Faoliyat va muloqot


Download 121.63 Kb.
bet1/4
Sana22.04.2023
Hajmi121.63 Kb.
#1382313
  1   2   3   4
Bog'liq
FAOLIYAT VA MULOQOT HAQIDA TUSHUNCHA




FAOLIYAT VA MULOQOT HAQIDA TUSHUNCHA


Reja:



  1. Faollik va faoliyat haqida tushuncha.

  2. Ehtiyojlar va ularning turlari.

  3. Faoliyat maqsadlari va ularni o’zlahstirish, faoliyatning turlari.

  4. Muloqot turlari va vazifalari.

  5. Muloqotning o’ziga xos psixologik tomonlari.






FAOLLIK VA FAOLIYAT HAQIDA TUSHUNCHA.
Tirik mavjudotlarning atrofdagi olam bilan hayotiy ahamiyatga ega bo`lgan bog`lanishlarni ta`minlaydigan faoliyati ularga xos yalpi xususiyat hisoblanadi. Jonli mavjudotni muayyan tarzda va muayyan yo`nalishda harakat qilishga undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbai bo`lib hisoblanadi. ehtiyoj - jonli mavjudotning hayot kechirishining anik shart - sharoitlariga uning karamligini ifoda etuvchi va bu shart sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatidir.
Kishining faolligi ham ehtiyojlarning qondirilishi jarayonida nomoyon bo`ladi. Odamning faolligi shakllari bilan hayvonning hatti harakatlari faolligi o`rtasidagi tafovutlar mavjud. Hayvonlar ehtiyojining qondirilishi jarayoni ularning muhitga yaxshiroq moslashuvini ta`minlaydi.

Odamning faolligi va faollikning manbai bo`lgan insoniy ehtiyojlar tamomila boshqacha manzara kasb etadi. Kishining ehtiyoji tarbiya jarayonida, ya`ni kishilar madaniyati olami bilan munosabatga kirishish jarayonida shakllanadi. Tabiatdan olinadigan buyum shunchaki oddiy ulja, ya`ni faqat biologik ma`noga ega OVQAT tarzidagi buyum bo`lmay qoladi. Odam qurollar yordamida buyumni tarixiy taraqqiyot mahsuli bo`lgan o`z ehtiyojlariga moslashtirgan holda tubdan o`zgartirishga qodirdir.
Ehtiyojlar qondirilishi jarayonida rivojlanib va o`zgarib boradi. Ular hozirgi zamon kishisida uning ajdodlarida bo`lganiga qaraganda boshqachadir. Uning avlodlarida ham boshqacha bo`ladi. Kishining ehtiyojlarini to`la-to`kis qondirish uni har tomonlama rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi, lekin bu yakkayu yagona shart emas, albatta. Kamolatga erishishning boshqa shart-sharoitlari (birinchi navbatda mehnat) mavjud bo`lmasa, o`z ehtiyojlarini osongina qondirish imkoniyati kishini ko`pincha inkirozga uchratadi. Mehnat bilan yo`naltirilmaydigan tekinxo`rlik ehtiyojlari zid xulq-atvor (ba`zan esa jinoi hatti-harakat)ning manbai bo`lib qolishi mumkin va ayrim kishilarda shunday bo`lmoqda.
Jamiyat kishining tarbiyasiga nisbatan qo`yayotgan eng muhim talablardan biri mehnat qilish ehtiyojini ta`minlashdan iboratdir.

Download 121.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling