Mavzu: Axborot xavfsizligiga tahdidlar. Axborot xavfsizligiga tahdid


Download 17.68 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi17.68 Kb.
#1444043
  1   2
Bog'liq
Axborot xavfsizligiga tahdidlar


Mavzu: Axborot xavfsizligiga tahdidlar.
Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborotning buzilishi yoki yo’qotilishi xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi ob'ektga qarshi qilingan harakatlar tushuniladi.
Xavfsizlikka tahdid manbalari korporativ axborot tizimining ichida (ichki manba) va uning tashqarisida (tashqi manba) bo’lishi mumkin. Bunday ajratish to’g’ri, chunki bitta tahdid uchun (masalan, o’g’irlash) tashqi va ichki manbalarga qarshi harakat usullari turlicha bo’ladi. Bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlarni hamda korporativ axborot tizimining zaif joylarini bilish xavfsizlikni ta'minlovchi eng samarali vositalami tanlash uchun zarur hisoblanadi.
Umuman olganda, tashkilotning kompyuter muhiti ikki xil xavf-xatarga duchor bo’ladi:

  • Ma'lumotlarni yo’qotilishi yoki o’zgartirilishi.

  • Servisning to’xtatilishi. Tahdidlarning manbalarini aniqlash oson emas. Ular niyati buzuq odamlarning bostirib kirishidan to kompyuter viruslarigacha turlanishi mumkin.

Bunda inson xatoliklari xavfsizlikka jiddiy tahdid hisoblanadi.
Axborotni muhofaza qilishning maqsadini quyidagicha ifodalangan:
– shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish;
– axborotni yo’q qilish, modifikatsiyalash, buzish, nusxa olish, blokirovka qilish kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish;
– axborot resurslari va axborot tizimlariga noqonuniy ta‘sir qilishning boshqa shakllarini oldini olish, hujjatlashtirilgan axborotga shaxsiy mulk ob‘ekti sifatida huquqiy rejimni ta‘minlash;
– axborot tizimida mavjud bo’lgan shaxsiy ma‘lumotlarning maxfiyligini va konfedensialligini saqlash orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash;
davlat sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan axborotlar konfedensialligini ta‘minlash;
– axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‘minlash vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va qo’llashda sub‘ektlarning huquqlarini ta‘minlash.
Axborotni muhofaza qilishning samaradorligi uning o’z vaqtidaligi, faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini kompleks tarzda o’tkazish axborotni tarqab ketishi mumkin bo’lgan xavfli kanallarni yo’q qilishni ta‘minlaydi. Ma‘lumki, birgina ochiq qolgan axborotni tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin kamaytirib yuboradi.
Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni ko’rsatadiki, muhofaza qilishning to’liq shakllangan konsepsiyasi va tuzilishi hosil qilingan, uning asosini quyidagilar tashkil etadi:
– sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o’ta takomillashgan texnik vositalari;
– axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning mavjudligi;
– ushbu muammoga oid yetarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi;
– yetarlicha amaliy tajriba va boshqalar.
Biroq, ma‘lumotlarga nisbatan jinoiy harakatlar kamayib borayotgani yo’q, aksincha barqaror o’sish tendensiyasiga ega bo’lib bormoqda.

Download 17.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling