Mavzu: Huquqiy ong va huquqiy madaniyat
Mavzu: Huquqiy ong va huquqiy madaniyat Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Huquqiy ong-inson ning o‘z ma’rifat va ma’naviyat darajasiga tayangan holda jamiyatda amal qilayotgan huquqiy talab va normalarning mazmunini tushunish va mohiyatini anglashidir. Shaxsning huquqiy madaniyati deganda fuqaroning o‘z haq-huquqlarini huquqiy ongiga tayangan holda o‘zgalar manfaatiga zid kelmaydigan tarz da amalga oshirishi tushuniladi. O‘z huquqiy madaniyatini shakllantirish uchun shaxs: — amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tanish bo‘lishi; — huquqiy faoliyatda ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelgan ijtimoiy qoida larni ham e’tiborga ola bilishi; — hokimiyat organlarining funksiyalari va vazifalarini bilishi va ular — huquq-tartibot sohasining jamiyatdagi o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishi va ularning vazifalarini to‘g‘ri anglashi zarurdir. 2019- yilning 9- yanvar kuni Prezidentimiz tomonidan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekildi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs – oila – mahalla – ta'lim muassasasi – tashkilot– jamiyat” prinsipi bo‘yicha tizimli va uzviy tashkil etilishi ham farmonda belgilab qo‘yilgan. Sharhlang! Jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqi ya ti, ko‘p jihatdan, odamlarning huquqiy ongi va huquqiy ma da niyat darajasiga bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat — demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |