2 Mavzu: Xalq pedagogikasida oila, bolalar va ota-onalar muammolari
Download 24.58 Kb.
|
oilada bola tarbiyasi prezantatsita
Mustaqil ishi QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI Ingliz filologiyasi (Ingliz tili va adabiyoti ) yo’nalishi 3-bosqich talabasi Samadova Mohidilning Mustaqil ishi Talaba: Samadova M. O’qituvchi: Murodova Z. 2 Mavzu: Xalq pedagogikasida oila, bolalar va ota-onalar muammolari. 3 Reja: Kirish. 1. Sharq mutafakkirlarining ota-ona va farzandlar o’zaro munosabatlariga oid qarashlari. 2. 5-7 yoshli bolalarni oilada tarbiyalash masalalari. 3. O’zbek oilalarida yoshlarning oilaviy tarbiya haqidagi tasavvurlarini shakllantirish. Xulosa. Adabiyotlar. 4 Kirish Mamlakatimizda yangilanish jarayoni kechayotgan hozirgi davrda shu jamiyatning fuqarolari bo’lgan ma`naviy boy, axloqan etuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bunday xislatlarga ega bo’lgan barkamol shaxs esa oilada shakllanadi. Shuning uchun ham jamiyat mustahkam, sog`lom oila bo’lishidan manfaatdordir. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning nutq va risolalarida oila va barkamol avlodni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi eng muhim davlat ahamiyatiga ega masalalardan qilib qo’yilmoqda: «Bola tug`ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an`analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari, o’zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Dinu-diyonatli xonadon oqsoqollaridan so’rasangiz, ularni lo’nda qilib sanab beradi: yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasbli-hunarli qilish, boshini ikki va uyjoyli qilish», - deb o’zbek xalqining milliy xususiyatlarini ko’rsatib beradi. Haqiqatan ham, har bir shaxs dastlab oilada shakllanadi va o’zi tarbiya topgan oila an`analari uning hayotida jamiyat taraqqiyotida o’z o’rniga ega bo’lishida katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham oilani mustahkamlash, bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo’lgan muammolardan hisoblanmoqda. Zero, oila har bir xalqning an`analari, milliy qadriyatlarini avloddan-avlodga etkazib, ularning rivojlanishiga yordam beradigan, avlodlar uzviyligini ta`minlaydigan, unda kamol topayotgan har bir yoshni zamon talabi darajasida barkamol etib tarbiyalaydigan ijtimoiy institutdir. Shuning uchun ham hukumatimiz, shaxsan O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan «Oila» (1998), «Ayollar» (1999), «Sog`lom avlod» (2000), «Ona va bola» (2001) yillari deb e`lon qilinishi va shu munosabat bilan Davlat dasturlarining tuzilishi hamda uning amalga oshirilishi ham oilada yuksak ma`naviy-axloqiy muhitni yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bu bilan davlatning asosiy negizini mustahkamlash bilan bog`liq bo’lgan xalqimizning qon-qoniga singib ketgan va mustaqillik sharofati bilangina vujudga kelgan azaliy intilishi yuzaga chiqdi. CHunki oila mustahkamligi bir-ikki yilda amalga oshadigan jarayon emas. O’zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»da: «Ota-ona o’z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o’z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o’z bolalarining sog`ligi, jismoniy, ruhiy, ma`naviy va axloqiy kamoloti haqida g`amxo’rlik qilishlari shart», - deyiladi. Oilada kamolga etayotgan har bir shaxsni mustaqil fikr yuritadigan, aqlidrok sohibi qilib etishtirish muhim hisoblanadi. Haqiqatan ham, mustaqil insongina har qanday qiyinchiliklarga bardosh berib, hayotda o’ziga to’g`ri yo’l topa oladi va boshqa oila a`zolarining ham haqiqiy yuksak inson bo’lib etishishiga zamin yaratadi. Lekin oila va oilaviy tarbiyaga doir barcha olib borilayotgan ishlar maktabgacha va maktab yoshidagi o’quvchilarga qaratilgan bo’lib, asosan balog`at yoshiga etgan talaba-yoshlar nazardan chetda qolayapti. Aynan ularning oilaviy hayotga tayyor bo’lishlari bu davrda oilaviy hayot haqidagi mavjud bilimlari hamda tarbiyalanganlik darajalariga bog`liq bo’lib, bu bilim va tushunchalarni rivojlantirish, mustahkamlash zarur. 6 Sharq mutafakkirlarining ota-ona va farzandlar o’zaro munosabatlariga oid qarashlari Inson bolasi o’zi tug`ilib o’sgan oilasida ilk bor ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Uning ijtimoiylashuvi avvalo o’z oilasidagi shaxslararo munosabatlar tizimida amalga oshadi. U bilan dastlabki ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi odamlar: uning ota-onasi, aka-opasi va oilasidagi boshqa a`zolardir. Bolaning kelajakda shaxs sifatida shakllanib, etuk inson bo’lib etishuvida, hayotda o’z o’rnini topib ketishida uning qanday oilada tarbiyalanganligi, oilada qanday psixologik iqlim hukm surganligi, o’z ota-onasi bilan bo’lgan o’zaro munosabatlarining qanday tarzda kechganligi muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham insoniyat madaniyati tarixining ilk davrlaridanoq shaxslararo munosabatlarning aynan shu turiga, yaoni oiladagi shaxslararo munosabatlarga, ayniqsa, ota-ona va farzandlar munosabatlariga, oilada bolalarning o’zaro munosabatlariga alohida eotibor berib kelingan. Bu mavzuning uzoq o’tmishga ega ekanligini biz deyarli barcha millatlar xalq og`zaki ijodiyoti namunalari misolida ko’rishimiz mumkin. Masalan, xalqimizning ming yillik tarixga ega bo’lgan buyuk dostoni «Alpomish», «Go’ro’g`li», shuningdek, Sharq mamlakatlari xalqlari uchun katta ma’naviy manba bo’lmish hind xalq dostonlari «Maxobhorat», «Ramayana» kabilarda mazkur munosabatlar tizimi yorqin tasvirlangan. Ular ming yillar davomida xalq og`zaki ijodiyoti namunalari tarzida avloddan- avlodga uzatilib, kelajak avlodlar maonaviy dunyosi, ruhiy olami, milliy qadriyatlarining shakllanishida munosib o’rin egallab kelmoqda. Xalqimizning shunday maonaviy meroslaridan biri bo’lmish «Shirin bilan Shakar» dostonida ham oila, oilada bola tarbiyasi, bunda ota-ona ma`suliyati va burchi, farzandga nisbatan halollik va muhabbat, farzandning ota-onaga hurmati, ota-ona qadrini yuqori tutishi kabi masalalarga alohida eotibor berilgan. Doston qahramonlari aka-uka Shirin bilan Shakar obrazi orqali farzandlarning ota-onaga muhabbati, aka-ukaning bir-biriga qon-qarindoshlik munosabati tasvirlangan. Shuningdek, dostonda oilaviy bir janjal asosida ota-bola mojarosi maydonga chiqadi. Shoh Qosimxon xotini Kenjaoyning tuhmatiga ishonib, Shirin bilan Shakarni o’limga hukm qiladi. Otasidan jabr ko’rgan Shirin va Shakar undan yuz o’giradilar. Biroq ular onalarini sadoqat bilan sevadilar, uning farzandlari uchun chekayotgan iztiroblari, ko’z yoshlariga achinadilar, ona diydorini qo’msaydilar. Doston xotimasi sharqona an`ana va tarbiya qoidalari bilan yakunlanadi. Begunoh farzandlarini hech o’ylamay-netmay o’limga hukm qilgan ota jazoga loyiq, albatta. Biroq qadimiy sharqona tarbiya meozonlari bunga yo’l qo’ymaydi. Chunki bu mezonlar mazmunida imon-eotiqod, hurmat, muruvvat kabi tushunchalar mavjud bo’lib, odamlarni kechirimli bo’lishga undaydi. Bunday sharqona tarbiya talablariga ko’ra, ota-piri buzrukvor, qiblagoh, duogo’y, mo’otabar zot hisoblanadi. Farzand otaga eotiqodli, muruvvatli, samimiy itoatgo’y bo’lishi lozim. Otaning duoibadi, qarg`ishi yomon. Bunga «Ota rozi – xudo rozi» qabilidagi maqollarning ko’plab tilga olinishi ham misol bo’ladi. Barcha asarlarda ota-onani hurmat qilish, odob bilan ularning xizmatlarini bajarish farzandning vazifasi ekanligi uqtiriladi. Masalan, rivoyatlarning birida, ota-onalarning farzandlariga insonlarni ranjituvchi so’zlar aytishdan, yomon ishlardan saqlanish lozimligi ta`kidlangan holda farzandlarning ota-onaga qanday xizmat qilishi kerakligini quyidagi tarzda bayon etiladi: «Bir kishi kechasi uyqudan uyg`onib o’g`lidan «suv ber» deb so’radi. 8 O’g`li suv keltirguncha, otasi yana uxlab qolgan edi. O’g`li «otam balki yana suv so’rar», deb uxlamasdan otasinig uyg`onishini kutib tong otguncha o’tirdi». Bu kabi rivoyatlarning deyarli barchasida farzand o’z ota-onasini hurmat qilishga, uning olqishlarini olishga daovat etiladi. Insoniy g`oyalar ruhida tarbiyalangan farzand ota-onasi qilgan nasihatlariga amal qilgan, ota-onasi hurmatini joyiga qo’ygan. Ota-onaning farzandlariga va farzandlarning ota-onasiga mehr-oqibatli bo’lishlari, ularning ota-onalik va farzandlik burchi, masouliyatini his qilish masalalari xalqimiz milliy qadriyatlarining shakllanishida muhim maonaviy manba bo’lib xizmat qilganligi shubhasiz. SHariat qonunlarida, islom taolimotida, Qurooni karim va Hadisi shariflarda oilaviy munosabat qoidalari asosiy o’rin egallaydi. Zotan, ota-ona farzandni dunyoga keltiruvchi, tarbiyalovchi, hamfikr, do’st, hayotda yo’lboshlovchi, oilaning moddiy va maonaviy taominotchisi tarzida ulug`lanadi. SHuning uchun ham Quroon taolimotiga ko’ra oilada ota-ona eng muqaddas zot. Quroonda: «Parvardigoringiz, yolg`iz Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning birovi yoki har ikkisi sening qo’l ostingda keksalik yoshiga etsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – hokisor bo’l va: «Parvardigorim, meni (ular) go’daklik chog`imdan tarbiyalab o’stirganlaridek, Sen ham ularga rahmshafqat qilgin, deb (haqlariga duo qil!)» (Isro surasi, 22-24-oyatlar), deya taokidlaydi. Bu oyat mazmuniga ko’ra: Alloh taolo ota-onaga yaxshilik qilishni bevosita o’ziga ibodat qilish bilan teng qo’ygan, ota-onalar keksayib, zaiflashib qolgan hollarda ularga qanday muomala qilish kerakligini uqtiruvchi quyidagi jihatlarga urg`u berilgan: 9 1. Hech qachon ularga «uf» demaslik. 2. Beadablik bilan so’zini qaytarmaslik. 3. Ularga ehtirom bilan xushmuomalada bo’lish, yaxshi gapirish. 4. Ota-ona oldida mehribonlik bilan hokisor bo’lish. 5. Minnatdorchilik yuzasidan Allohdan ularga rahmu-shafqat so’rash. Oilaviy munosabatlar, ota-ona va farzandlar hamda qon-qarindoshlik aloqalari kabi masalalar nafaqat diniy, balki boshqa ijtimoiy munosabatlar doirasida ham muhim o’rin tutgan. SHuningdek, hadislarda oila va oila a`zolari, ota va ona, ota-ona va farzandlar, oilaning boshqa aozolari, ayollar va erkaklar, shaxs va jamiyat o’rtasidagi amaliy muomala tizimi imon talablari asosida bayon etiladi. Hadislarda ota-onaga hurmat, mehr-muhabbat, eozoz, moddiy va ma`naviy yordam, ularning amriga bo’ysunish, ota- ona dunyodan ko’z yumgach, ularning qarindosh-urug`lari, do’stu-birodarlari bilan munosabatlarining iltifotini davom ettirish, vasiyatlariga amal qilish yoshlar ongiga singdirilib kelingan. So’nggi yillarda bu borada ko’plab asarlar chop etilib, keng kitobxonlar ommasiga, yoshlar eotiboriga havola etilmoqda. Xalq og`zaki ijodiyoti namunalari va diniy manbalarda oilaning muqaddas ekanligi, ota-onaning farzandlari oldidagi, bola va farzandning o’z ota-onasi oldidagi burchlari kabi masalalar hamda bolalar (qiz va o’g`il bolalar) tarbiyasida shariat ko’rsatmalarining aks etishi ming yillar davomida oila instituti shakllanishida ijobiy taosir ko’rsatib kelgan. Sharqning buyuk allomalari bo’lmish Al-Buxoriy, At-Termiziy, Burhoniddin Marg`inoniy, Ahmad YAssaviy, Mahmud Qoshg`ariy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Abulqosim Firdavsiy, Amir Temur, Saodi SHeroziy, Alisher Navoiy, Bobur, Ahmad Donish, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko’plab mutafakkirlarimiz bu borada o’zlarining tegishli fikr-mulohazalarini kelajak avlodga meros qilib qoldirgan. 5-7 yoshli bolalarni oilada tarbiyalash masalalari Oila–mafkuraviy tarbiyaning ijtimoiy omillaridan biri sifatida yoshlar tarbiyasida, umuman, jamiyat taraqqiyotining asosiy negizi sifatida tavsiflanadi. Mamlakatimizda istiqlol sharofati bilan oila, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofazasi, ma`naviy va jismoniy sog`lom avlodni shakllantirish, onalar va bolalarning salomatligini mustahkamlash, ular uchun shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mazmuni va mohiyati oilaning ijtimoiyiqtisodiy, ma`naviy-madaniy, huquqiy-estetik, jismoniy jihatlarini yanada yaqqol namoyon etdi. Zero, oila avlodlar vorisiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarimizni avloddan-avlodga etkazadigan, yoshlarni jamiyatimiz hamda Vatanimizning munosib fuqarosi etib tarbiyalaydigan, ularning kelajakda o’z o’rniga ega bo’la oladigan shaxs sifatida shakllanishiga poydevor bo’la oladigan ijtimoiy institutdir. Haqiqatan ham «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida milliy istiqlol mafkurasi vazifalaridan biri va eng muhimi «odamlarimiz, ayniqsa yoshlarimizning irodasini baquvvat qilish, iymon-e`tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan ma`naviy muhit yaratish»dan iborat ekan, ana shu muhit avvalo oilada tarkib topadi va yoshlarning hozirgi davrda hayotda o’ziga to’g`ri yo’l tanlay oladigan, hayot talablariga javob bera oladigan shaxslarga va yangi jamiyat qurishning faol ishtirokchilariga aylantirishga xizmat qiladi. Albatta, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda mavjud ilg`or oilalar asosiy andoza bo’lib xizmat qiladi. Ammo yangi qurilgan oilalarda juda ko’p muammolar paydo bo’lmoqda. Chunki har ikkala yosh yashab, ulg`aygan oilaning o’ziga xos xususiyati, turmush tarzi mavjud bo’lib, yangi oilada bu ikki xil tartib uyg`unlashishi bir qadar qiyin kechadi. Bundan tashqari, 80-yillarning o’rtalarigacha oilaviy hayotga tayyorlash muammosiga etarli e`tibor berilmay, maktab, oliy o’quv yurtlari o’quv rejalarida o’smir yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, kelajakda ota-ona sifatida farzand tarbiyalash, oila a`zolarining oilada sog`lom psixologik muhit yaratish, sog`lom turmush tarzini barpo etish kabi juda ko’p muammolar tadqiqotchilarning nazarlaridan chetda qolgan edi. Ikkinchi tomondan, farzandlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ayniqsa jinsiy tarbiya borasida suhbatlar o’tkazish ayb sanalardi. Shuning uchun ham yoshlar oilaviy munosabatlar haqidagi tushunchalarni atrofdagilardan uzuq-yuluq tarzda eshitar edilar. Natijada ularda oilaviy hayot, erxotin munosabatlari haqida etarli tushuncha hosil bo’lmas edi. Uchinchidan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga yo’naltirilgan ilmiy tavsiya va qo’llanmalar etarli emas edi. To’rtinchidan, turli axborot manbalari rivojlanib kirib kelayotgan evro’pacha oilaviy hayot tarzi yoshlarga salbiy ta`sir ko’rsatmoqda. Shuning uchun ham yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash muammosiga Respublikamizda mustaqillik yillaridagina har tomonlama e`tibor berilib, bunga oila bilan bir qatorda maktab, mahalla, o’quv yurtlari, jamoat tashkilotlari, har bir fuqaroning mas`ulligiga e`tibor qaratildi va oila muammosi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Ma`lumki, sog`lom oilaning asoslariga oilada er- xotinning o’zaro muhabbati, ota-onalarning farzandlarga, farzandlarning ota-onalar, aka-uka, opa- singil va boshqa qarindoshlar, jamiyatga nisbatan burch va mas`uliyati kiradi. Lekin hozirgi davrda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash o’smir va o’spirinlik davri tugashi, ya`ni umumiy o’rta ta`lim va maxsus kasb-hunar ta`limi jarayoni yakunida to’xtab qolmoqda. Vaholanki, yoshlarning ko’pchiligi aynan talabalik yillarida yoki uning yakunida oila qurganligi tufayli ham oila-nikoh munosabatlarida, oila a`zolari bilan muloqotda yuqori darajadagi ma`naviy-axloqiy va pedagogik-psixologik tayyorgarlik, turmush madaniyatiga ega bo’lishlarini talab qilmoqda. Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatdiki, ko’pchilik talaba-yoshlar bunday munosabatga kirishishga tayyor emas..Ma`lumki, oilaviy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»da belgilab qo’yilgan. Bular nikoh, er va xotin, ota-ona, farzandlar va oilaning boshqa a`zolari o’rtasidagi munosabatlardir. Shuning uchun ham oila qurishda yoshlar dastlab oila va nikoh tushunchasini, uning mohiyatini anglab etishlari maqsadga muvofiq. Bunga, avvalo, nikoh va oila qoidalarida har bir fuqaroning faqat bitta nikohda bo’la olishi, u har ikki tomonning roziligi bilan sodir bo’lishi, shaxsiy va mulkiy teng huquqlilikka ega bo’lishi, majburiyatlarda teng huquqlilik, oilaning davlat tomonidan muhofaza etilishi, onalikning muhofaza qilinishi va rag`batlantirib borilishi, o’zaro munosabatlar davlat tomonidan huquqiy tartibga solinishi kabi talablarni bilib olishlari va unga rioya qilishlari talab etiladi. Ikkinchisi, nikohdan o’tayotgan har bir yoshning ixtiyoriy ravishda unga roziligi. Majburan nikoh tuzish «Oila kodeksi»da ta`qiqlanishini bilishlari muhim. Yoshlar bilishi zarur bo’lgan uchinchi masala – bu necha yoshdan oila qurish mumkinligi. 13 Albatta yoshlar, ayniqsa, qizlar 17-18 yoshdan balog`atga etadi. Lekin ba`zi qizlar jinsiy balog`atga etgani bilan hali ko’p jihatdan oilaviy turmushga ijtimoiy, ma`naviy, maishiy tomondan tayyor emasligi, farzand tarbiyasidagi tajribasizlik ular oilasining darz ketishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan, ularning ko’pchiligida oilaviy hayot talabalik yillaridan boshlanib, bu «yuk», ayniqsa qizlarga og`irlik qiladi va salbiy oqibatlarga olib keladi. Agar yoshlarning nikohdan o’tish davri 19-20 yoshga to’g`ri kelsa, bu ularning iqtisodiy, ma`naviy, intellektual rivojlanishiga ijobiy ta`sir etadi. Bu yoshda nikohga kirgan yigit-qizlar mustaqil hayot kechirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Respublikamizda o’tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar nikoh yoshi birmuncha erta boshlanayotganligini ko’rsatmoqda. qizlarning oilaviy hayotga jismoniy, ma`naviy, ruhiy, jinsiy tayyor bo’lmaganligi oilaviy hayotda quyidagi salbiy oqibatlarga sabab bo’lmoqda: 1) ajralishlar ko’paymoqda; 2) ayollarning farzand ko’rishida oraliq vaqtning qisqarishi yuz bermoqda; 3) 17-20 yoshgacha bo’lgan ayollar salomatligi yomonlashmoqda; 4) oila qurish imkoniyatlarining pasayishiga olib kelmoqda; 5) yigit va qiz bab-baravar voyaga etganligi tufayli oilaning muvofiqligi; 6) erta oila qurishi yoki kech oila qurish holatlari oilaviy hayotning barqarorligiga ta`sir etmoqda. Yuqoridagilardan tashqari yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda faqat qizlarga e`tibor berilib, yigitlar nazardan chetda qolmoqda. Agar yigit ham oilaviy hayotga tayyor bo’lmasa, ular qurgan oila mustahkam bo’lmaydi, albatta. Demak, yigitlarning ham ma`naviy yuksak, fikr doirasi keng, odobli bo’lishi bilan birga salomatligini ham kuzatish alohida ahamiyatga ega. Qizlar bilan bir qatorda yigitlarni ham nikohga kirguncha salomatligini nazoratdan o’tkazish, ular qurgan oilaning kelajakda buzilishiga sabab bo’luvchi omillarning oldini olishga yordam beradi. Masalan, har ikki yoshning yuqumli yoki surunkali kasalliklari, ruhiy xastaligi, aqli zaifligi aniqlansa, ularning nikoh tuzishi man etiladi. Oila qurishda yaqin qarindoshlar o’rtasida ham nikohga yo’l qo’yish mumkin emas. Yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohlar oqibatida nogiron, aqli zaif farzandlar dunyoga kelib, oila baxtiga zavol bo’lmoqda 15 Oila qurishda yigit va qizlarning voyaga etgan oilalar muvofiqligi ham katta ahamiyatga ega. Er-xotin o’rtasidagi tenglik - bu nasl-nasab, ijtimoiy mavqei jihatdan bilimi va saviyasi, did-farosat, iymon-e`tiqod, mulkdorlikda bir-biriga muvofiq bo’lmasa, bunday nikohdan so’ng, albatta oilada juda ko’p kelishmovchiliklar sodir bo’lib, buning oqibati ham ajralish bilan tugashi yoki bir tomonning xiyonatiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham yoshlar oila qurgunga qadar ular oilaviy hayotga ma`naviy-axloqiy, psixologik-pedagogik jihatdan tayyor, etarli turmush madaniyatiga ega bo’lsa, oila mustahkam va barqaror bo’ladi. Buning uchun esa yoshlarni (oilaviy hayotga tayyorlash ular hayotining dastlabki yillaridan boshlanadi) oilaviy hayotga tayyorlashda, avvalo bu hayot haqidagi tasavvurlarini shakllantirish zarur. 16 Yoshlarni oila qurishdan oldin bu mezonlardan xabardor bo’lishi, ya`ni turmush qurish arafasida turgan yoshlar ma`naviy, ruhiy, jinsiy ko’nikmaga ega bo’lishlari alohida ahamyatga ega. Yoshlarni oilaviy hayotga, nikohga tayyorlashda, oila mustahkamligini ta`minlashda ularning ota-onalari saviyasi, turmush tarzi, xarakter-xususiyatlari va nihoyat kasb faoliyatlariga e`tibor berish maqsadga muvofiqdir. Bitta yoki kam, shuningdek, ko’p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi, maktab, oila hamkorligi, otaonalarga pedagogik bilim berish, tarbiyada milliy urf-odatlarimiz hamda an`analarimizga tayanish muammolariga ko’proq o’zaro munosabatlari, oila va maktabda o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini ta`minlash masalalariga diqqatni qaratadiki, bularning barchasi yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash muammosi echimini o’zida aks ettiradi. 17 Zero, O’rta Osiyoda qadimdan oila boshliqlariga farzandlarni uyli-joyli qilish, farzandli bo’lish va uy qura olish qobiliyatiga qarab baho berishgan. Bu an`ana avloddan avlodga o’tib, har bir yoshning ruhiyatiga singib ketgan. Chunonchi, keyingi yillarda yosh oilalarning (bular aksariyati yosh turmush qurgan oilalardir) ajralib ketish holati yuz bermoqda. Buning sababini quyidagicha izohlaymiz: 1. Yigit-qizlarning erta, mustaqil hayotga ruhan tayyor bo’lmay turib, ya`ni qizlar 16-17, yigitlar 18-19 yoshda hali biror hunarga yoki kasb-korga, oila tebratish malakasiga ega bo’lmay turib, oila qurishlari ota-ona, akalarga qaram bo’lish, ham iqtisodiy, ham ma`naviy jihatdan kelishmovchiliklarga sabab bo’ladi va ajralishlarga olib keladi. 2.Iqtisodiy jihatdan oilalarda yuz bergan kelishmovchiliklar (bir uy yoki hovlida bir necha oilaning yashashi) natijasida ajralib ketishlar sodir bo’ladi. 3.Oila a`zolariga tegishli yot illatlar. Yigitlarning nashavandlik, giyohvandlik, spirtli ichimliklar ichishga ro’ju qo’yishi, ishsizligi, xiyonat kabilarga berilganligi bo’lib, bular ham oilaning barqarorligiga salbiy ta`sir etib, ajralishlar sodir bo’lishiga olib kelmoqda. 18 O’zbek oilalarida yoshlarning oilaviy tarbiya haqidagi tasavvurlarini shakllantirish. O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tgandan keyin ta`lim islohotlarida yoshlarni milliy qadriyatlar, ajdodlarimizning boy tajribasi asosida tarbiyalashga keng imkoniyat yaratildi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Xalqning boy, intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir»-deb ko’rsatilgan. Xalq pedagogikasi ana shunday boy, intellektual meros hamda tarbiya manbai bo’lib, har tomonlama kamol topgan jamiyat va oilada o’z mavqeiga ega bo’lgan shaxsni shakllantirishda asosiy bilimlar majmui bo’lib xizmat qiladi. SHuning uchun iyaviy ta`siriga katta e`tibor berganlar. Turli manbalarda «Xalq pedagogikasi»ga turlicha ta`riflar berilgan. Masalan, «Pedagogicheskaya entsiklopediya»da unga: «Xalq pedagogikasi-tarbiyaning maqsad va vazifalari haqida xalqda ustunlik qiluvchi qarashlarni ifodalovchi, xalqning ta`lim-tarbiya vositalari, ko’nikma va malakalari majmuidan iborat bo’lgan xalq ommasining empirik pedagogik bilimlari va tajriba sohasidir», - deb ta`rif berilgan. Xalq pedagogikasini tarbiya jarayoni ob`ekti sifatida qaralsa, xalq pedagogikasining ob`ekti nafaqat tarbiya, balki ta`lim jarayonini qamrab olganligini ham ta`kidlagan holda uni yosh avlodga bilim, ko’nikma, ijodiy ish metodlarini o’rgatib kelganligi, bolalarning dunyoqarashini shakllantirishda o’ziga xos usul va vositalarni ham qo’llaydi. 19 Xalq pedagogikasi o’z manbalariga ega. Bu manbalarga: xalq og`zaki ijodi, milliy urf-odatlar, an`analar, diniy ta`limotlar, xalq o’yinlari, o’yinchoqlar, milliy 35 musiqa, qo’shiqchilik, xalq amaliy san`ati, hunarmandchilik, tasviriy san`at, me`morchilik, raqs san`ati kiradi. Mustaqillik yillarida xalq pedagogikasini o’rganish va uni ta`lim jarayoniga tatbiq qilish uchun katta ishlar qilinmoqda. Lekin bu borada qator ishlar yaratilib, ularning ko’pchiligi milliy qadriyatlar, milliy xalq an`analari, urfodatlari va udumlaridan foydalanishga qaratilganligining guvohi bo’ldik. Xalq pedagogikasida, asosan, oila, bolalar tarbiyasi, ota-onalar burchi haqidagi tasavvurlar mujassamlashgan. Xalqning oila va nikoh, sevgi va muhabbat, ota-ona va farzand haqidagi tasavvurlari uzoq-uzoqlarga borib taqaladi. Mazkur tasavvurlar o’zbek xalqining uzoq yillar davomida avloddan-avlodga o’tib, sinalgan, tajribada qo’llangan qoidalarida va xulq me`yorlarida o’z ifodasini topgan. 20 Ma`lumki, oila va oilaviy munosabatlar o’ta murakkab jarayon. Bunda oilaning bolalarga ta`sir etish yo’llari, metod va usullari, an`ana va urf - odatlari ifodalanganligi bilan asosiy vazifani bajargan. Shuningdek, oila bo’sh vaqtni tashkil etish, bolalarning o’qish va mehnatini amalga oshirishga doir tashkiliy vazifani, oila a`zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda axloqiy me`yorlarni belgilovchi vazifalarni ham bajaradi. Bularning barchasi asta-sekin oila tarbiyasining bir butun tizimini yaratgan. Bu munosabatlar oilada uning ichki aloqalarini amalga oshirgan, ota-onaning tarbiyaviy vazifalarini aniqlagan, bolalarga ta`sir etish shart-sharoitlari yaratilgan. Ana shu vazifalar xalq nazarida bo’lib, xalq pedagogikasida o’z ifodasini topgan va uning tasavvurida inson uchun eng muqaddas hisoblangan oilaning tarkib topishiga sabab bo’lgan. Ma`lumki, eng qadimgi davrlardan boshlab, mustahkam oila sevgi asosida qurilgan. Shuning uchun ham xalq sevgi-muhabbatni doim ulug`lab kelgan. Yoshlarni nikohga tayyorlash muhim davr hisoblanadi. Shuning uchun xalq bo’lg`usi oila boshlig`i – yigitlarga bu muhim davrni orqaga surmasligi, qiz tanlashda o’ta talabchanlik ba`zilarni xato yo’lga boshlashi ham mumkinligini anglatganlar. Shuningdek, ota-onalar uchun qizlarni vaqtida turmushga uzatish, yigitlarni vaqti etganda uylantirish ham qarz, ham farz hisoblangan. Buni biz «Chiroying borida, chinoringni top», «Bosh ikkov bo’lmay, mol ikkov bo’lmas» kabi maqollardan ham bilsak bo’ladi. Buni xalqning uzoq yillik tajribasida sovchilik udumlari ulug`langanida ko’rish mumkin. Sovchilar ham ikki yoshning baxtli hayot qurishiga sababchi bo’lgan. Xalq oilada er-xotinning janjallari haqida ham juda ko’p hikmatli so’zlar aytgan va oilaviy janjallarning oldini olishga harakat qilgan. 21 Masalan, xalq yoshlarga o’z sevgi-muhabbatini saqlashni nasihat qilgan. Chunki, oila qurgan yosh kelin-kuyovlar bir umr birga bo’ladilar. Ularning kundalik turmushida turli sabablarga ko’ra kelishmovchiliklar chiqishi mumkin. Shunga ko’ra xalq donishmandligida bu ziddiyatlarga o’ta jiddiy ahamiyat berilmagan. Chunki erxotin o’rtasidagi janjallarning umri qisqa bo’lgan. Ular har bir oilada u yoki bu tarzda bo’lib, o’z-o’zidan oldi olingan. «Er-xotinning urushi, doka ro’molning qurishi», «Er- xotinning orasiga esini egan tushadi», «Oshsiz uy bor-u, urushsiz uy yo’q», «Er-xotin urushar, nodon o’rtaga tushar», kabilar oilada er-xotinning totuvligini saqlash, ularning janjaliga e`tibor bermaslik, uni o’zlariga qo’yib berish, ozgina hazil aralash ifodalangan. Xalq o’z donishmandligi bilan er-xotinlar o’rtasidagi janjalning oldini olishga harakat qilgan. Bunda er-xotin urushishlari tufayli boshqalar oldida kulgili holatga tushishlari; bu janjallarga arzimagan holatlarning sabab bo’lishi, ularni aql bilan ish tutishga yo’llashi, bir- biriga kechirimli bo’lishi va nihoyat, er-xotindan birining past kelib, janjalning oldini olishga erishishiga e`tibor berilgan. Ma`lumki, oilada er-xotin o’rtasidagi janjallarga sabab ko’pincha ulardan birining etakchi bo’lishga intilishi bo’ladi. Lekin ko’p oilalarda o’z-o’zidan etakchi paydo bo’ladi: kimda ko’proq ro’zg`or yuritish qobiliyati kuchli bo’lsa, o’sha etakchi bo’ladi. Ammo xalq donishmandligida oilaviy-maishiy ishlarda ayol etakchi bo’lsa, erkakning qo’li kerak bo’lgan taqdirda erkak etakchilik qiladi. Bunday oilalarda o’zaro yordam, hamjihatlik mavjud bo’ladi. Shuning uchun ham xalq «Er-xotin - qo’sh ho’kiz» deb, hazilga moyil iborani bekorga aytmagan. Xalq ayolning oiladagi o’rnini doimo ulug`lashi bilan birga erkakni ham uning tayanchi sifatida ta`riflagan. «Xotin - erning vaziri», «Xotin - uy bezagi», «Ota-bilak, ona-yurak», «Onalik uyning ori bor, otalik uyning zari», degan maqol va iboralarda oilada ayol va erkakning o’rni to’g`ri baholangan. 22 Xalq yomon xotinlar haqida ham juda ko’p hikmatlarni aytgan. Dangasa, urushqoq, g`iybatchi ayollar qoralangan. «Yaxshi xotin yo’q narsangni bor etar, yomon xotin keng uyingni tor etar», «Eshik ko’rgan yurt buzar, beshik ko’rgan yurt tuzar», «Eshik ko’rganni emas, beshik ko’rganni ol» kabi maqollar va iboralar shular jumlasidandir. Lekin oila baxti, oilaning eng muhim xususiyati farzand tarbiyasidir. Farzand tarbiyasiga esa ota-ona mas`ul hisoblanadi. O’zbeklarga xos xususiyatlardan biri bir necha oilaning bir xonadonda yashashidir. Ya`ni, bu oilalarda bobo, buvi, ota-ona, o’g`il va kelin, nevara, evaralarning yashashidir. Bunday oilalarda bobo va buvilardan o’g`il va kelin, nevaralar har tomonlama tarbiya oladilar, oilaviy-milliy urf-odatlar, an`analarni o’rganadilar. Bolalar nazoratsiz qolmay, mehr-muruvvat og`ushida o’sadilar. 23 XULOSA Haqiqatan ham har bir oilaning mustahkamligi, oila a`zolarining tinch va farovon hayot kechirishi, o’zaro hurmat va izzatda yashashi uchun yoshlarni kelgusi oilaviy hayotga tayyorlashda xalq pedagogikasining boy tajribasidan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlashda milliy qadriyatlardan foydalanish kontseptsiyasi yaratildi. Oilaviy tarbiya sohasida xalq pedagogikasining imkoniyatlari, shakl va metodlari ishlab chiqildi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda xalq pedagogikasining imkoniyatlari va farzand tarbiyasida hadislardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ham xalqimiz boy tarbiyaviy merosga ega. Ana shu boy merosimizdan foydalangan holda, yoshlarni oilaviy hayotga umuminsoniy, ma`naviy-axloqiy, huquqiy, ruhiy, fiziologik-gigienik, pedagogik, estetik, iqtisodiy-xo’jalik yo’nalishlarda tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Yoshlarni mazkur yo’nalishlarda oilaviy hayotga tayyorlash o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, bular ularning ijtimoiy huquq va burchlarini egallab olishi, o’z-o’zini anglashini rivojlantirish asosida yoshlarning kasb tanlashi va oilaviy hayotga tayyorlanishga oid shaxsiy hayot tarzi ham shakllana boradi. Bu davrda fiziologik o’zgarishlardan ko’ra, ijtimoiy o’zgarishlar ko’proq namoyon bo’ladi. Yoshlarning to’g`ri kasb tanlashi, salomatligini yo’lga qo’yishi, sevgi-muhabbat tuyg`usini jilovlay olishi, turmush tarzi, bo’sh vaqtini to’g`ri tashkil eta olishi muhimdir. 24 Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash ilmiy asosga va amaliyotga tayanadi. Shunga ko’ra, ayniqsa mustaqillik yillarida ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarni oilaviy hayotga ijtimoiy-maishiy, ma`naviy, ruhiy, jinsiy tayyorlashda oila muvofiqligiga e`tibor, ma`naviy-axloqiy shakllanganlik yoki muomala me`yorlariga rioya etish, nikoh to’g`risidagi qonun asoslari bilan qurollantirish alohida ahamiyatga ega. Oila qurishga psixologik jihatdan tayyor bo’lish; fiziologik-gigienik tayyorgarlik; pedagogik bilim bilan qurollanish, oilaviy hayotga estetik munosabatni shakllantirish muhim bo’lib, bunda oilaning maishiy imkoniyatlarini bilish, oilada ma`naviy-psixologik muhit yarata olish, qurilajak oilaning modelini loyihalash malaka va ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratdir. Buning uchun yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammosini pedagogika fanida ilmiy- amaliy jihatdan ishlab chiqish, oilada yangi ijtimoiy sharoitda mustaqil fikrlaydigan barkamol shaxs tarbiyasining bir butun tizimini yaratish; mustaqillik sharoitida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishda hozirgi davr talablari bilan uyg`unlashtirish yo’llari, mazmuni, shakl va metodlari, vositalari mavjud. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda xalq pedagogikasi va hadislardan foydalanishning imkoniyatlari katta bo’lib, bular didaktik va tarbiyaviy, ya`ni pedagogik bilimlar, tushunchalar, tamoyillar tarzida ifodalanadi. Xalq pedagogikasi va hadislardan foydalanishning yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash imkoniyatlari deganda, oilaviy hayotga doir pedagogik bilimlar, tushuncha va tamoyillarning yoshlar tarbiyasiga tadbiq etishdagi shart- sharoitlariga aytiladi. 25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi: O’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. T.: O’zbekiston,1998. - 48 b. 2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-tom. - T.: O’zbekiston, 1996. - 380 b. 3. Karimov I.A. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so’zlagan nutqi.-T.:SHarq, 1997.-B.3–19. 4. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin- T.:O’zbekiston,1998.-30b. 5. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-tom.-T.: O’zbekiston, 1999. - 413 b. 6. Karimov I.A. Iroda va iymon-e`tiqodimiz sinovi. -T.:O’zbekiston, 1999. - 32 b. 7. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. -T.: O’zbekiston, 2000. - 112 b. 8. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi -xalq etiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.-T.: O’zbekiston, 2000. - 40 b. 9. Karimov I.A. «Kamolot» yoshlarimizning chinakam suyanchi va tayanchi bo’lsin: Prezident Islom Karimovning «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tashabbus guruhi bilan uchrashuvda so’zlagan nutqi.- T.: O’zbekiston, 2001. - 48 b. 10. Karimov I.A. Biz uchun xalqimiz, Vatanimiz manfaatidan ulug` maqsad yo’q.- T.: O’zbekiston, 2001. - 80 b. 26 11. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz. 9-tom. -T.: O’zbekiston, 2001. - 423 b. 12 «Ona va bola» davlat dasturi to’g`risida Vazirlar Mahkamasining 2001yil 5 fevral №68 qarori. - 25 b. 53 13. O’zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»ga sharhlar. –T.: Adolat, 2000. – 448 bet. 14. Abu Ali ibn Sino.Tibbiy o’gitlar.-T.:Mehnat,1991.-192 b. 15. Ayollarga maslahatlar. -T: Ibn Sino, 1993.-158 b. 16 Ajdodlar o’giti. Hikoyalar, hikmatlar, -T.: 1990. - 240 b. 17.Azarov YU.P. Oila pedagogikasi.–T.:O’qituvchi,1988.- 272 b. 18.Azimov A. Islom va hozirgi zamon.-T.:O’zbekiston,1991.-112 b. 19. Al-Buxoriy, Ali Abdulloh Muhammad ibn-Ismoil. Hadis.4 kitob.1-kitob.- 560 b. T.:Qomuslar bosh tahririyati,1991. 20.Almetov N.SH. O’quv-tarbiya jarayonida xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish. - CHimkent: YUj.Kaz. TSITI. 1993. - 83 b. 21 Axloq - odobga oid hadis namunalari. -T.: Fan, 1990.- 172 b. 22.Bobomurodov A. Islom odobi va madaniyati.-T:CHo’lpon,1995.-176 b. 23. Bo’rieva M.R. O’zbekistonda oila demografiyasi. -T.- Universitet, 1997. - 18 b. 24. Bo’riev O., Xoliqov D. Turkona an`ana va udumlar-millat ko’rki. -T.: Minxoj, 1996. - 4 25. Vatan tuyg`usi. A.Ibrohimov, X.Sultonov, N.Jo’raev. -T.: O’zbekiston, 1997. - 439 b. 26. Vohidov M. Bola shaxsi va uning shakllanishi. -T.: O’qituvchi, 1972. - 32 b. 27. Davlat, jamiyat, oila va yoshlar tarbiyasi muammolari: Respublika konf: materiallari. – T.:O’zbekiston, 1997. - 96 bet. 27 E’tiboringiz uchun RAXMAT!!! Download 24.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling