora-tadbirlarini qanday qilib tashkil etish va tartibga solish kerak?

Agar ishlab chiqarish-texnika tovarlari uchun bo‘lajak xaridorlar guruhi qoidaga ko‘ra ma’lum va bu tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalarni imzolashda aniqlanadigan bo‘lsa, ommaviy iste’mol tovarlari uchun esa maqsadli bozor bazasini firmaning mavjud xaridorlari va ularning izdoshlari tashkil etishi mumkin. Bu xaridorlar firmaning yangi tovarlarini sotib olishda liderlik qilishi va tovarlarning boshqa xaridorlar nazarida ijobiy imidjini yaratishi mumkin.
Bu maqsadda tarmoqli rejalashtirish uslubi ko‘proq ishlatiladi. Bu uslubning mohiyati yangi tovarni bozorga olib kirish bo‘yicha amalga oshirish mumkin bo‘lgan barcha ishlar tarmog‘ini ularni bajarish uchun sarflanuvchi vaqt va boshqa resurslar xarajatlarini inobatga olgan holda yaratish, bozorga kirib borguncha bosib o‘tiladigan, amalga oshirish zarur bo‘lgan hatti-harakatlarni va barcha ishlarni bajarish muddatini ko‘rsatuvchi yo‘lni izlab topishdan iborat.
Tarmoqli rejalashtirish uslubidan foydalanish yordamida yangi tovarning bozorga chiqishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashining oldini olish mumkin, chunki mahsuldorlik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan quyidagi muvaffaqiyatsizliklar sababini tahlil qilish imkoniyatini yaratadi:
• tovarni bozorga olib chiqish davri va vaqtini noto‘g‘ri tanlash;
• distribyuterlik tarmog‘ining etarlicha rivojlanmaganligi;
• reklama chora-tadbirlarining vaqtidan ilgari yoki kech o‘tkazilishi;
• bozorga texnik jihatdan to‘liq ishlab chiqilmagan tovarni olib chiqish;
• tovarning bozor narxini noto‘g‘ri baholash;
• yangi tovar xaridorlari va iste’molchilarga sotuvgacha va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish tizimining rivojlanmaganligi.
Xaridorlarning xulq-atvorini o‘zgartirib yuboruvchi mutlaqo yangi tovarlarni yaratish nomaqbul jarayon hisoblanadi. Mutlaqo yangi tovar va g‘oyalarning paydo bo‘lishi qoidaga ko‘ra, ahyon-ahyonda va notekis ro‘y berib, firma tovar nomenklaturasining hayotiylik davriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tovarlar hayotiylik davrining o‘zgarishi, sotuv hajmini qo‘llab-quvvatlash zarurati va ularning dinamikasi talabni faollashtirishning boshqa usullarini, ayniqsa, tovarni sotish hajmining o‘sishi pasaygan vaqtda, ya’ni yangi tovarning hayotiylik davri etuklik bosqichiga yaqinlashgan paytda izlab topishni talab qiladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 257.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling