Mavzu: Huquqiy ong va huquqiy madaniyat Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi


Download 22.47 Kb.
bet3/10
Sana13.01.2023
Hajmi22.47 Kb.
#1090292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Huquqiy ong va huquqiy madaniyat-fayllar.org

Intizomiy huquqbuzarlik — xizmat burchini bajarib turganda har qanday mehnatda majburiy bo‘lgan mehnat tartib-qoida larining va rahbarlikka bo‘ysunish tamoyillarining buzi lishi. Masalan, ishga, o‘qishga kech qolish; ishga yoki o‘qishga sababsiz kelmaslik yoki sababsiz ketib qolish; ishga mast holda, spirtli ichimliklar, narkotik moddalar iste’mol qil gan holda kelish va boshqalar.

Jinoyat – jamiyat uchun xavfli bo‘lgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik).

Jinoyat Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.

14- moddadan.

Fuqarolik huquqbuzarligi — insonlarning mulkiga yoki shaxsiga qarshi qonunga xilof harakat (yoki harakatsizlik) natijasida yetkazilgan zarar. Masalan, bir shaxsdan qarz olib, uni vaqtida qaytarmaslik; shartnomalarni, majburiyatlarni bajarmaslik va boshqalar.

Jinoiy huquqbuzarlik — jinoyat sodir etish, ya’ni o‘g‘rilik, talonchilik, odam o‘ldirish, ichki ishlar xodimiga qarshilik ko‘rsatish va boshqalar.

Ma’muriy huquqbuzarlik — qonunga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, fuqarolarga, tabiiy muhitga nisbatan (qasddan yoki ehtiyotsizlikdan) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik. Masalan, mayda bezorilik; yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalari; pasport tizimi va qayd etish qoidasi (harbiy va pasportni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari); elektr energiyasidan foyda la nish qoidalarini buzish, atrofmuhitni, tarixiy va madaniy yod gor liklarni muhofaza qilish sohasidagi huquq buzarliklarni olish mum kin. Huquqbuzarlik tushunchasini chuqurroq o‘rganish uchun huquq buzarlikning obyekti va subyektini farqlay olishga o‘rganishimiz lozim.

Huquqbuzarlik subyekti esa, huquqqa zid aybli qilmishni sodir etgan shaxs dir. Aynan shu shaxs huquqbuzar deb ataladi. Har qanday shaxs ham huquqbuzar deb tan olinavermaydi. Huquqbuzarlik sub yekti deb tan olinishi uchun shaxs o‘z qilmishiga javob bera oladigan, aqli raso bo‘lishi shart.


Download 22.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling