O‘quv laboratoriyalarvda texnika xavfsizlik bo‘yicha umumiy qoidalar texnika xavfsizligiga rioya etish
Download 64 Kb.
|
Техника безопасности
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. O‘quv laboratoriyalarida ishlashning umumiy qoidalari
- II. Har xil qurilma va asboblar bilan ishlashda texnika xavfsizligi
Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi mudiri prof. N.B.Eshqobilov _____________ O‘QUV LABORATORIYaLARVDA TEXNIKA XAVFSIZLIK BO‘YIChA UMUMIY QOIDALAR Texnika xavfsizligiga rioya etish - laboratoriya ishlarini tashkil etishning asosiy prinsipi hisoblanadi. Shuning uchun xar bir talaba laboratoriya qonun qoidalariga qatiy amal kilishi shart. Talaba laboratoriyaga kelganidan keyin, eng avval ushbu laboratoriyada ishlash qoidalari bilan tanishish va alohida daftarda qayd etilishi lozim. Talaba texnika xavfsizligi qoidalarini to‘lik o‘zlashtirmasa va unga amal qilmasa amaliy laboratoriya ishlariga qo‘yilmaydi. Laboratoriyaga ishiga kirishishdan avval, talaba laborant yordamida elektr vositalari bilan tanishib chiqishi lozim. Talaba barcha amaliy ishlarni maxsus belgilangan programma asosida bajarishga majbur. O‘qituvchi yoki laborant bo‘lmagan vaqtda tajriba o‘tkazish taqiqlanadi. Avvalom bor, laboratoriya sharoitida ishlash qoidalarini tasavvur etishi lozim. I. O‘quv laboratoriyalarida ishlashning umumiy qoidalari Talaba laboratoriya ishlarida nihoyatda ehtiyotkor bo‘lib, shuni unutmaslik kerakki, tajriba olib borilayotgan asbob bilan ishlash qoidalarni bilmaslik yoki e’tiborsizlik baxtsiz xodisalarga sabab bo‘lishi mumkin. O‘quv laboratoriyalarida ishlash vaqtida ish soatlari va uning atrofida to‘liq tozalikka erishish lozim. Har bir talaba tajribani tugatganidan keyin o‘zining ish joyini tartibga keltirishi shart. Asbobning tavsifini chuqur o‘rganmasdan turib (asbobning optik sxemasi, ishlash prinsipini, kerakli optik qismlarni) biror bir tajriba o‘tkazish mumkin emas. Laboratoriya sharoitida ovqatlanish va chekish qat’iyan man etiladi. II. Har xil qurilma va asboblar bilan ishlashda texnika xavfsizligi Talaba laboratoriya xonalarida umumiy texnika xavfsizligi qoidalari bilan birgalikda, maxsus asboblar va qurilmalarda ishlash qoidalarini xam puxta o‘zlashtirishi zarur. Qurilma va asboblar bilan ishni boshlashdan va ularni ish holatiga keltirishdan avval xar bir talaba asbobning ishlash prinsipini, unga kanday munosabatda bo‘lish qoidalarini puxta bilishi zarur va shuni unutmaslik kerakki, extiyotsizlik qilib asbobni o‘chirish va yoqish faqatgina qimmatbaxo asboblarni ishdan chiqaribgina qolmasdan, balki yong‘inga yoki boshqa baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin. Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling